Ozarbayjon prezidenti davlat tashrifi bilan Qirgʼizistonga keldi

198
0

Ozarbayjon prezidenti davlat tashrifi bilan Qirgʼizistonga keldi

Xabar: Ozarbayjon prezidenti Ilhom Аliev 11-oktyabr kuni davlat tashrifi bilan Qirgʼizistonga keldi. Uni “Manas” xalqaro aeroportida prezident Sadir Japarov kutib oldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat tashrifi doirasida Qirgʼiziston va Ozarbajon rahbarlari ikki tomonlama muzokaralar oʼtkazadi va Davlatlararo kengashning birinchi yigʼilishida ishtirok etadi.
Bundan tashqari, “Qirgʼiziston-Ozarbayjon doʼstiligi” bogʼi, Haydar Аliev va Nizomiy Ganjaviy nomidagi umumtaʼlim maktablarining ochilish marosimi boʼladi.

Izoh: Joriy yilning 19-aprel kuni Qirgʼiziston prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga borgan edi. Ushbu tashrif doirasida Sadir Japarov Ozarbayjon prezidenti Ilhom Аliev bilan ikki va koʼp tomonlama hamkorlikning dalzarb masalalarini muhokama qilishgan, Japarov Ozarbayjon ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashib, Qirgʼiziston va savdo-investitsiya hamkorlik istiqbollari haqida maʼlumot bergani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, tashrif davomida bir qator hujjatlar, strategik sheriklik toʼgʼrisidagi deklaratsiya, Davlatlararo kengashni tashkil etish toʼgʼrisidagi memorandum, davlatlar manfaatlariga mos keladigan hukumatlararo va idoralararo bitimlar imzolangandi.
Maʼlumki, 2012-yili Qirgʼiziston neft va gazga boy boʼlgan Ozarbayjon bilan hamkorlikda yiliga 2 million tonna neftni qayta ishlash zavodni qurish boʼyicha bitim imzolangandi. Ushbu loyihani Ozorbayjon davlat neft kompaniyasi toʼliq moliyalashni oʼz zimmasiga olgan edi. Rasmiy maʼlumotlarga koʼra, hozir Qirgʼiziston bir yilda 1 million tonna neft va neft mahsulotlari isteʼmol qiladi. Аgar bu loyiha amalga oshgan taqdirda Qirgʼiziston nafaqat oʼzini neft bilan taʼminlar, hatto qoʼshni respublikalarga ham benzin import qilish imkoniga ega boʼlar edi. Biroq, ushbu loyiha amalga oshmay qoldi.

Buning asosiy sababi bugungi kunda Qirgʼiziston neft va gaz borasida toʼligʼicha Rossiyaga qaram ekanligida. Oʼz vaqtida Rossiya mazkur loyiha amalga oshishga toʼsqinlik qilgan edi. Bugungi kunda Qirgʼiziston gaz va benzin narxi yuqoriligi boʼyicha mintaqa davlatlarida “etakchilardan” biridir va bu mahsulotlar taʼminoti boʼyicha Rossiyaning qosh-qovogʼiga qarashga majbur. “Qirgʼizgaz” Rossiyaga 1 dollarga sotilayotgan vaqtda rasmiylar Qirgʼizistonni arzon gaz bilan uzluksiz taʼminlab turilishini vaʼda qilishgan edi. Аmmo, Qirgʼiziston xalqi har ming kub.metr gaz uchun 220 dollardan toʼlashga majbur boʼlmoqda. Qoʼshni Qozogʼistonda esa aholi uchun gaz narxi ming kub.metr 74 dollarni, Qirgʼizistonda benzin 69-70 som boʼlsa, Qozogʼistonda 39-40 somni tashkil etadi. Rossiya Qirgʼizistonni qimmat narxda gaz va benzin sotib olishga majbur qilgani kamlik qilganidek, neftni bosim oʼtkazish richaglaridan biri qilib olgan. Аgar qirgʼiz hukumati Rossiya manfaatlariga mos kelmaydigan biror harakat qiladigan boʼlsa, darhol neft mahsulotlari uchun bojxona bojlarini koʼtarish bilan tahdid qiladi.

Ozarbayjon postsovet respublikalari ichida Rossiya yetovidagi tashklotlarga aʼzo boʼlmagan kamsonli respubikalardan biri hsoblanadi. Qirgʼizistonning Ozarbayjon bilan munosabatlarini jonlantirish yoʼlida qilayotgan bu harakatini Rossiya taʼsiridan chiqish uchun tashlayotgan navbatdagi qadam deb hisoblash mumkin.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.