Barchangiz rahbarsizlar va o‘z qo‘l ostidagilaringizdan so‘ralursizlar

193
0

Barchangiz rahbarsizlar va o‘z qo‘l ostidagilaringizdan so‘ralursizlar

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytgan ushbu hadis har bir musulmonning javobgarligini bayon qiladi. Har bir musulmon – rahbar: ota oilaning, muallim o‘quvchilarning, tadbirkor ishchilarining, redaktor nashriyotning, hokim xalqning… rahbari. Har biri o‘z qo‘l ostidagilardan javobgar, qanday boshqargani, qay darajada Islomga muvofiq rahbarlik qilgani uchun Allohning oldida javobgardirlar. Ushbu hadisning davomida shunday deyiladi: “Barchangiz rahbarsizlar va o‘z qo‘l ostidagilaringizdan so‘ralursizlar. Odamlar ustidan turgan imom rahbardir va u o‘z qo‘l ostidagidan so‘ralur. Er kishi o‘z ahli baytida rahbardir va u o‘z qo‘l ostidagidan so‘ralur. Ayol kishi eri va (erining) O‘g‘li uyida rahbardir va u o‘z qo‘l ostidagidan so‘ralur…”. (Beshovlari rivoyat qilganlar).

 Hozirgi kapitalizm davrida bu mas’uliyat kamyob bir narsaga aylandi, deyarli yo‘q bo‘ldi desak ham bo‘ladi. Mas’ulyat yo‘q bo‘lgani tufayli odamlar ko‘plab baxtsiz va ko‘ngilsiz holatlarga duchor bo‘lishmoqda. Odamlar Islomdan uzoqlashib, manfaat, daromad, boylik birinchi o‘rinda turuvchi kapitalizm g‘oyalariga ergashib, omonatga xiyonat qilishmoqda. Ayniqsa, bu o‘rinda hokimlarning mas’uliyatsizligini aytib o‘tish muhimdir. Sababi yakka shaxsning mas’uliyatsizligi uning qo‘l ostidagilar bilan cheklansa, hokimning mas’uliyatsizligi butun mamlakatga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Yuqoridagi hadisda ham hokimning mas’uliyati ta’kidlanib, “Odamlar ustidan turgan imom rahbardir va u o‘z qo‘l ostidagidan so‘ralur” deyilgan.

 Bugungi hokimlar mas’uliyat degan tushunchani umuman unitishdi, ayrimlari o‘z xalqicha ochiqchasiga xiyonat qilishadi, xalqning boyliklarini eydi, o‘zi bilan birga mustamlakachilarga ham edirib, o‘zidan keyin farzandlari yoki yaqin odamini hokimiyat tepasida qoldirishadi. Mustamlakachi G‘arb xuddi shu kabi odamlarni hokimiyat tepasiga olib keladi, sababi bunday odamlar orqali xalqning boyligini talon-taroj qilish, musulmonlar birligini buzish, kapitalistik demokratiya tuzumini mustahkamlash, xalqni Islomdan uzoqlashtirish oson bo‘ladi. Agar o‘z xalqi haqida qayg‘uradigan halol odam hokimiyatga kelsa, u ham mas’uliyatsiz bo‘lishga majbur bo‘ladi. Chunki xalqaro, davlatlararo shartnomalar, turli xil xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bunday halol rahbarni ham o‘z xalqiga hiyonat qilishga majbur qiladi. Sababi bunday shartnoma va tashkilotlar faqat mustamlakachilar manfaatigagina xizmat qiladi. Hokimlarning xalqqa mas’uliyatsiz munosabati tufayli hokimiyat va xalq ikki guruhga ajraldi. Xalq hokimni “haqqimizni eb qo‘ydi” deb yomon ko‘rsa, hokim “bular meni hokimiyatdan qulatadi” deb xalqni yomon ko‘radigan bo‘ldi. Ularning o‘rtasidagi jarlik tobora kengayib bormoqda. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday hokimlar to‘g‘risida: “Mendan so‘ng zulm qiladigan va yolg‘on gapiradigan amirlar bo‘ladi. Kim ularning yolg‘onlarini tasdiqlasa, zulmlarida ularga ko‘maklashsa, u mendan emas, men undan emasman!”, deganlar.

 Musulmon ota-bobolarimiz javobgarlik qanday bo‘lishini, fuqarolarga qanday muomila qilish kerakligini amalda ko‘rsatib berishdi, ular payg‘ambarimizning yuqoridagi “Barchangiz rahbarsizlar va o‘z qo‘l ostidagilaringizdan so‘ralursizlar” degan vasiyatlarini juda yaxshi tushinishgan. Ularning zarhal xarflar bilan bitilgan amallari Qiyomatga qadar saqlanadi. Musulmonlar ular haqida yaxshi bilishsa ham, ba’zi holatlarni qisqacha aytib o‘tishni lozim topdim. 

 Hokimlar mas’uliyati haqida so‘z bo‘lganda yodimizga darhol roshid xalifalar tushadi. Ulardan biri Umar ul-Faruq  roziyallohu anhu hokimlar haqida bunday deydi: “Alloh huzuridagi eng baxtli rahbar bu – fuqarolari baxtli bo‘lgan rahbardir. Eng baxtsizi bu – fuqarolari baxtsiz bo‘lgan rahbar”. Umar roziyallohu anhu mas’uliyatni e’tiborsiz qoldirishdan juda qo‘rqqan, u bunday degan: “Allohga qasam-ki, Furot daryosi qirg‘og‘ida biror qo‘y yo echki qoqilib ketsa, bu yo‘lni nega tekislab qo‘ymaganimga Alloh oldida so‘rok-savol qilinishimdan qo‘rqaman”.

 Musulmon rahbarlarning xalq oldidagi bunday mas’uliyati musulmonlarni hokim atrofida birlashishini kafolatlabgina qolmay, hatto g‘ayri musulmonlarni bir tomondan hayratga solgan bo‘lsa, boshqa tomondan musulmonlarning hukm yuritishlarini talab qilishga undagan. Sababi, musulmon rahbar o‘z qo‘l ostidagi har bir fuqaro – musulmon uchun ham, g‘ayrimusulmon uchun ham javobgardir. Masalan, musulmonlar qo‘shini Samarqandni fath qilgan vaqtda ba’zi shariat talablari buzilgani tufayli Samarqanddan chiqib ketmoqchi bo‘ldi. Biroq, bunday mas’uliyatni ko‘rmagan, faqat zulm ko‘rgan Samarqand xalqi musulmonlar qo‘shinidan qolishni talab qilgan.

 Shuningdek, musulmonlar Shomni fath qilishayotganda ham shunga o‘xshash voqea sodir bo‘ldi. Abu Ubayda roziyallohu anhu Xoms aholisi jizyasini o‘zlariga qaytarib berayotib: “Biz boshqa ishlar bilan band bo‘lib sizlarga yordam berolmadik va himoya qila olmadik”, deydi. Uning buyuk insoniy pozitsiyasi Xoms nasroniylarga qattiq ta’sir qiladi va ular: “Sizning do‘stligingiz va adolatingiz biz uchun mazlumlik ahvolimizdan ko‘ra afzalroq” deb, musulmonlar qo‘shini bilan birga Vizantiya shoxi Xiraqlga qarshi urushishga qaror qilishadi. Islom tarixida bu kabi voqealar juda ko‘p. Bu voqeaalarni eshitib Allohga takbir va hamd aytasan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning “o‘z qo‘l ostidagilaringizdan so‘ralursizlar” degan vasiyatlari hokim va xalqni bu dunyo va Oxiratda baxtli qilib, g‘ayrimusulmonlar qalbini zabt etdi.

 Bunday ulug‘ mas’uliyatning paydo bo‘lishining sababi nima? Albatta, Islom! Islomgina insonni shunday ulug‘ darajaga ko‘taradi. Shuningdek, mas’uliyat (odamlarni boshqarish) Islom hukmlari tatbiq qilinishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ularning bir-biriga chambarchas bog‘liqligi haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Islom va Sulton – egizak aka-ukalardir, ulardan biri ikkinchisiz yashay olmaydi. Islom poydevor, sulton esa saqlovchidir. Poydevori bo‘lmagan kishi mag‘lubiyatga uchraydi va uning qo‘riqchisi bo‘lmasa yo‘qolib ketadi”, deganlar. Mazkur hadis sharhida Ibn Taymiya rahimahulloh bunday degan: “ Agar sulton odil bo‘lsa, odamlarning ishlari ham yaxshi bo‘ladi, sulton adolatsiz bo‘lsa, odamlar ham shunga yarasha buziladi”.

 Qalqashondiy “Subh al-a’sha” kitobida bunday deydi: “Xalifalik bilan din muhofaza qilinadi, Islomning pokligi saqlanadi, zulmat yoritiladi, jazo-hadlar qo‘llaniladi, taqiqlangan narsalarga yo‘l qo‘yilmaydi, buzuqliklar va qarindoshlar aralashuvi to‘xtatilib, chegaralar himoya qilinadi, harom ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi”.

 Ko‘rib turganimizdek, musulmonlar Xalifalikni tiklab, Islom tatbiq etgan davrda buyuk g‘alabalarni qo‘lga kiritishdi, adolat o‘rnatishdi, hukmdorning o‘z qo‘l ostidagilardan qanchalik mas’ulyatli ekanligini dunyoga ko‘rsatdilar. Biz yana avvalgidek buyuk bo‘lishni, xalq adolati tufayli hokimni duo qilishini, hokimlar xalq uchun duo qiladigan davrni boshdan kechirishni xohlasak, Islom minhojiga qaytishimi shart. Bu Xalifalikni tiklash yo‘li!

 Xorun Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.