Yevropada yogʼoch qirindisiga moslashgan pechlarga talab kuchaymoqda

204
0

Yevropada yogʼoch qirindisiga moslashgan pechlarga talab kuchaymoqda

Yevropada energiya narxining koʼtarilishi tufayli, aholi muqobil yoqilgʼi turlarini izlashga majbur boʼlmoqda. Bu haqida Frantsiyaning “BFM TV” telekanali xabar tarqatdi. Xabarda aytilishicha, bugungi kunda xalqlar orasida yogʼoch qirindisiga eʼtibor kuchaygan. Chunki u isitish uchun kamroq xarajat talab qiladi.
Isitish milliy assotsiatsiyasining maʼlumotlariga koʼra, joriy yilda yogʼoch qirindisiga moslashgan pechlar savdosi 41 foizga va xuddi shunday qozonlar savdosi 120 foizga oshgan. Tabiiyki, talabning oshishi bilan yogʼoch qirindisining narxi ham bir tonnasi uchun 300-400 yevroga qimmatlagan.
Shunigdek, aholining yogʼoch qirindisiga intilishi sababli, birjada yogʼoch sotadigan kompaniyalarning aktsiyalari ham tezlik bilan koʼtarila boshladi. Yogʼoch va yogʼoch qirindisi sotish bilan mashhur boʼlgan baʼzi kompaniyalarning aktsiyalari qimmat baho qogʼozlar bozorida 700 foizga oshgani aytilmoqda.

Izoh: Rossiya Yevropa Ittifoqining oʼziga qarshi harakatlariga javob tariqasida energiya qurolini ishga soldi. Аyniqsa energiya sohasida xorijiy davlatlarga qaram boʼlgan Yevropa uchun «Shimoliy oqim-1» orqali gaz yetkazib berishni toʼxtatib qoʼyilishi unga ogʼir zarba boʼldi. Chunki energiya taqchilligi faqat qishda uylarni isitish masalasiga emas, balki ishlab chiqarish masalasiga ham katta taʼsir oʼtkazib, narx-navolarning ortiqcha darajada koʼtarilib ketishiga sabab boʼladi. Bu esa, farovon yashashga odatlangan Yevropa xalqlari oʼrtasida norozilik namoyishlarini keltirib chiqarishi tabiiy.

Qish yaqinlashib qolganiga qaramay, Yevropa hali ham energiya muammosini hal qila olmadi. Gaz narxi ortiqcha darajada koʼtarilib ketgan. Hukumatlar aholini gaz bilan taʼminlashga ojizlik qilmoqda. Аholiga gaz va elektrni tejamkorlik bilan isteʼmol qilish haqida bir qancha chora tadbirlar tavsiya qilinmoqda. Jamoat joylardagi va koʼchalardagi chiroqlarni oʼchirish, elektr isitkich jihozlariga maksimal haroratni 20 daraja qilib belgilovchi tizim oʼrnatish shular jumlasidan.

Bu – biz bilgan “zamonaviy, madaniyatli, sanoatlashgan, rivojlangan” Yevropaning ahvoli. Yevropaga faqat Rossiyadan keladigan gazning uzilib qolishi shu darajada taʼsir qilar ekan, agar Islomiy oʼlkalarda joylashgan barcha boʼgʼozlar, kanallar va dengiz yoʼllarini bekitib, butun yoqilgʼi turini Yevropa va Аmerikaga oʼtish yoʼlini toʼsib qoʼyilsa, ularning ahvoli qanday boʼlar ekan?! 2021 yil 24 mart kuni birgina Suvaysh kanalining olti kun toʼsilib qolishi Yevropani ogʼir sarosimaga solib qoʼyganiga butun dunyo guvoh boʼlgan edi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.