Faqat Islomgina ayollar hurmatini yuksak oʼrniga qoʼyadi

208
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Faqat Islomgina ayollar hurmatini yuksak oʼrniga qoʼyadi

Islomning muslima ayol sharafini himoya qilish uchun bergan qiymati cheksiz. Bu shunday qiymatki, uning uchun Rosululloh ﷺ yahudiy vujudining butun Qaynuqo qabilasini – bir muslimani tahqirlab, islomiy libosini koʼtarib yuborishgani sababli – Madinai Munavvaradan koʼchirib yuborganlar. Bu shunday qiymatki, uning uchun musulmon yetakchilar Xalifalik soyasida urush boshlaganlar va uni himoya qilish uchun yurtlarni fath etganlar. Masalan, xalifa Valid ibn Аbdulmalik katta armiya safarbar qilib fathlar qilgan. Musulmon qoʼmondon Muhammad ibn Qosim mustabid hindu qirol Raja Dohir tomonidan qamoqqa olingan bir necha muslima ayollar uchun otilib chiqib, ularni ozod etgan. Turkiyaning Umuriya shahrida rumliklar bir muslimani qamoqqa olib, unga nisbatan yomon munosabatda boʼlganda xalifa Moʼʼtasim Billah muslimani qutqarish uchun juda katta qoʼshin safarbar qilgan. Shu bois, Islom tuzumi qayta barpo boʼlgandagina bu Ummatning butun onaxonu qizlari uchun adolat, himoya va vasiylik roʼyobga chiqadi. Zero, Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalik ayollar manfaatini Islom buyurganidek qabul qilib, dinlarini himoya qiladi, Ummatga gʼamxoʼrlik koʼrsatib, farovonlik bilan taʼminlaydi va adolat oʼrnatadi.
Paygʼambarimiz ﷺ marhamat qilganlar:
«الإِمَامُ رَاعٍ وَمَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»
«Xalifa boshqaruvchidir va qoʼl ostidagilardan javobgardir».
Roya gazetasining 2022 yil 14 sentyabr chorshanba kungi 408-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.