Iordaniyadagi «Tezkor arslon 2022» harbiy mashgʼulotlari hamkorlikmi yoki mustamlaka?!

171
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Iordaniyadagi «Tezkor arslon 2022» harbiy mashgʼulotlari hamkorlikmi yoki mustamlaka?!

АQSh markaziy qoʼmondonligi Iordaniyada ikki hafta (4-15 sentyabr kunlari) davomida oʼzaro hamkorlik harbiy mashgʼulotlari oʼtkazilishini bildirdi. Iordaniya armiyasi ham mamlakatda amerikalik hamkasblari va 27 davlat (ulardan toʼqqiztasi islomiy yurt) ishtirokida «Tezkor arslon» harbiy mashgʼulotlari oʼtkazilishini bildirdi. Buning ortidan Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot boʼlimi bayonot chiqarib, quyidagilarni taʼkidladi:
«Qarang, bu Iordaniya rejimi Аmerikani doʼst va hamkor qilishda davom etyapti. Аmerika esa, bu mamlakatning iqtisod, siyosat va harbiy xavfsizlik bilan bogʼliq buyruqlariga itoat qilgani uchun u bilan ittifoqchi sifatida muomala qilayotganini daʼvo qilyapti… Vaholanki, rejimning oʼzi Аmerikaning iqtisodiy, siyosiy, harbiy-xavfsizlik sohalaridagi buyruqlarini tiz choʼkib bajarib kelmoqda.
Sharʼiy ahkomlar musulmon yurtlari armiyalaridan АQSh, Britaniya, Frantsiya kabi mustamlakachi va dushman davlatlar bilan «Tezkor arslon» kabi harbiy mashgʼulotlarda qatnashmaslikni hamda roshid Xalifalik davlati uchun yadro-asosga aylanish yoʼlida barcha kuchlarini birlashtirishni talab qiladi. Ushbu davlatgina Islom Ummatiga qayta oʼz kuch-qudrati va ulugʼligini olib beradi hamda nafaqat musulmon yurtlari, balki butun olamdagi xalqlarga adolat va rahmat ulashadi».
Roya gazetasining 2022 yil 14 sentyabr chorshanba kungi 408-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.