Yevropa ittifoqi Ukraina inqirozidan koʼproq zarar koʼrmoqda

192
0

Yevropa ittifoqi Ukraina inqirozidan koʼproq zarar koʼrmoqda

Rossiyaning “Gazprom” davlat kompaniyasi “Shimoliy oqim” quvuri orqali gaz yetkazib berishni nomaʼlum muddatga toʼxtatib qoʼydi. Kompaniya Yevropaga zangori olov yetkazib beruvchi quvur turbinasida texnik xizmat koʼrsatishda nosozliklar borligini bahona qilmoqda. Yevrokommisiya raisi Ursula Fon der Lyayen bu borada bergan bayonotida Rossiyaning manipulatsiya harakatlari samarali boʼlmasligiga ishontirmoqchi boʼldi.

Rossiya Yevropaga gazni Ukraina hududidagi quvurlar va Boltiq dengizi ostidan oʼtuvchi “Shimoliy oqim-1” quvuri orqali olib oʼtilgan quvur orqali yetkazib beradi. Moskva Kievga boʼlgan qaramlikni bartaraf etish uchun dengiz tubida ikkinchi yoʼnalish sifatida “Shimoliy oqim-2” loyihasini amalga oshirdi. Biroq, Ukrainadagi inqiroz tufayli bu loyiha toʼxtab qoldi.

Mintaqadagi energiya inqirozi tufayli Germaniya kantsleri Olaf Sholьts va iqtisodiyot vaziri Robert Xabek Rossiya gaziga muqobil yoʼl topish maqsadida Kanadaga tashrif buyurdi. Uch kunlik tashrif davomida tomonlar vodorod energetikasi boʼyicha kelishuv imzoladi. Yevropa energetika vazirirlari esa energetika sohasidagi inqirozni zudlik bilan hal qilish uchun 9-sentyabr kuni Bryusselda uchrashishni rejalashtirmoqda.

Dushanba kuni Yevropa birjasida ming kub metr gaz narxi 3 ming yevrodan oshdi. Boshqacha aytganda 9 foizga qimmatladi. Аvgust oyining oʼzida elektr energiyasi narxi deyarli olti barobar qimmatladi. Inflyatsiya ham rekord daraja – 8,9 foizga yetdi. Natijada Germaniya hukumati yaqin oylarda energiya narxi va inflyatsiya oshishiga qarshi kurashish uchun 65 milliard yevro ajratadigan boʼldi. Biroq shunga qaramay, Germaniya kantsleri Olaf Sholьts va Bundestagdagi hukmron koalitsiya reytingi 2021-yil dekabridan beri eng past darajaga tushib ketdi. 21-avgus kuni eʼlon qilingan soʼrov natijalariga koʼra, Germaniyada aholining deyarli uchdan ikkisi – 62 foizi Olaf Sholьts faoliyatidan qoniqmayapti. Bu mart oyida soʼrovnomaga solishtirganda deyarli ikki barobarga koʼp. Hukmron koalitsiyanig reytingi ham rekord darajada tushib ketdi. Respondentlarning 65 foizi hukumat faoliyatidan norozi.

Bulardan maʼlum boʼlganidek, Ukraina inqirozi natijasida eng koʼp zarar koʼrayotgan tomon Yevropa ittifoqi boʼlmoqda. Boshqacha aytganda, АQSh Ukraina urushini targʼib qilish orqali Rossiyani dunyoga ahmoqdek koʼrsatayotgan boʼlsa-da, asosiy zarba Yevropaga qaratilgan. Shu tariqa АQSh raqobatchi kuchni iqtisodiy jihatdan sindirib tashlab, oʼz taʼsiri ostida ushlab turishga harakat qilmoqda. Shuningdek, har doim oʼz manfaatlariga qarshi boʼlgan harakatlarda Rossiya tahdidini ishlatishni koʼzlamoqda. Boshqa tomondan Tayvan inqirozini kuchaytirib, Xitoy taʼsirini cheklashga intilmoqda.

Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.