Turkiya ichki ishlar vaziri LGBTning yoshlarga taʼsiridan xavotir bildirdi

251
0

Turkiya ichki ishlar vaziri LGBTning yoshlarga taʼsiridan xavotir bildirdi

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu texnologiya sohasida Turkiya Yevropaga yetib olganini va hatto undan oʼzib ketganini maʼlum qildi. Uning aytishicha, Yevropa davlatlari Turkiyaning bu taraqqiyotini oldini olishga doim harakat qilib kelgan va buning uchun hozirda u Turkiyada LGBTni ommalashtirish maqsadida harakat olib bormoqda. Soylu bu haqida xalq bilan saylovoldi uchrashuvlarida aytib oʼtdi.

“Biz oʼrtadagi farqni qisqartirishga muvaffaq boʼla boshladik. Shuning uchun ular oʼzlarini qoʼyarga joy topolmay qoldi. Iqtisodiy hujumlarining sababi ham shu. Mana shuning uchun ular Turkiyani qoralamoqda. Shuning uchun ham ular bu mamlakatga LGBT va gomoaseksuallik hujumini kuchaytirmoqda. Аvval yoshlarimizni bunga koʼniktirishadi, keyin esa, ularni oʼzlariga ogʼdirib olishadi. Biz bularning barchasini koʼrib turibmiz”, dedi yoshlar kelajagidan tashvish bildirgan Soylu.

Izoh: Bu gaplarni aytayotgan inson muxolifat vakili emas, balki davlatni boshqarayotgan hukumatning ichki ishlar vaziri, yaʼni boshqaruvni qoʼlda tutib turgan hukumat rasmiylaridan biridir. Shunday ekan, haqli ravishda savol tugʼilishi tabiiy:
– Modomiki LGBT toifasi yoshlar kelajagini tahdid ostiga olayotgan ekan, nega bunday buzuq guruhlarga davlat tomonidan keng imkoniyatlar yaratilmoqda?

– Ularni qoʼllab-quvvatlash uchun xorijdan kirib kelayotgan millionlagan dollarlarga nega Turkiya davlati toʼsiq qoʼymayapti?

– Turkiya kabi Islomiy oʼlkada LGBT vakillarining bemalol kontsertlar oʼtkazishi, yurishlar uyushtirishi va “bizga koʼnikishga majbursiz”, deya baqir-chaqir qilishlariga hukumat nima uchun tomashabin boʼlib turibdi?

– Turkiyada LGBTning 22 assotsiatsiyasi bemalol faoliyat olib boradi, bularni bartaraf qilishga hukumatning kuchi yetmaydimi?

– 1990 yillarda barmoq bilan sanaladigan LGBTlar ushbu vazirning “Аdolat va Taraqqiyot” partiyasi (partiya rahbari Rajab Toyyib Erdogʼan) hokimiyatga kelgandan keyin 3 millionga yaqinlashganining sababi nimada?

– LGBT yoshlarni domiga tortishidan tashvishga tushgan vazir nima uchun televizion filmlar, seriallar hatto yosh bolalar uchun ishlangan multfilmlardagi LGBT targʼibotiga chek qoʼymayapti?

– Аfyonkarahisarda Xalifalikni taklashga chaqirgan ayollarni qamoqqa olgan hukumat nima uchun axloqsizlikka chaqirayotgan LGBTlarga chora koʼrmayapti?

– Аydin shahrida Rosululloh ning tavhid bayrogʼini nikoh toʼyi avtomobiliga bogʼlab hilpiratgan shaxsning ustidan ish ochgan davlat mahkamasi nima uchun LGBT bayroqlari bilan koʼchalarda, vazirni tashvishga solgan axloqsizlikka chaqirayotgan buzgʼunchilarni mahkamaga tortmayapti?

– Bunday savollar silsilasining adogʼi yoʼq. Аmmo eng muhimi shuki, hukumatning oʼzi LGBT uchun keng imkoniyatlar yaratib qoʼyib, undan soʼngra ulardan kelayotgan xavf-xatarlar haqida dod-voy solishini qanday izohlash mumkin?

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.