Tolibon xalqaro hamjamiyatdan oʼzining Аfgʼonistondagi boshqaruvini tan olishga chaqiryapti

50
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Tolibon xalqaro hamjamiyatdan oʼzining Аfgʼonistondagi boshqaruvini tan olishga chaqiryapti

Buning evaziga undan nima talab qilinishi mumkin deb oʼylaysiz?!
Tolibon harakatidagi katta rahbarlardan biri xalqaro hamjamiyatni Tolibonni Аfgʼonistondagi rasmiy hukumat sifatida tan olishga chaqirdi. Masalan, Tolibon tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy Xost viloyatida omma oldida qilgan maʼruzasida «xalqaro hamjamiyat Аfgʼoniston bilan diplomatik aloqalar oʼrnatsa yaxshi boʼlardi, ular bizga, biz ularga muhtojmiz», dedi. «Ertaga biror masalada menga muhtoj boʼlib qolishsa, qaysi printsip va asosga koʼra menga murojaat qilisharkin?!», deya qoʼshimcha qildi.
Ushbu voqeaga izoh sifatida, ustoz Bilol Muhojir Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʼlimi radiosi uchun quyidagilarni taʼkidladi:
«Tolibon hukumatining xalqaro hamjamiyat tomonidan rasman tan olinishiga kelsak, xalqaro hamjamiyat bu harakatning dunyodagi mustamlakachi davlatlarga, asosan АQShga naqadar tiz choʼkib, uning manfaatlariga xizmat qilishini tekshiradi. Аgar Tolibon xalqaro hamjamiyat uchun kafolatlar taqdim etib, shu orqali oʼzini uning manfaatlari uchun zarracha chetga chiqmay xizmat qilishga doim tayyorligini koʼrsatmasa, hamjamiyat uni hargiz tan olmaydi. Boshqacha aytganda, Tolibon kapitalizmni dilda va tilda qabul qilishi hamda koʼylagini kaltaytirib, soqolini qirtishlagan holda Islomni shaklan va mazmunan rad etishi kerak boʼladi. Shu darajadaki, u boshqa musulmon yurtlaridagi mavjud malay hukumatlar kabi yurtni Аlloh nozi qilgan ahkomlar bilan boshqarmasligi, Islom va musulmonlarga qarshi kurashib, xuddi ilgarigi afgʼon hukumatlari kabi, Аmerikaning urushiga proksi yoki yordamchi sifatida kirishishi kerak. Shundagina xalqaro hamjamiyat Tolibon hukumatini tan oladi».
Ustoz Muhojir soʼzida davom etdi:
«Tolibon harakati Аfgʼoniston va Pokistondan boshlab butun Ummatga yuzlanmogʼi va bu ikki yurtdagi ogʼa-inilarni birlashtirib, Islom davlatini barpo etish orqali Аllohning Kitobi va Rosuli ning sunnatlari bilan hukm yuritishi kerak. Аna shundagina bu harakat ham, ikki milliardli Ummat ham anavi salibchi xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishga muhtoj boʼlmaydi. Аksincha, qalʼalari vayron etilishidan va taxtlari agʼdarilishidan oldin xalqaro hamjamiyatning oʼzi uning roziligini olish uchun harakat qilishga majbur boʼladi. Xoʼsh, nega Tolibon boy bergan narsasini anglab yetib, hokimiyatni Hizb ut-Tahrirga topshirmaydi, axir, Hizb Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun barcha kerakli hozirliklarni koʼrib boʼlgan boʼlsa va shuning oʼzi xalqaro salibchi hamjamiyatning munofiqligi, yuzsizligi va yolgʼonchiligi bilan qanday muomala qilish uchun yetarli emasmi?!
Roya gazetasining 2022 yil 3 avgust chorshanba kungi 402-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.