Oli Saud hukmdorlari yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish sari shaxdam qadam tashlashmoqda!

30
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Oli Saud hukmdorlari yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish sari shaxdam qadam tashlashmoqda!

Saudiya Аrabistoni barcha reyslarga, shu jumladan yahudiylar samolyotlariga oʼz havo yoʼllarini kesib oʼtishga ruxsat berishi ortidan Falastin masalasi va falastinliklarga nisbatan pozitsiyasi mustahkam oʼzgarmas ekanini taʼkidladi. Saudiya axborot agentligiga koʼra, Saudiya «barcha aviakompaniyalar uchun havo hududidan foydalanishga ruxsat berish toʼgʼrisidagi ushbu qaror uning xalqaro majburiyatlari bilan bogʼliqligini, ammo bu qadam boshqa qadamlar uchun debocha ekanini anglatmasligini» taʼkidladi.
Ushbu xabarga izoh sifatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʼlimi oʼz saytlarida quyidagi mazmunda bayonot nashr qildi:
«Oli Saud hukmdorlari ham xuddi Turkiya rahbari Erdogan singari Oq uydagi xoʼjayinidan qaror chiqishi bilanoq yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishga oshiqishmoqda. Oʼshanda Erdogan yahudiylar prezidentini Usmoniy Xalifalik diyorida uyalmay-hayo qilmay kutib olgan paytida yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish Turkiyaning Falastin va Quddus masalasiga nisbatan keng koʼlamli pozitsiyasini aslo oʼzgartirmasligini taʼkidlagan edi. Аslida bu – Falastin masalasiga xiyonat bilan xizmat qilayotganiga boʼlgan bir ishoradir! Bugun Oli Saud hukmdorlari ham shunday rolni aynan oʼshanday sharmandali pozitsiyadan kelib chiqib bajarishmoqda… Bu gunohdan ham ogʼir boʼlgan bir bahona-vajdir».
Matbuot bayonoti quyidagilarni taʼkidlash bilan yakunlandi
«Musulmonlarning barcha hukmdorlari mustamlakachilarga malaydir. Ularning har biri mustamlakachilarning rejalariga xizmat qilib, ularning buyruq va qarorlarini bajarishmoqda. Faqatgina London bilan Vashingtondagi xoʼjayinlarining rejasi taqozosiga koʼra, oʼynaydigan rollari baʼzan biri birinikidan farq qiladi.
Falastinga esa, Аllohning izni ila yaqindan barpo boʼlajak roshid Xalifalik va Ummat armiyasidan boshqasi nusrat bermaydi».
Roya gazetasining 2022 yil 3 avgust chorshanba kungi 402-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.