Suriyaning Jadida qishlogʼidagi qirgʼin jinoyatchi «kafil» davlatlarning yashirin kelishuvlarini fosh qildi

191
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Suriyaning Jadida qishlogʼidagi qirgʼin jinoyatchi «kafil» davlatlarning yashirin kelishuvlarini fosh qildi

Qonxoʼr rejim askarlari Idlib janubi-Jabali Zaviyadagi Farkiya-Dayr Sunbul yoʼlida M.D raketasi bilan bir mashinani nishonga olishdi… Mudofaa guruhlari tekshirganda zarbada tinch aholidan hech kim qurbon boʼlmagani maʼlum boʼldi. Аvvalroq rejim kuchlari Idlibning turli rayonlarini bombardimon qilgan edi. Undan oldin oʼtgan hafta Rossiya oʼzining harbiy samolyotlari orqali Idlib gʼarbidagi Jadida qishlogʼidagi tinch aholi yashovchi uylarga bomba yogʼdirib, qirgʼin qilgandi. Bu qirgʼin Eron poytaxti Tehronda Putin-Erdogan-Raisiy ishtirokidagi uchlik sammitidan soʼng bir kun oʼtib sodir etildi.
Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot boʼlimi ushbu qirgʼinga izoh sifatida bayonot chiqarib, Shom zaminidagi musulmonlarga xitoban quyidagilarni taʼkidladi:
«Qoʼzgʼolon boshlangandan beri – ayniqsa, har safar anavi nopok niyatli «kafil» davlatlar uchrashuvi ortidan – sizga qarshi bunday dahshatli qirgʼinlarning keti uzilmayapti. Jadida qirgʼini ham dahshat jihatidan avvalgilardan farq qilmaydi. Bu qirgʼin malʼun Аmerikaning yashik chirogʼi bilan hamda davlatlararo himoya, BMT qoʼllab-quvvatlovi va kafil davlatlar vositasida sizdan oʼch olish va sizni tiz choʼktirish maqsadida sodir etildi».
Matbuot bayonotida yana bunday qoʼshimcha qilindi:
«Ey Shomdagi ahlimiz, sizga bu qirgʼinlarning qanday sodir etilayotgani sir boʼlmay qoldi. Xorij bilan aloqa qiluvchi anavi guruh yetakchilari bu qirgʼinlar oldida miq etmay turishibdi… Bu jangchi guruh yetakchilarining qanchalar darajada kofir Gʼarbga chin koʼngildan suyanishayotgani, sarob mansablar yoʼlida har turli yon berishlar taqdim etishga oʼchligi, ertaga vazifalarini bajarib boʼlishgandan soʼng ularning holi ham oʼzlaridan oldingilarning ahvoli kabi tugashi siz uchun yaqqol maʼlum boʼlib qoldi».
Bayonot soʼnggida quyidagilar taʼkidlandi:
«Farzandlaringiz qoni uchun faqat Аlloh Subhanahu va Taologa chin koʼngildan suyanayotgan va yolgʼiz Robbilarini rozi qilishga oʼch insonlargina yordam beradilar. Bergan shuncha qurbonliklarimiz uchun qarori oʼz qoʼlida boʼlgan va Аlloh Аzza va Jallaning arqonini mahkam ushlaganlargina intiqom oladilar. Qutulishimiz oʼzlarini va mollarini Аllohga sotgan, ammo «donor» va til biriktiruvchilarga hargiz sariq chaqaga sotmagan rijollar orqaligina boʼladi. Buning uchun biz barcha pozitsiyalarda tajribada oʼtkazgan rostgoʼy ongli siyosiy yetakchilarga ergashmogʼimiz darkor. Zero, ular bizning tajriba-sinovimizdan oʼtgan boʼlib, ochiq loyihaga, aniq toʼgʼri yoʼlga egalar… Biz shunday yetakchilarga ergashib, oʼzgarmas maqsadlarimizni roʼyobga chiqarish, gʼoyamizga yetishish, xalos boʼlishimiz va azizlikka erishishimiz uchun ular bilan birga yurmogʼimiz darkor. Xalos boʼlishning yagona yoʼli mana shudir».
Roya gazetasining 2022 yil 3 avgust chorshanba kungi 402-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.