Turkiyada LGBTga qarshi namoyishlar davom etmoqda

174
0

Turkiyada LGBTga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Istanbuldagi Аyyub Sulton maydonida 48 nafar nodavlat tashkilot “Fikr birligi va kurash platformasi” nomi ostida namoyish oʼtkazishdi. Mazkur nodavlat tashkilotlar davlatga murojaat yoʼllab, oila va kelajak avlodni buzuvchi gʼayritabiiy axloqsiz buzuq loyihalarga qarshi zarur choralar koʼrilishini va axloqsiz uyushmalarning yopilishini hukumatdan talab qilishdi.

Nodavlat tashkilotlar nomidan matbuot bayonotini oʼqib eshittirgan Kurshat Mican, bu avlod hech qachon bugungidek jirkanch vaziyatga tushmaganligiga eʼtirob qaratdi. Misanning taʼkidlashicha, gender tengligi, inson huquqlari, shaxs erkinligi, fikr erkinligi va soʼz erkinligi, xullas demokratiya roʼkach qilinib yoshlar orasida gey, lesbiyan, transvestit va biseksualizm kabi illatlar keng tarqatilmoqda.

Nodavlat tashkilotlar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʼandan oila va kelajak avlodni nishonga olayotgan buzuq LGBT tashkilotining barcha uyushmalari zudlik bilan yopilishini talab qildi. “Nasllarimizni zaharlaydigan va kelajagimizga tahdid soladigan buzgʼunchilik targʼibotlar hech qachon erkin faoliyat yuritishi mumkin emas”, deyiladi bayonotda.

Izoh: Turkiya kabi Islomiy oʼlkada LGBT toifasining qonuniy shaklda faoliyat yuritishi va kundan-kunga rivojlanib borishi oʼta achinarli holat. Bu jirkanch xarakatning Turkiyada avjiga chiqib borishining eng katta sababchisi Erdogʼan hukumatidir. Islom toʼnini kiyib, musulmonlarning islomiy tuygʼularini suiisteʼmol qilgan holda Turkiya hokimiyatini egallagan Erdogʼan hukumati LGBTga qarshi kurashish uyoqda tursin, ularga qonuniy imkoniyatlar yaratib bermoqda. Ushbu hukumat imzo chekkan “Istambul bitimi”dagi 6284 rakamli qonun bu jirkanch guruhga turli imkoniyatlar yaratib beradi va ularning jirkanch ishlariga qonuniy tus beradi. Erdogʼan hukumati LGBTning Gʼarb tarafidan mablagʼ bilan taʼminlanayotganini koʼra-bila turib, bunga qarshi chora koʼrish haqida oʼylab ham koʼrmayapti. Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soʼylining eʼtirof qilishicha, Gʼarb davlatlari Turkiyadagi LGBT tashkilotlarini qoʼllab-quvvatlash uchun 2016 – 2020 yillar oraligʼida 20 million 127 ming dollar mablagʼ oʼtkazgan. Bu ham yetmagaday, Erdogʼanning shaxsan oʼzi gohida muborak Ramazon oylarida LGBT vakillari uchun iftorlik dasturxoni xozirlab, ular bilan birga iftorlik qiladi.

Bundan biroz avval Istanbul Madaniyat universitetining oʼqituvchisi Professor Doktor Аhmet Аkin Jerrahpasha tibbiyot fakulьtetida “jinsini oʼzgartirish operatsiyasi uchun juda koʼp yoshlar navbatda turishi”ni maʼlum qilgan edi. Professornning taʼkidlashicha, 4000 nafar qizlar erkakka aylanish uchun, 2700 erkaklar esa, ayolga aylanish uchun navbat kutmoqda. Bularning yoshlari 12-19 orasida va 99 foizida hech qanday kasallik muammosi yoʼq. Ular oʼz jinsini oʼzgartirish uchun musiqa, moda, kino va seriallardan taʼsirlangan. Ularning oldida har turli oʼyin-kulgi, ayshu-ishrat uchun hech qanday toʼsqinlik yoʼqligi, aksincha toʼliq erkinlik borligi ularga muntazam uqtirilgan.

Jinsni oʼzgartirish amaliyoti juda mablagʼ talab qiladigan amaliyotlardan biridir. Bu amaliyot 100 – 200 ming turk lirasi bilan bitmaydi, balki buning uchun 3-4 million lira (taxminan 170000 – 225000 dollar) sarf qilish lozim. Professor Аhmet Аkinga koʼra, jinsni oʼzgartirish amaliyoti uchun toʼlanadigan ushbu xarajatlarni davlat toʼlaydi. Аlloh laʼnatlagan qavm uchun millionlagan mablagʼni toʼlab beradigan ushbu davlatda saraton kabi bir qancha ogʼir va davonanish qimmat kasalliklarga chalingan insonlar borki, davlat ularga qayrilib ham qaramaydi, ular koʼchalarda, avtobuslarda insonlardan yordam soʼrab yurishga majbur.

Mana sizga Erdogʼan hukumatining yana bir yuzi. Erdogʼanga maftun boʼlib, “uning hukumati islomiylar uchun oʼrnak boʼlishga arziydigan andozadir”, deya, undan asta-sekin Islomni tatbiq qilishini kutayotganlar qachongacha xom xayol surishda davom etadilar?!

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.