Sinddagi bolalarning aziz jonlarini himoya qilishga yolg’iz Xalifalik davlatigina qodir

448
0

maxresdefaultMatbuot bayonoti

Sinddagi bolalarning aziz jonlarini himoya qilishga yolg’iz Xalifalik davlatigina qodir

2014 yil 10 mart dushanba kuni «Reyter» axborot agentligi, «Bi-Bi-Si» radiosi va boshqa axborot vositalari Pokistonning Sind viloyatidagi Sarbarkon mintaqasida oxirgi oylar ichida o’nlab bolalarning halok bo’lgani to’g’risida xabar tarqatdi. Xabarga ko’ra, bu bolalar to’yib ovqatlanmaslikdan hamda ocharchilikka sabab bo’lgan qattiq qurg’oqchilik oqibatida kelib chiqqan boshqa kasalliklardan nobud bo’lishgan. Shuningdek, mahalliy axborot vositalari xabariga ko’ra, ayni mintaqada o’tgan uch oy mobaynida bolalar o’limi holati qariyb 140taga etgan. Hisobotlarda aytilishicha, bu qurg’oqchilik 900 ming kishiga zarar etkazgan bo’lsa, ulardan o’n minglabi to’yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda. Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif dushanba kuni ushbu zarar ko’rgan mintaqani ziyorat qildi va mintaqa aholisiga 10 million dollar qiymatida yordam berajagini bildirdi. Ularga quruq va’dalar berib, «Bu erdagi odamlar yaqin orada o’z uylariga qayta oladigan bo’ladilar va bu mintaqa albatta gullab yashnaydi», dedi.

Darhaqiqat, birin ketin hokimiyatga kelayotgan, boshqaruvga yaroqsiz bo’lgan ilmoniy etakchilar tabiiy ofatni insoniy bo’hronga aylantirib yuborishdi. Aslida, kapitalistik abgor iqtisodiy siyosat, resurslardan oqilona foydalana bilmaslik, qishloq ho’jaligiga etarli mablag’ ajratmaslik hamda yurt boyliklarini noto’g’ri taqsimlash Sindning Sor rayonida fuqarolar hayotiga ta’sir qilgan qurg’oqchilik davrini battar murakkablashtirib yubordi. Bu ishlar – xoh demokrat va xoh diktator bo’lsin farqsiz – faqat shaxsiy manfaatlarni ko’zlagan korruptsiyachi hokim va hukumatlar tomonidan sodir etildi. Chunki mintaqada sog’likni saqlash muassasalarining etishmasligi va haddan ziyod qashshoqlik, asosan shu ikki narsa mana shunday muammoni yanada qiyinlashtiruvchi vaziyatni yuzaga keltirdi. Bundan tashqari, zarar ko’rgan mintaqalarga yordamlarning kech etib borishiga ayni yordamlarni tashuvchi transport shirkatlarining ish haqlari bir necha yildan beri berilmay kelayotgani ham sabab bo’lmoqda. Shu soha ma’muriyati mutasaddiylari transport shirkatlariga kechiktirib berilgan haqlar 60 million rupiga etganini tan oldi.

Masalaning muhim tomoni shundaki, agar yurt o’tkir nazariyaga ega, uzoqni ko’ra biladigan, o’z xalqlariga chin dildan tashvish qiladigan rahbarlar tomonidan boshqarilganda edi, oldindan etarli munosib tayyorgarliklar va tadbir choralar ko’rish orqali bugungi bunday insoniy ofatlarni oldini olish mumkin bo’lardi. Shuning uchun bu bolalarning o’limi javobgarligi albatta, sobiq va hozirgi hukumatlar va ilmoniy rejimlar zimmasiga tushadi. Holbuki, bu hukumatlar bunday tabiiy ofatlarni idora qilish tajribasi bilan mashhur edilar. Buning ustiga, Pokistondagi ushbu hukmron elita qurg’oqchilik boshlanganiga bir necha oylar o’tganiga va o’nlab insonlar yo’qolganiga qaramasdan, ayni bo’hronning xavfliligi va kuchliligini hali-hamon anglab etgani yo’q, bu e’tiborsizlik esa jinoyat sanaladi. Axir, fuqarolarga ko’mak va yordam ko’rsatuvchi mas’ul va tashkilotlar bu mintaqaga darhol etib kelishlari kerak emasmidi?! Biroq Ummat shunday hukmdorlar bilan balolandiki, uning farzandlari ochlikdan halok bo’layotgan bir paytda, bu hukmdorlar eng qimmat va tansiq ta’omlar tanovul qilishib, dabdabali hayot kechirishmoqda. Bundan tashqari asosiy tabiiy resurslari qishloq xo’jalik erlarini va suvlarni tashkil qiluvchi, bug’doy, sholi, sut, shakarqamish, no’xot etishtirish bo’yicha dunyoda eng katta davlatlardan biri sanaluvchi shu yurt xalqining qiyinchilikdan, qashshoqlikdan, to’yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekayotgani yig’latadigan hol emasmi?!

Shubhasiz, yolg’iz Xalifalik davlatigina Sinddagi va butun dunyodagi bolalarning aziz jonlarini himoya qilishga qodir. Darvoqe, Islomiy boshqaruv davrida Hind Yarim Oroli qishloq xo’jalik mahsulotlarining koni edi. Dunyo yalpi mahsulotining 25 %ini ishlab chiqarardi. Bu esa sog’lom islomiy iqtisod nizomi tatbiq etilishi va qishloq xo’jalik siyosati to’g’ri olib borilishi sharofatidan bo’lgan. Xalifalik davlati boyliklari mana shunday darajaga etib borgan va shu boisdan u boshqa xalqlar boshiga tabiiy ofatlar etgan paytda ularga yordam ko’rsatishga qodir bo’lgan. Masalan, o’n to’qqizinchi asrda usmoniylar xalifaligi davlati Irlandiyada yuz bergan mashhur ocharchilik davrida u erga oziq-ovqatlar yuklangan uchta yirik kema yuborgan. Shu bois, faqat Xalifalik davlatigina islomiy qonunlarni to’la va umumiy tarzda tatbiq etadi, aynan shu davlat Ummatga obod farovon hayotni amalda olib kela oladi. Buni amalga oshirish uchun Xalifalik erlarni har tomonlama o’zlashtiradi, Islom dunyosidagi ulkan boyliklarni butun Ummatning manfaati uchun ishlatadi hamda bu boyliklar bir siqim oligarxlar qo’lida yig’ilib qolishiga yo’l qo’ymaydi. Bu o’z xalqiga nisbatan yuksak javobgarlikni his qila olgan xolis etakchilar boshqarajak davlatdir. Ular ikkinchi xalifa Umar ibn Xottob G misolidagi etakchilardir. Zero, Umar ibn Xottob kul yilida (Bu yilning kul yili deb nomlanishining sababi, o’sha paytda yomg’ir yog’may qo’yganidan er shamolda to’zib ketadigan qora kulga o’xshab qolgan ekan. Boshqa bir rivoyatda aytilishicha, ochlikdan odamlarning rangi kulga o’xshab qolgan) Arab Yarim Oroli qahatchilikka uchragan payt, katta shaharlardan yordam so’raydi. Shunda unga Misrdagi voliysi Amr ibn Os Nil daryosi bilan Qizil dengiz o’rtasidan kanal qazib o’tkazish maslahatini beradi va unga – agar siz Madinadagi oziq-ovqat narxi Misrdagi narx kabi bo’lishini istasangiz, men Misrga daryo ochib beraman, deya maktub yozadi. Umar javob maktubida – shunday qiling va buni tezlashtiring, deydi. Misr ahli bo’lsa bunga e’tiroz bildirib, bu Misr xirojini sindirib, vayron qiladi, deydi. Shunda unga Umar yana maktub yozib, Alloh Madina obodonligi va u erda vaziyat iziga tushishi yo’lida Misrni xarob qilsa ham, shu ishni tezlashtiring, deydi. Natijada, Madinadagi narx-navo Misrdagi narx-navo bilan barobar bo’ladi va bu Misrga zarar etkazmaydi, balki uni obod qiladi. Ramod (kul) yilidan keyin Madina ahli boshqa qahatchilik ko’rmaydi. Umar ibn Xottob ushbu ocharchilik davrida o’z salomatligini yo’qotib, o’zidan salomatligiga e’tibor qaratishini talab qilishganda ham – Alloh haqqi, to odamlar yog’ emas ekanlar, men ham emayman, der edi. Shuningdek, u fuqaroga etgan narsa menga ham etmasa, qanday ularga qayg’ura olishim mumkin, derdi.

Sind bolalariga ko’rsatilishi lozim bo’lgan o’xshashi yo’q etakchilik mana shu.

Doktor Nasrin Navoz

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi a’zosi

Uyali telefon: 0096171724043

Faks: 009611307594

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.