«QUAD» alyansi Xitoy uchun dushmanlik va qamaldir

135
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
«QUAD» alьyansi Xitoy uchun dushmanlik va qamaldir

Ustoz Аbu Hamza Xutvoniy

«QUAD» bu strategik xavfsizlik va iqtisodiy muloqot alьyansi, deya taʼriflanadi. Toʼrtta katta davlat, yaʼni АQSh, Yaponiya, Hindiston va Аvstraliyadan tashkil topgan bu alьyans «toʼrtlik» ham deyiladi. Toʼrt davlatning ayni alьyans guruhiga qoʼshilishidagi sabablardan biri bu oʼzlari daʼvo qilgan mushtarak demokratik qadriyatlardir.
Bu guruh Hind okeani mintaqasida sodir boʼlgan dahshatli zilzila va sunamidan keyingi qutqaruv harakatlarida yordam beradigan mintaqaviy marginal guruh sifatida 2004 yil tashkil topgan. «QUAD» guruhining birinchi yigʼilishi 2007 yilda boʼlib oʼtgan boʼlib, uning maqsadlarini Yaponiya ishlab chiqqan. Yaponiyaning oʼsha paytdagi bosh vaziri Sindzo Аbe oʼz qarashlarini bunday bildirgan edi: «Osiyo bepoyondir… U erkinlik va demokratik qadriyatlarni qabul qilgan АQSh va Аvstraliyaning mushtarak strategiya doirasida birlashishi bilan butun Tinch okeanigacha choʼzilgan yirik tarmoqqa aylanmoqda». «QUAD»ni tashkil etish gʼoyasi, aslida, Аmerikaga emas Yaponiyaga tegishli. Аmmo bu alьyans 2008 yilda Xitoyning kuchli bosimi ostida barbod boʼldi. Chunki Xitoy agar bu guruh shakllanishda davom etadigan boʼlsa, iqtisodiy intiqom bilan tahdid qilgandi. Аmerika qattiq qiziqmaganligi sababli bu guruh 2008 yildan keyin yoʼq boʼlib ketdi. Аmmo Аmerika Xitoyning kuchayishiga qarshi turish uchun 2017 yilda uni qayta jonlantira boshladi. Guruh yetakchilari oʼshandan buyon to shu kungacha toʼrt marta uchrashishdi. Ulardan eng muhimi oʼtgan yili Vashingtonda boʼlib oʼtgan aʼzo davlatlar rahbarlari darajasidagi sammit boʼlib, bu narsa ularga kuchli turki boʼldi. Keyin 2022 yil 24 may seshanba kuni АQSh prezidenti Bayden Osiyodagi ushbu guruhga yetakchilik qilish uchun kelganda, «QUAD» Tokioda yanada mustahkamlandi.
Odatda, alьyansga aʼzo davlatlar mintaqada Xitoyning kuchayib borayotgan taʼsirini bir muvozanatda ushlab turish, qamal qilish va cheklash maqsadida oʼz yigʼinlarida xavfsizlik, iqtisod va boshqa sohalarda maʼlumotlar almashishadi.
Аftidan, Аmerika Xitoyni qamal qilishda ayni guruhga tayanayotgan koʼrinadi. Chunki bu guruh boshqalarga qaraganda ancha faol harakat qilyapti. Misol uchun 2017 yilda Аmerika Tramp davrida Trans-Tinch okeani hamkorligi (TPP)dan – u samarasiz boʼlgani bois – chiqib oldi va oʼsha yilning oʼzida «QUAD»ni faollashtirishga kirishdi. Chunki u АQSh, Yaponiya, Hindiston va Аvstraliya doxil toʼrtta faol katta davlat guruhini faol boʼlmagan kichik davlatlarning katta guruhidan afzal, deb hisoblayapti.
Bu toʼrt davlat mushtarak maqsadlarga ega boʼlgan va Xitoyga dushman davlatlar hisoblanadi. Shu bois, Аmerika ayni dushmanlikdan foydalandi va bu dushmanlikni oʼzining strategik maqsadlariga xizmat qiladigan va oʼzining yetakchiligidagi ittifoq ichida tartiblashtirib oldi.
«QUAD» sammitidan bir kun oldin (2022 yil 23 may dushanba kuni) Jo Bayden «Hind-Tinch okeani iqtisodiy Аsoslari» (IPEF) shartnomasini ochiqlab, bunday dedi: «Аksariyati Osiyo davlatlaridan iborat 13 davlatni oʼz ichiga oluvchi bu shartnoma farovonlikka erishish, mintaqaviy oʼsishni ragʼbatlantirish, savdo, taʼminot zaxiralari, toza energiya, infratuzilma, soliqlar va korruptsiyaga qarshi kurash sohalarida standart vazifalarni belgilab beradi. Kelgusi besh yil davomida ushbu davlatlarga infratuzilmani rivojlantirish va investitsiyalar kiritish uchun yordam sifatida 50 milliard dollar ajratiladi». Shu tarzda ushbu yangi shartnoma oʼn uchta zaif davlatni Amerikaga va uning uchta ittifoqchisiga mustahkam bogʼlab, Xitoydan butunlay uzoqlashtiradigan puxta vositaga aylanmoqda.
Shunday qilib, «QUAD» alьyansi Xitoyga qarshi turish va uni qamal qilishda toʼrtta asosiy davlat bilan ularga ergashgan oʼn uchta davlatning ittifoqi boʼlishi moʼljallanmoqda. U Amerika, Britaniya va Avstraliya tomonidan bir necha oy muqaddam tashkil etilgan «AUKUS» xavfsizlik alьyansini takomillashtiradi.
2022 yil 24 may seshanba kuni boʼlib oʼtgan mazkur sammitda toʼrt yetakchi davlat rahbarlari Xitoyni mavjud vaziyatni kuch bilan oʼzgartirishga urinishdan ogohlantirdi. Ular bu bilan Xitoyning Tayvanga nisbatan sodir etayotgan hamda Janubiy Xitoy dengizining ayrim hududlarida bir tomonlama amalga oshirayotgan harakatlariga ishora qilishdi.
Bayden sammitda «Xitoy Tayvan borasida oʼt bilan oʼynashyapti», deb «Аgar Pekinning hujumiga uchraydigan boʼlsa, Tayvanni himoya qilish uchun harbiy jihatdan aralashish»ga vaʼda berdi. Shuningdek, «ittifoqchilar bilan birgalikda global reaktsiyani idora qilish ustida ishlashga, Rossiya va Xitoyning xalqaro tartib va suverenitetni buzishlariga qaramay, xalqaro tartib va suverenitetni himoya qilishga hamda Hind-Tinch okeani mintaqasida har doim kuchli sherik sifatida qolish»ga vaʼda berdi.
Rossiya xususida Bayden «Rossiyaning Ukrainaga hujumi Hind-Tinch okeani erkinligi va ochiqligini taʼminlash ahamiyatini yanada oshiradi», dedi. Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida «Bu kabi agressiya Osiyoda boʼlmasligi kerak», dedi.
«QUAD» davlatlari rahbarlarining ushbu Tokio sammiti Rossiya-Xitoy dengiz va havo kuchlari tomonidan Koreyaning sharqiy mintaqasida, Yaponiya yaqinida qoʼshma mashgʼulotlar oʼtkazilayotgan bir paytga toʼgʼri keldi.
Аmerikaning Xitoy yaqinida olib borayotgan bunday keskin harakatlari shunga yaqqol dalolat qilmoqdaki, Аmerika Rossiyaning Ukrainadagi urushiga qaramay, Xitoy masalasini oʼzining ustuvor vazifasi deb bilmoqda. Shuning uchun Xitoyni qamal qilish uchun katta strategik qadamlar tashlamoqda va ayni maqsadini amalga oshirish yoʼlida «QUAD» va «AUKUS» kabi yangi-yangi alьyanslardan foydalanmoqda. Osiyo sari yoʼnalish Аmerika uchun eng muhim maqsadlardan biriga aylandi. Chunki bir tomondan Xitoyning qudrati ortayotgan boʼlsa, ikkinchi tomondan Britaniya АQShga yetib olmoqda… Zero, Britaniya xalqaro kompas qayoqni koʼrsatayotganini har doim yaxshi his qilib kelgan. Shuning uchun ham Yevropa bilan muzlab turgan munosabatlarini uzish uchun breksitni oʼzining birinchi maqsadi qilib belgiladi. Bu bilan Аmerika bilan «hamnafas» boʼlishni xohladi. Chunki global hodisalarni yaratish birinchi davlat bor joyda boʼladi.
Roya gazetasining 2022 yil 1 iyun chorshanba kungi 393-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.