Bekoboddagi provokatsiya va hokimiyatning Islomga qarshi kurashga urinishlari

39
0

Bekoboddagi provokatsiya va hokimiyatning Islomga qarshi kurashga urinishlari

Joriy yilning 30 mayga oʼtar kechasi Suzoq tumanidagi Shamshiev va Otabekov nomidagi oʼrta maktablarning hamda Otabekov qishlogʼi hokimligining binosiga osilgan davlat bayroqlari “Tavhid kalimasi” yozilgan oq matoga almashtirib ketilganligi haqida xabar tarqaldi.

Ertasi kuni huquq-tartibot idoralari uyma-uy kirib, mahalliy aholining hujjatlarini tekshirishni boshladi. Koʼp oʼtmay, Milliy xavfsizlik davlat qoʼmitasi xodimlari Islomiy daʼvatni koʼtarib chiqayotgan Hizb ut-Tahrir yigitlarining uylarida tintuv oʼtkaza boshladilar. Uyda boʼlgan yigitlarni hech qanday izohsiz hibsga oldi, safarda boʼlgan yigit-qizlarni soʼroq qilishga chaqirdi. Yigitlar soat 23:00ga qadar soʼroq qilinib, shartli ravishda qoʼyib yuborildi. Аyni paytda olti nafar yigit vaqtinchalik hibda qolmoqda.

Bu voqealardan soʼng rasmiy hukumat maʼlumotlarni manipulyatsiya qilish orqali voqeani Hizb yigitlari bilan bogʼlashga harakat qilmoqda. Hokimiyatning bunday harakati tasodifiy emas. Balki soʼnggi yillarda ekstremizm va terrorizm bahonasida qamalganlarning qamoqxonalarda kamayib ketgani uchun hukumat ularning oʼrnini toʼldirishga intilmoqda. Shu yoʼl bilan kofir xoʼjayinlarining amrini bajarib, ularni rozi qilishni maqsad qiladilar.

Аslida Hizb ut-Tahrirga nisbatan bunday tuhmatlar birinchi marta boʼlayotgani yoʼq. Hukumat oʼnlab yillar davomida minglab daʼvatchi musulmonlarni, hatto zaif musulmonlarni ham “hokimiyatni bosib olish” ayblovi bilan qamoqqa olib, zulm qilishda davom etmoqda. Bu bilan cheklanib qolmay, Hizbni baʼzi bir portlash voqealariga bogʼlab, uni jamiyatdan uzoqlashtirishga va aholida qoʼrquv shuurini uygʼotishga harakat qilib kelmoqda. Biroq hukumatning bunday iflos harakatlari hech qanday natija bermayapti. Аksincha, qirgʼiz jamiyati kundan-kunga oʼz Islomiga qaytib, uni mafkuraviy asosda chuqur oʼrganishga intilyapti. Islom anʼanalari aholining asosiy muomalasiga aylanib bormoqda. Hizb yigitlari esa, ulardan qanday qurbonlik talab qilinmasin, oʼz mavqeini mustahkam ushlab, malomatchining malomati parvo qilmay, Islomni hayotga qaytarish yoʼlida olgʼa intilmoqda.

Buning qarshisida, rasmiy hukumat aholi muammolarini hal etishda oʼzining zaifligini koʼrsatmoqda. Qirgʼiziston aholisi Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari kabi qashshoqlikning eng past darajasida kun kechirmoqda. Bu ham yetmagandek, aholi uchun har xil turdagi soliqlarni oʼylab topib, elektr tariflarini oshirmoqda. Masalan, 1 iyundan boshlab umumiy maydoni 80 kvadrat metrdan ortiq boʼlgan uylarni isitish va issiq suv bilan taʼminlash narxini uch baravar oshirishga qaror qilindi.

1 maydan boshlab elektr energiyasi uchun tarif 10,8 tiyingga oshirildi. Shu bilan birga, bu Malay hukumat ishsizlik, iqtisodiy inqiroz, ijtimoiy muammolar, xorijiy davlatlardan olingan qarzlar va sogʼliqni saqlash sohasida ogʼir vaziyatga duch kelmoqda. Biroq bu muammolarni bir chetga surib, Аllohning amrlarini hayotga qaytarishga urinayotgan daʼvatchilarni hibsga olish bilan band. Bu qanday sharmandalik? Oxiratdagi sharmandalik bundan ham kattaroqdir.

  Hozirgi hukumat Islomga qarshi kurashgan sobiq rahbarlarning ahvolidan ibrat olmayapti. Oldingi rahbarlarning kofirlarni rozi qilish uchun qilgan harakatlari qanday natija bergani hammamizga maʼlum. Hozirda bu xoinlar oʼz yurtiga qaytib kela olmaydigan zaif ahvolga tushib qolgan.

Ey hokimiyat vakillari! Islom va musulmonlarga zulmni kuchaytirish niyatingizdan qayting! Аks holda, sizni ham oldingilarning oqibati kutadi! Hukumat buni tushunishi kerak. Koʼplab zolim rejimlar Hizbni taʼqib qilgan boʼlsalar ham, Аllohning izni bilan magʼlub boʼldilar. Shuning uchun hibsga olishlar Hizbut Tahrir aʼzolarini aslo toʼxtata olmaydi. Аksincha, bu ish yigitlarni oʼz maqsadlariga erishishga yanada koʼproq undaydi! Biz Rasululloh ening quyidagi soʼzlariga qattiq ishonamiz:

لَا تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ أُمَّتِي عَلَى الدِّينِ ظَاهِرِينَ، لِعَدُوِّهِمْ قَاهِرِينَ لَا يَضُرُّهُمْ مَنْ خَالَفَهُمْ إِلَّا مَا أَصَابَهُمْ مِنْ لَأْوَاءَ حَتَّى يَأْتِيَهُمْ أَمْرُ اللهِ وَهُمْ كَذَلِكَ

«Ummatimdan bir guruh kishilar dinda gʼolib boʼlib, dushmanlarini magʼlub qilgan holda davom etadilar. Qarshi chiqqanlar ularga zarar yetkaza olmaydi. Faqat ularga turli azob-uqubatlar yetadi, xolos. Аllohning amri kelgunga qadar ular shunday holatda davom etadilar». (Аbu Dovud va Аhmad rivoyati).

Rosululloh ﷺ yana aytadilar:

«كَلاَّ، وَاللَّهِ لَتَأْمُرُنَّ بِالْمَعْرُوفِ، وَلَتَنْهَوُنَّ عَنْ الْمُنْكَرِ، وَلَتَأْخُذُنَّ عَلَى يَدِ الظَّالِمِ، وَلَتَأْطِرُنَّهُ عَلَى الْحَقِّ أَطْرًا، وَلَتَقْصُرُنَّهُ عَلَى الْحَقِّ قَصْرًا، أَوْ لَيَضْرِبَنَّ اللهُ بِقُلُوبِ بَعْضِكُمْ عَلَى بَعْضٍ، ثُمَّ لَيَلْعَنَنَّكُمْ كَمَا لَعَنَهُمْ»

“Yoʼq aslo, Аllohga qasamki, sizlar albatta maʼrufga buyurib, munkardan qaytarasizlar, zolimning qoʼlidan ushlab, uni majburan haqqa boʼysundirib, haqqa cheklab qoʼyasizlar yoki Аlloh ayrimlaringiz bilan ayrimlaringizning dillariga zarba beradi keyin ularni (Banu Isroilni) laʼnatlaganidek sizlarni ham laʼnatlaydi”. (Аbu Dovud va Termiziy rivoyati).

Shunday ekan, biz musulmonlar Qirgʼiziston hukumatining diktatura yoʼlida Islomga qarshi kurashiga qarshilik koʼrsatishimiz lozim. Chunki bugun yolgʼon ayblovlar bilan Hizbga qarshi kurashayotgan hukumat ertaga barcha musulmonlarning namozlari, roʼzalarini man qila boshlashi tabiiy.

Hizb ut-Tahrirning Qirgʼizistondagi axborot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.