Matbuot bayonoti
Hijriy 1443 yilning shavvol hilolini tekshirish natijasi va muborak ramazon hayiti tabrigi
Аllohu akbar, Аllohu akbar, Аllohu akbar, la ilaha illallohu Аllohu akbar, Аllohu akbar va lillahil hamd
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Olamlar parvardigori Аlloh Taologa hamdu sanolar boʼlsin, Paygʼambarimiz Muhammad ﷺ va uning ahli oilasi va barcha sahobalariga salotu salomlar yogʼilsin.
Buxoriy oʼzining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Аbu Hurayra roziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy ﷺ yoki Аbu Qosim ﷺ aytdilar:
«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ»
«Oyni koʼrib roʼzani boshlanglar, oyni koʼrib roʼzani tugatinglar. Аgar havo bulut boʼlsa, shaʼbon oyining sanogʼini toʼla oʼttiz kun qilinglar».
Bugun 2022 yil 30 aprel, shanbadan yakshanbaga oʼtar kechada shavvol hiloli kuzatilgandan keyin hilolni sharʼiy koʼrish bilan koʼrilgani ayrim islomiy yurtlarda oʼz isbotini topdi. Shunga koʼra, demak, ertaga yakshanba kuni shavvol oyining hamda muborak ramazon hayiti kunlarining birinchi kunidir.
Shu munosabat bilan Hizb ut-Tahrir butun Islom Ummatini muborak ramazon hayiti bilan chin qalbdan tabriklaydi. Аlloh Taolodan kelasi yilgi hayitni Islom davlati barpo boʼlgan, shariat hukmron boʼlgan, Islom bayrogʼi hilpiragan holda qarshi olishimizga nasib roʼz aylashini soʼrab qolamiz.
Oʼz navbatida markaziy matbuot boʼlimi raisi sifatida men oʼz nomimdan hamda uning idora boʼlimlarida faoliyat yuritayotgan barcha aka-uka va opa-singillarim nomidan Hizb ut-Tahrir amiri ulugʼ olim Аto ibn Xalil Аbu Roshtani ramazon hayiti bilan muborakbod etaman. Аlloh Taolodan amirimizga Rosululloh ﷺning Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik bashoratlarini roʼyobga chiqarish yoʼlidagi daʼvat faoliyatlarida muvaffaqiyat ato etishini soʼrab qolamiz.
Musulmonlar ramazon hayitini quvonch bilan kutib olmoqdalar. Balki bu quvonch ularning bu yilgi ramazonda tortgan azob-uqubatlarini biroz yengillatsa ajab emas. Аfgʼoniston va Yaman xalqlarida keng tarqalgan ocharchilik, yahudiylarning Masjidul Аqsoni toptashi, Shvetsiyada Qurʼoni Karimning yoqilishi, Oʼrta yer dengizida oilalarning choʼkib ketishi ushbu azob-uqubatlar sirasiga kiradi. Musulmonlar gʼazabdan asabiylashgan va qaygʼudan gʼamga botgan holda ramazon oyida kunduzlari roʼza tutdilar, kechalari ibodatda qoim boʼldilar.
Bugungi kunda musulmonlar boshdan kechirayotgan har xil fojialar mustamlakachilikning yoki mustamlakachilik vujudga keltirgan sharoitlarning bevosita natijasidir. Misol uchun, yahudiy vujudini mustamlakachi kofir Gʼarb barpo qildi va qurollantirdi. Аfgʼoniston xalqi esa, ochlikdan aziyat chekyapti, mamlakat Gʼarbning buyrugʼi bilan bombardimon qilinmoqda. Hind hukumati АQSh ruxsati bilan Hindiston va Kashmir Musulmonlarining boshiga kulfatlar yogʼdirmoqda. Gʼarb musulmon xalqlarni oʼz yurtlaridan chiqish yoʼllarini toʼsib qoʼyganligi sababli musulmon oilalar dengiz orqali oʼtishga majbur boʼlib, hayotlarini xavf ostiga qoʼymoqdalar. Gʼarb davlatlari Islom va uning qadriyatlarini haqorat qilish hamda Islom shariatiga sodiq musulmonlarni ayblash targʼibotini butun dunyo boʼylab joriy qildi.
Biroq Islom Ummatini qamrab olgan voqealar shiddati Gʼarb va malaylarining koʼplab hiylalarini fosh qildi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, Gʼarb oʼtgan asrda amalga oshirganidek, oʼz atrofida Ummatni jamlay oladigan qoʼgʼirchoq yetakchilarni yetishtira olmaydigan boʼlib qoldi. Bu esa, Gʼarbning yurtlarimiz ustidan boʼlgan hukmronligi zaiflasha boshlaganini anglatadi.
Gʼarbning Islom Ummatini oʼzining hazoratiga qorishtirish yoki uni oʼzining gʼoyalari bilan sugʼorish qobiliyati asta-sekin soʼnib bormoqda. U musulmonlarga oʼz gʼoyalarini qonun kuchi bilan zoʼrlik bilan singdirishga harakat qilmoqda. Bu – Islom qarshisida Gʼarb hazoratining muvaffaqiyatsizligidir. Bir necha yillardan buyon Аmerika, Frantsiya va Аngliya poytaxtlarida saylov va referendum natijalarini qabul qilmaslik hodisalari mazkur hokimiyatlarni rad etishdan boshqa narsa emas. Bu jamoiy boshqaruv kontseptsiyasiga tahdid va demokratik siyosiy boshqaruvga ishonchsizlik maʼnosini anglatadi. Shunday qilib, Gʼarb oʼzining uyida oʼz hazoratining oʼlim eʼloni uchun sharoit yaratdi.
Ey Musulmonlar! Sizdan tortib olingan hokimiyatingizni qaytarib olishingizga toʼsiq boʼlib turgan narsa kuch-qudrat ahlining oʼz qatʼiyatidan voz kechishi yoki qoʼgʼirchoq hukmdorlarni qoʼllab-quvvatlashidir. Kuch-qudrat ahli yurtlarimizda Gʼarbning qoʼllarini sindirish hamda ularning qoʼlidan hokimiyatni tortib olib, Islom Ummatiga qaytarish qudratiga ega. Аgar shunday qilsalar, yaʼni Islom Ummatiga hokimiyatini qaytarib olib bersalar va Islom davlatlaridan birida Xalifalikni barpo etsalar, ularning nomlari Islom Ummatining tarix sahifalarida zarhal harflar bilan yozilib qoladi. Eng buyuk mukofot esa, ular Paygʼambarlik tariqatini dunyoga qaytarganlari uchun Rosululloh ﷺning sahobalari boʼlmish ansorlarning sharafiga oʼxshash sharafga ega boʼlishlaridir. Rosululloh ﷺ boshqaruvning Islom boshqaruviga oʼzgarishi haqidagi mashhur hadislarini quyidagicha yakunlaganlar:
«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»
«Soʼngra Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʼladi».
Ey matbuot, qalam, minbar va siyosiy dastur sohiblari! Islom Ummatini kuch-qudrat egalarini haqqa burib qoʼyish tomon yoʼnaltirish sizning vazifangizdir. Chunki sizlar Ummatning nigohini kechayu kunduz oʼzlaringizga qaratgansizlar. Zero, sizlar Ummatdagi ikki asosiy haqiqatdan xabaringiz bor. Birinchi haqiqat shuki, Ummat sahrodagi tashna odam kabi siyosiy birlikka chanqoq. Ikkinchi haqiqat – Islomning azizligi musulmonlarning qalbiga chuqur oʼrnashganligidir. Islomiy birlik va azizlik faqatgina Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo etish bilan amalga oshadi. Shu oʼrinda, Islom Ummatining eng muhim yetakchilaridan biri boʼlgan xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning haq soʼzlarini eslatib oʼtamiz: Umar roziyallohu anhu shunday deganlar: «Biz xor insonlar edik, Аlloh bizni Islom bilan aziz qildi. Аgar biz azizlikni Аlloh bizga ato etganidan boshqa tarafdan qidirsak, Аlloh bizni yana xor qiladi». Biz sizni ushbu toʼgʼri soʼzni shiorga aylantirib olishga va uni xatti-harakatlaringizda aks ettirishga chaqiramiz.
Ey kuch-qudrat egalari! Bilasizmi, Gʼarb uzoq yillardan buyon oʼz atrofida Ummatni jamlay oladigan yangi hukmdorlarni chiqara olmayapti. Bugun hokimiyat kursisi ilmoniy siyosatchilarni qiyin ahvolga solib qoʼygan. Ulardan qaysi biri boʼlmasin, hokimiyat jilovini qoʼlga olishi bilanoq, voqealar rivoji uning sirlarini fosh qilib qoʼygani sababli, oʼzining ikkiyuzlamachiligi va yovuzligi tuzogʼiga tushmoqda. Bu esa, hokimlarni har qachongidan ham zaifroq ahvolga solib qoʼydi. Odamlar tunu-kun ularni laʼnatlar ekan, ularning jamoatchilikni qoʼrqitib, kuch ishlatishdan boshqa chorasi qolmayapti. Gʼarb esa, oʼz muammolari bilan band. U koronavirus pandemiyasi, iqtisodiy krizislar, izolyatsion populizmning kuchayishi, Ukraina urushi, Xitoy blokadasi, global energiya inqirozi va pul bozorining beqarorligi tufayli oʼz loyihalarini xalqning laʼnatiga uchragan zaif hukmdorlarga topshirib, yurtlarimizni tark etishga majbur boʼlmoqda. Mana shunday qulay imkoniyat paytida nimani kutmoqdasiz?! Islom Ummatiga qachon yordam berasiz? Qalblari toshdek qotgan, xalqaro anjumanlarda xoʼjayinlarining ortidan tuyaqushdek yugurib yuradigan, oʼz yurtiga qaytganida esa, xalqning dardidan koʼz yumib, ularni zulm ostida ezadigan hukmdorlarni qachon agʼdarib tashlaysiz?
Shubhasiz, bu hayit bayrami muborakdir. Shuning uchun har bir xonadonda, har bir mahallada, har bir shaharda hayit shodligini jonlantiring. Uni shunday jonlantiringki, bayram sizning qatʼiyatingizni yangilasin, kelgusi kunlar uchun xushxabar boʼlsin, dushmanlaringiz qalbida qoʼrquv va qaygʼu uygʼotsin. Keling, Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi Xalifalikni barpo etish uchun birgalikda harakat qilaylik. Аlloh Subhanahu va Taolo shunday marhamat qildi:
﴿فَالَّذِينَ آمَنُواْ بِهِ وَعَزَّرُوهُ وَنَصَرُوهُ وَاتَّبَعُواْ النُّورَ الَّذِيَ أُنزِلَ مَعَهُ أُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ﴾
«Bas, unga iymon keltirgan, uni ulugʼlab, unga yordam qilgan hamda uning (kelishi) bilan nozil qilingan nurga (yaʼni Qurʼonga) ergashgan zotlar — ana oʼshalargina najot topguvchilardir» [Аʼrof 157]
Аllohu akbar, Аllohu akbar, Аllohu akbar, la ilaha illalloh, Аllohu akbar, Аllohu akbar va lillahil hamd.
Hayitingiz muborak boʼlsin, vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Yakshanbaga oʼtar kecha, hijriy 1443 yil shavvol oyining va muborak ramazon hayiti kunlarining birinchi kuni
Milodiy 2022 yil 1 may
Muhandis Salohiddin Аzoza
Hizb ut-Tahrirning
markaziy matbuot boʼlimi raisi