Muborak Ramazon hayiti tabrigi

61
0

Muborak Ramazon hayiti tabrigi

“Imon keltirgan va solih amallar qilgan zotlarni yer yuziga hukmron qilishni vaʼda qilgan” Аllohga hamdu sanolar boʼlsin. “… keyin paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʼladi” deb bashorat qilgan Аllohning Rosuliga, u kishining oilalariga, ashoblariga va ul zotga yaxshilik bilan ergashib, Islom aqidasini oʼz fikratiga asos qilib olgan hamda sharʼiy hukmlarni amallariga oʼlchov qilgan zotlarga solatu salomlar boʼlsin, ammo baʼd:
Bu yilgi Ramazon hayiti Qirgʼiziston musulmonlari oʼz diniga har qachongidan ham koʼproq talpinayotgan bir vaqtda kirib kelmoqda. Buning uchun Аllohga cheksiz hamdu sanolar aytamiz va butun dunyo musulmonlarini, jumladan, Qirgʼiziston musulmonlarini ham ushbu ulugʼ ayyom bilan chin qalbimizdan tabriklab, Аlloh taolodan Oʼzi uchun qilingan barcha ibodatlarni qabul qilishini soʼraymiz.
Ushbu muborak ayyomni oila aʼzolarimiz va yaqinlarimiz davrasida nishonlar ekanmiz, Rossiya bombalari ostida qolayotgan suriyalik birodarlarimizni, yahud vujudi zulmi ostidagi falastinlik birodarlarimizni hamda dunyoning boshqa yerlarida kufr hujumlariga duchor boʼlayotgan birodarlarimizni hech qachon unitmaymiz.
Аyni vaqtda, biz bugun Rossiya-Ukraina urushiga guvoh boʼlib tiribmiz. Bu dunyoga hukmronlik qilib kelayotgan imperialistik derjavalarning ochkoʼzlik bilan dunyoni qayta boʼlishga kirishganini anglatadi. Biz musulmonlar, shuningdek, barcha uchinchi dunyo xalqlari – birinchi va ikkinchi jahon urushlarida – bu yebtoʼymas mustamlakachilarning nishoni boʼldik va shundan beri ularning oʼljasi boʼlib kelmoqdamiz. Endi ularning mustamlakachilik zulmidan qutulish vaqti keldi. Imperialistlardan bizlarni faqat oʼz Islomimiz, Islomni hayotga tatbiq qiladigan Xalifalik davlatimizgina qutqarishga qodir. Аmmo Xalifalik davlati oʼz-oʼzidan barpo boʼlib qolmaydi. Uni barpo eitish uchun harakat qilish farz. Shu sababli mabdaiy jamoatga qoʼshilib harakat qilish barcha musulmonlar zimmasidagi vazifa hisoblanadi.
Ey musulmon birodarlar! Qachongacha natijasiz ishlarni qilishda davom etasiz? Аxir sayyidimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallam Islomni hayotga tatbiq qilish uchun Аlloh koʼrsatgan yoʼldan bormadimi… Buning uchun sahobalaridan mollari va jonlarini fido qilishni talab qilmaganmidi… Mana shunday qilishganidan keyin Аllohning nusrati kelgan.
Biz Qodir Аllohdan yaqin kunlarda barcha musulmonlarni Oʼz nusrati bilan rizqlantirishini, bizni Islom bilan, Islomni biz bilan aziz qilishini soʼrab qolamiz. In sha Аlloh, Buyuk Robbimizdan keyingi hayit bayrami tabrigini Xalifamiz ogʼzidan eshitishni nasib etishini yolvorib soʼraymiz. Yana bir bor muborak bayraminglar muborak boʼlsin.

Hizb ut-Tahrir – Qirgʼiziston
01. 05. 2022

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.