Qirg’izistonning O’sh viloyati Qorasuv shahrida musulmonlarni mehmonga chaqirish taqiqlanayapti

490
0

2016 yil17 fevral kuni peshin namozidan so’ng soat 3lar chamasida Qorasuv shahrining Nuroxunov ko’chasidagi bir musulmonning uyidan 20ta muslima ayolni organ xodimlari ushlab olib chiqib ketishgan. Ayollar u xonadonda mehmon bo’lishgani va u erda o’zbek urf-odatlariga aylanib ketgan ziyofat o’tirishi bo’layotganini aytishgan. Ziyofatga yig’ilgan ayollarning orasida 55 yoshga kirgan onaxonlar bo’lishlariga qaramay, hammasini Qorasuv shahar IIBsiga kuch bilan olib borishgan. Ayollarning aytishlaricha ularga juda qo’pol muomilada bo’lishgan. Ularni yarim kechagacha ushlab turishgan va kechasi qo’yib yuborishgan.

Fevral oyining boshidan boshlab Qorasuv tuman IIB 10-bo’lim xodimlari maktablarda reyd va majlislar uyushtirib, o’zbek milliy urf-odatlarining eng qadimiylaridan hisoblangan navbatli ziyofat o’tirishini man qilinganligi va yoshlarni bu ishni qilishlari mumkin emasligini aytishgan. Yana maktab o’quvchilarini juma namoziga borishlari taqiqlangani aytib, bolalarga tahdid va qo’rqitish oxangida amaliyotlar uyushtirishgan. Organ xodimlari ziyofatlar uyushtirilishi odat bo’lib qolgan choyxonalarga ham borishgan va u erdagi oshpazlarni qo’rqitishga harakat qilishgan.

Qirg’iziston hukumati o’z xalqiga zulmni shunchalar ko’p qildiki, endi bu zulmlarini yashirish va fuqarolarni chalg’itish maqsadida musulmonlarning or-nomusiga tegib, ularni o’ziga qarshi provokatsiya qilish, xalqni matbuot hujumi bilan aldamoqchi bo’lishyapti. Hukumatning zulmi albatta jismoniy bo’lishi shart emas, u xalqning mulkini sovurish, er va inshoatlarni sotib yuborish, xalqqa to’lov soliqlarini oshirish, kufr tashkilotlariga mamlakatni o’lja qilib yuborish…va hokazo bo’lishi mumkin. Turmadagi mahbuslarni atayin qochirish so’ng ularni quvib yurib, otib tashlashlari kabi zulmlari juda ko’p. Endi shu iflos amaliyotlarda bilvosita ishtiroki bor ministr va boshqa quvvat egalari, o’z saloxiyati va ta’siri ostidagi quvvatlardan foydalanib, yuqoridagi chalg’itish ishlarini olib borishayapti.

Endi bahor yaqinlashib kunlar isiy boshlashi bilan hokimiyat ham avvalgilari kabi o’z xalqidan qo’rqib, tek turgan musulmonlarni o’ziga qarshi gij-gijlay boshlashdi. Kuch organlari Suriyadagi voqealarni ro’ykach qilish orqali yuzlab musulmonlarni hibsga olmoqda va bir necha ming dollar pora evaziga qo’yib yuborishyapti. Bularning barchasi ro’yxat va hujjat bilan ma’lum.

Lekin yuqoriga hisobot berishayotganlarida Hizb ut-Tahrir a’zolarini bir chekkadan uylarini bosib, hatto o’nlab muslima opa-singillarimizni Hizb a’zosi degan gumon bilan uzoq muddatlarga qamab yuborishdi. Hatto Bishkekda bir onaxonimizni nogiron qizi bo’lishiga qaramay 8 yilga kesib yuborishdi. Bir singlimizni ham gumon bilan bir yoshga to’lmagan chaqalog’i bilan qamab qo’yishgacha borishdi. Yana bir singlimizni, Novqatdagi xayit marosimi voqe’asi chog’ida xibsga olishib, bir malun tergovchi tomonidan urib qornidagi bolasi atayin tushurib yuborilgan edi. Chunki qornidagi farzandi qonun bo’yicha u singlimizni qamoq jazosidan saqlab qolishi mumkin edi.

Kechagi 20ta opa-singillarimizning birortasini ham Hizbga aloqasi yo’qligi aniqlangan emish. Lekin muslimalarga bo’lgan bu tajovuzlar, tahdidlar biz erkak musulmonlarni hamiyatimizga tegish maqsadida atayin uyushtirildi. Hukumat O’zbekiston va Rossiya bosimlari ostida, musulmonlarga xuddi ular singari tahdid qilishmoqchi. G’arbdan kelishi kutiladigan Islom va musulmonlarga qarshi kurash uchun ajratilgan sadaqa pullarini olish ilinjida har birining bittadan 10tagacha farzandi bo’lgan yuqoridagi ayollarimizga tajovuz qilishga jur’at qilib kelishayapti.

Shulardan kelib chiqib, Qirg’iziston Hizb yigitlarining hozircha faqat Qorasuv shahridagi a’zolari o’zlarini kuch organlariga ixtiyoriy topshirish aktsiyasini boshlab yubordi. Yigitlar qo’llari bog’liq holda, “biz bunday hayot tarzida yashashga rozi emasmiz, muslima opa singillarimizdan iflos qo’llaringni tort, bizni hibsga ol, Hizbni dastak qilib musulmonlarga ozor berishdan to’xta”, deb o’zlarini mahkamaga topshirishadi. Bu ish bir nechta bosqich bilan kufrning yurishlari to’xtatilguniga qadar davom etadi. Alloh birodarlarimizni sobit qadam qilsin. Ularga jur’atlari uchun beriladigan ajrlarni bir necha ming barobar qilib bersin.

Norozilik aktsiyasiga nafaqat Hizb a’zolari, balki kufr malaylarining zulmidan to’ygan barcha fuqarolar qatnashishlari mumkin. Agar kuch organlari rasmiy chiqishlar bilan yuqoridagi qilmishlaridan tavba qilib, kufrning yurishlarini to’xtatishmas ekanlar, aktsiya davom ettirilaveradi.

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.