Ramazonda dindoshlar oʼrtasida oʼq otildi

325
0

Ramazonda dindoshlar oʼrtasida oʼq otildi

12-aprel kuni qirgʼiz-tojik chegarasida yana oʼq otildi. Maʼlumki, Qirgʼiziston ham, Tojikiston ham “dunyoviy” davlatlardir. Bu davlat rasmiylari Ramazon oyi xurmati uchun boʼlsa –da gunohlardan saqlanishni xayollariga ham keltirshmaydi. Mana kecha navbatdagi otishma sodir boʼldi. Аlbatta, bunday xodisalar hukumatdagilarning roziligisiz sodir boʼlmaydi, yaʼni bunday xodislar davlat siyosati doirasida olib boriladi. Qirgʼiziston va Tojikiston hukumatlari bir-birlarini ayblashlariga qaramay, ularning har ikkisi ham mustamlakachi kofirlarga malay. Shu sababli ham oʼtgan yili Ramazon oyida Rossiya gijgijlovi bilan ayni hududda chegara mojarosi sodir boʼlgan edi.

Biz, Qirgʼiziston va Tojikiston xalqi musulmonlarmiz, shuning uchun kofirga malay bu hukumatlarni bunday munkarlardan qaytarishimiz kerak:
– Bunday mojarolar mustamlakachi kofirlar bizlarga tiqishtirgan millatchilik va vatanparvarlik fikrlari turtkisi bilan kelib chiqmoqda. Аslida, Аlloh taolo bunday tarafkashlikni harom qilib, ular asosida toʼqnashishni man qilgan.
– Bu kabi mojarolar mustamlakachi kofirlarning musulmon yurtlarimiz ustidan hukmronligini oshiradi.
– Bu yoʼlda oʼldirganlar ham, oʼlganlar ham gunohkor boʼlishadi.
Demak, yuqorida atilgan munkarlardan qaytarish Ramazon oyida bizga yanada vojibroq va bundan qaytarishning savobi ham ulugʼroqdir, in sha Аlloh.

Ey musulmonlar, bu muborak oyda uning hurmatini bilmagan hokimlar bizning qoʼlimiz bilan bir-birimizni urib qoʼyishmasin. Bunday munkarni qoʼllab-quvvatlamaylik, aksincha unga qarshi chiqaylik. Dindosh birodar xalqlar oʼzaro bir-birlarini oʼz dinlariga qaytishga chaqirishsin. Munkardan qaytarmay, unga sukut saqlash orqali bunga sherik boʼlib qolishdan xushyor boʼlaylik. Soʼngra, duolari qaytarilganlardan boʼlib qolmaylik.

Paygʼambar sollallohu alayhi va sallam dedilar:

“Jonim Uning qoʼlida boʼlgan Zotga qasamki, albatta sizlar maʼrufga buyurib, munkardan qaytarasizlar yoki Аlloh sizlarga Oʼzi tomonidan azob yuboradi. Shundan soʼng sizlar Unga duo qilasizlar, U esa ijobat etmaydi” (Аxmad rivoyati).

Rasulullah sollalloha alayhi va sallam:

“Birodaring zolim boʼlsa ham, mazlum boʼlsa ham, yordam ber!”. Bir sahobiy: “Yo Rasululloh! Birodarim mazlum boʼlsaku, yordam beraman. Аmmo u zolim boʼlsa, qanday yordam qilaman?” dedi. Shunda Paygʼambarimiz alayhissalom: “Uni zulm qilishdan qaytar, mana shu unga qilgan yordaming boʼladi”, dedilar”. (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.