KXShT Donbassga tinchlikparvar kuchlar yuborishi mumkin

167
0

KXShT Donbassga tinchlikparvar kuchlar yuborishi mumkin

Xabar: KXShT, zarurat tugʻilgan taqdirda, Donbassga tinchlikparvar kuchlar yuborishi mumkinligi toʻgʻrisida 17 fevral kuni tashkilot bosh kotibi Stanislav Zas Reyter agentligiga bergan intervьyusida maʼlum qildi. U buni Moskvaning NATOga javobi deya izohlagan.
Avvalroq Ukraina sharqidagi Donbass mintaqasida oʻzilarini mustaqil respublika sifatida eʼlon qilgan Donetsk va Lugansk ayirmachilari Ukraina harbiylari bilan otishmalar boshlanganini, aholi Rossiya hududiga evakuatsiya qilinayotganini bildirgan edi.
KXShT oʻzining olti aʼzosi – Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston qurolli kuchlariga tayanadi. Umumiy faol harbiy kuchlari 900 000 kishidan iborat Rossiya hozirgacha KXShTning eng qudratli aʼzosi hisoblanadi va tashkilotning birlashgan harbiy shtab-kvartirasini boshqaruvchisi rossiyalikdir.
Zasning aytishicha, KXShT doimiy shay holatda boʻlgan 17 ming kishilik qoʻshin va 4 mingga yaqin askardan iborat maxsus tinchlikparvar kuchlarga ega.

Izoh: Qrimni anneksiya qilishi ortidan AQSh boshchiligidagi Gʻarb davlatlarining Rossiyaga qarshi joriy etgan iqtisodiy sanktsiyalari rus iqtisodini qiyin ahvolga solib qoʻydi. Ushbu sanktsiyalar faqat Rossiyani oʻzigagina taʼsir qilmay uning yetovidagi YeOIIga aʼzo davlatlar hamda iqtisodiy va siyosiyo jihatdan unga qaram boʻlgan Markaziy Osiyo respublikalariga ham salbiy taʼsirni koʻrsatdi. 2018-yili oʻsha vaqtdagi Bosh vazir boʻlgan Sooronbay Jeenbekov “sanktsiyalar tufayli import hajmi kamayyapti, chunki asosiy sherik bu Rossiya. Sanktsiyalar RF iqtisodiga taʼsir etgan va bu Qirgʻizistondagi iqtisodiy vaziyatga ham oʻz taʼsirini oʻtkazdi” degan edi. Shuningdek, Rossiya rublining qadrsizlanishi mintaqa davlatlari YaIMda salmoqli oʻrinni egallaydigan mehnat migrantlarining daromadiga ham taʼsirini oʻkazdi…

Bugunga kelib esa Rossiya AQSh va NATO bilan vujudga kelgan harbiy keskinlikka oʻzi boshchiligidagi yana bir tashkilot KXShTga aʼzo davlatlarni jalb qilish haraatiga tushib qoldi. U bu orqali gʻarb davlatlariga goʻyoki oʻzini yolgʻiz emasligini koʻrsatib qoʻymoqchi. Bunda u tashkilot shartnomasining 4-moddasida belgilangan “aʼzolaridan birining xavfsizligi, barqarorligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga tahdid soladigan qurolli hujum barcha aʼzo davlatlarga nisbatan tajovuz sifatida qabul qilinadi” degan asos bilan KXShTni jalb qilishi mumkin. Aslida Donetsk va Lugansk Rossiya tarkibida emas, aksincha u yerdagi ayirmachilarni harbiy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash orqali Ukrainadan ajralib chiqishga undagan aynan Rossiya boʻladi.

Agar Rossiya Donetsk va Luganskga “tinchlikparvar kuchlar” yuborishga qaror qiladigan boʻlsa KXShTga aʼzo davlatlar hech ikkilanib oʻtirmay oʻz qoʻshinlarini yuborishadi. Chunki, Lukashenko va Tokayev oʻz taxtlarini saqlab qolishlarida yaqindan yordam bergan Putin oldida tillari qisiq boʻlsa, Qirgʻiziston esa xuddi Qozogʻistonga harbiylar joʻnatilishini “tashkilotga aʼzo boʻlganimizdan keyin uning ustaviga soʻzsiz itoat etishimiz kerak” degan bahona bilan oqlashga urinadi. Sababi bir kun kelib qirgʻiz hukumati ham KXShTdan oʻz xalqiga qarshi yordam soʻrab qolishi ehtimoli mavjud. Ammo u yerga yuboriladigan harbiylar Qozogʻistondagi kabi qurolsiz namoyishchilarni bostirishga emas, balki harbiy harakatlar ketayotgan nuqtaga joylashtiriladi. Shunday ekan tashkilotga aʼzo davlatlar aholisi prezidentlari taxtlarida uzoqroq oʻtirishlari va Rossiya oldida “yuzlari yorugʻ” boʻlishi uchun oʻz farzandlarini qurbon qilishlari kerak boʻladi. Malay hokimlarimiz uchun esa buning zarracha ahamiyati yoʻq. Ularning yagona dardi qanday qilib boʻlsa ham oʻz taxtlarida uzoqroq qolishdan iborat xolos

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.