Shom ahlini Amerikaning siyosiy yechimiga boʻysundirish hamda rejimni qayta shakllantirishga qaratilgan makr va til biriktiruvlar

170
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Shom ahlini Amerikaning siyosiy yechimiga boʻysundirish hamda rejimni qayta shakllantirishga qaratilgan makr va til biriktiruvlar

Shom qoʻzgʻoloni boshlangandan to bugungi kungacha boʻlgan voqea-hodisalarni kuzatib borgan va kuzatayotgan kishiga dushmanlarimizning amerikacha siyosiy yechim eshigidan kirish orqali qonxoʻr rejimni saqlab qolishga qanchalar zoʻr berib urinishayotgani ayon boʻladi.
Biz oʻtgan yaqin vaqt ichida sodir boʻlgan ushbu voqealarni eslar ekanmiz, ulardan ayrimlariga eʼtibor qaratishni va ogohlikka chaqirishni istadik:
Xorij bilan aloqa qilmaydigan va tashvishlari hamon rejimni agʻdarish boʻlgan qoʻzgʻolonchilarga tazyiq qilinmoqda… Rejimga qarshi frontlarni ochishni istagan har bir kishi qamoqqa olinmoqda. Zotan, Abu Xavlaning qamoqqa olinishi hodisasi hamon koʻz oʻngimizda. Bundan tashqari, haqni gapirgan har bir kishining ovozi oʻchirilyapti, Xalifalikni barpo etishga harakat qilishga daʼvat qilgan insonlar qamoqqa tashalmoqda.
Odamlarga soliq va toʻlovlar solinyapti. Savdogar va maʼlum kompaniyalar yoqilgʻi mahsulotlari va boshqa tovarlarni monopoliya qilib olingan. Hatto malay hukumatlar odamlarni bir burda nonidan ham mahrum qilib qoʻyishdi.
Rejim nazoratidagi mintaqalardan ozod etilgan mintaqalarga insonparvarlik yordamlarini kiritish orqali yoʻlaklarni ochishga harakat qilinyapti. Bundan maqsad, Rejimni qonuniylashtirish va uning boshqaruvi qaytishiga zamin yaratishdir.
Minbarlar notiqlarga monopoliya qilib berilyapti. Bundan faqat Allohning rahmi kelgan notiqlargina mustasno qolmoqda. Minbardagi bu monopolchilar oʻzlarini mana shu minbarga chiqarganlarning taʼlimoti boʻyicha nutq soʻzlashyapti… Maqsad, minbarlarda xalq jarohatiga malham boʻladigan, Ummat dardi va davosini ifodalaydigan nutq soʻzlanmasin.
Qoʻzgʻolon harakatini qayta boshlashni talab qilayotgan koʻplab halol va rostgoʻy insonlar taʼqib ostiga olinmoqda, haq gapni gapirganlari uchun uzr soʻrashga hamda rahbarlar va qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar istagandek gapirishga majbur qilish uchun ularga bosim qilinib, tazyiq oʻtkazilmoqda.
Taʼlim dasturlari buzildi, muallimlar oyliklari juda past, ularning talablariga quloq soladigan kimsa topilmaydi, hatto boshlangʻich sinf oʻquvchilariga Paygʻambarimiz ﷺni tahqirlovchi materiallar yozilgan kitoblar tarqatilyapti. Bularning barchasidan xalqning qanday munosabat bildirishini tekshirish va ozod etilgan mintaqalardagi qoʻzgʻolonchilar reaktsiyasini oʻlchash koʻzlangan.
Odamlarning azob-uqubatlarini aytayotgan va muammolarini hal etishga chaqirayotgan insonlarga tahdid qilinib, qamoqlarga tashlanyapti, biroq, bir vaqtning oʻzida, yurtga Shom ahliga yoqmaydigan jurnalist va figuralar kiritilyapti, ularning ozod etilgan mintaqalarda izgʻib yurishlariga va odamlar bilan oʻtirishlariga qoʻyib berilyapti, Martin Smit va boshqalar kabi.
Islom va musulmonlarni qattiq yomon koʻruvchi Rossiyaning patrullari himoya qilinyapti. Vaholanki, bu davlat samolyotlari ozod etilgan mintaqalardagi ahlimiz boshiga haligacha bombalar yogʻdirmoqda.
Zulmga qarshi qayta bosh koʻtarishi mumkin, deya xavfsiralgan kishilarga, jumladan, qoʻzgʻolonda salmoqli iz qoldirgan shahar va qishloqlar ahliga qattiq bosim qilinyapti.
Suriya shimolidagi “Cherkovlar kengashi”ning uchrashuvlar oʻtkazishiga va Islomga qarshi eʼtiqod va fikrlarini toʻsiqsiz tarqatishiga ruxsat berilyapti, shu orqali jamiyatni buzish va odamlarni adashtirishga urinilyapti.
Bu va boshqa koʻplab hodisalar borki, barchasini aytib oʻtolmaymiz. Bularning barchasi tasodif ishlar ham emas, xato ishlar ham emas. Yoʻq, balki bular “Amerikaning siyosiy yechimi”, degan jinoyatni odamlar tomonidan qabul qilinishiga zamin yaratish, targʻib qilish va oqlash niyatida qasddan qilinmoqda. Maʼlumki, Amerikaning siyosiy yechimi qonxoʻr rejimni saqlab qolish va Shom qoʻzgʻolonida ishtirok etgan odamlarni jazoga tortishdan iborat.
Bular ozod etilgan mintaqalardagi voqea-hodisalardir. Bashar rejimi nazorati ostidagi mintaqalarga kelsak, u yerlarda jinoyatchi mutakabbir elitaga qarshi gapirishni istagan har bir inson bostirilmoqda. Hivron va Gʻutada boʻlgani kabi. Masalan Darʼa qamali uch oyga yaqin davom etdi va hech narsa – hatto dori-darmon ham – kiritilmadi. Ustiga-ustak, Hivron turli qurollar yordamida bombardimon qilinmoqda, uning ahlini jinoyatchi rejimga boʻysundirish uchun barcha energiya sarflanmoqda. Masalan, Gʻuta va Xomsdagi uylarga bostirib kirish va qamash hodisalaridan u yerdagi qoʻzgʻolon nafasini oʻchirish, odamlar dillariga qoʻrquv solish koʻzlangan, shuningdek, bularning barchasi rejimning odamlarni tiz choʻktirish va harakat qilishlarini oldini olish siyosatini davom ettirishga qaratilgan.
Siyosiy hodisalarga kelsak, qonxoʻr rejim bilan munosabatlarni normallashtirish ishlari davom etmoqda hamda Amerikaning zoʻrlovi bilan bu narsa tezlashtirilmoqda. Hatto unga qonuniylik tusini berish va Arab davlatlari Ligasiga qayta qoʻshish maqsadida Amirliklar va Bahrayn kabi ayrim arab davlatlari bu rejim bilan qayta iliq munosabatlarni tiklashdi ham. Shu bilan birga, Bashar rejimi bilan Iordaniya va Iroq kabi rejimlar oʻrtasida ham BMTning rasmiy vakili ishtirokida aloqalar oʻrnatildi. Mana, qonxoʻr rejim mudofaa vaziri BMTda yigirmaga yaqin arab va ajam hamkasblari bilan uchrashmoqda. Bu qilmishlarning hammasi siyosiy yechim jinoyatini tatbiq qilishga qaratilgan. Amerika va uning malaylari “bizning yagona xaloskorimiz”, deya zoʻrlab tiqishtirayotgan yechim esa, aslida zahri qotildir.
Til biriktiruvlardan yana biri, Suriyada “konstitutsiyaviy qoʻmita” orqali yangi konstitutsiya ishlab chiqilayotganidir. Shubhasiz, uning Islom ahkomlariga urush eʼlon qiluvchi matnlarida ilmoniy davlat qurish taʼkidlangan.
Yuqorida aytilganlarning barchasidan Bashar Asad rejimi asoslarini va xavfsizlik, mudofaa muassasalarini mustahkamlash, shu orqali odamlarni qayta uning zulmu zoʻravonligi ostiga tiqish, qutulish haqida hatto oʻylagan kishini ham javobgarlikka tortish hamda qoʻzgʻolonchilarni nazorat qilish uchun xavfsizlik boʻlinmalariga keng imkoniyat yaratib berish koʻzlangan. Holbuki, oʻn minglab qamoqqa olingan erkak va ayollarning taqdiri hamon nomaʼlum qolmoqda, buni surishtiruvchi inson deyarli topilmayapti.
Mudom, Shom musulmonlari tomirida qon ufurar ekan, til biriktiruvchilarning bu makrlari – Allohning izni ila – albatta behuda ketadi va ushbu musulmonlar oʻzlaridan oldingi Misr, Tunis, Liviya va Yamanda nima boʻlganidan ibrat olmoqlari kerak.
Ey Shom ahli!
Juda-juda hushyor boʻling, bu zahri qotil konstitutsiyani hargiz qabul qilmang, taslim boʻluvchi siyosiy yechimga aslo rozi boʻlmang. Chor atrofga illati tarqaluvchi bu yechim xalqaro hamjamiyat tomonidan olqishlanmoqda. Xalqaro hamjamiyat esa, qonxoʻr rejimning har bir qilmishini koʻrib turibdi va aynan shu jamiyat uni agʻdarilishini oldini olib, barcha tiriklik vositalari bilan taʼminlayapti. Shuni bilingki, sizni qutulish sari olib chiqadigan eshik faqat bitta. Bu eshikka tushadigan kalit oʻz aqidangizdan balqib chiqqan xaloskorlik loyihasidir. Bas, shu loyiha atrofida birlashing. Bu Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik loyihasi boʻlib, u bilangina diningiz, nomusingiz va ulugʻligingiz, molu farzandlaringizni himoya qilasiz, u bilangina kuchli-qudratli boʻlasiz. Xuddi sayyidimiz Umar roziyallohu anhu “Biz Alloh Islom bilan aziz qilgan xalqmiz, qachon azizlikni Islomdan boshqa tomondan qidirsak, Alloh bizni xor qiladi”, degani kabi. Ushbu loyiha bilan biz bitta davlat soyasi ostida Robbimiz boshqaruvini barpo etamiz va butun Ummatimizni birlashtiramiz. Bu shunday davlatki, barcha musulmonlar yuragi uni orziqib kutmoqda, rostgoʻy insonlar uni barpo etish uchun harakat qilmoqda. Bu shunday davlatki, u sizni himoya qilib, barcha farovon aziz hayot vositalari bilan taʼminlaydi va bularni Robbingiz rozi boʻladigan, dushmaningiz gʻazablanadigan xolis islomiy dastur orqali amalga oshiradi.
Mana, oʻz ahlini hargiz aldamaydigan va turli sharoitlarda sizning tajriba-sinovingizdan oʻtgan Hizb ut-Tahrir sizga qoʻlini choʻzmoqda. U sizga Allohning Kitobi va Rosuli ﷺning sunnatlaridan toʻliq ravishda ishlab chiqilgan dastur loyihasini taqdim etmoqda. Ushbu loyihani qabul qilishingizni va unga yordam berishingizni umid qilmoqda. U sizni ushbu loyihani qabul qilishga va xolis rostgoʻy insonlar saʼy-harakati bilan anavi rejim xarobalari uzra barpo etajagimiz davlat soyasida uni tatbiq etishga daʼvat qilmoqda. Bas, qonxoʻr rejim va uning ortidagi kufr, zulm va tugʻyon rejimlari istamasalarda, yuring birgalikda Islom boshqaruvini barpo etish bilan Allohning izni ila bu dunyo azizligi va oxirat neʼmatiga noil boʻlaylik. Rosululloh ﷺning
“إِنَّ اللَّهَ زَوَى لِي الْأَرْضَ فَرَأَيْتُ مَشَارِقَهَا وَمَغَارِبَهَا وَإِنَّ أُمَّتِي سَيَبْلُغُ مُلْكُهَا مَا زُوِيَ لِي مِنْهَا”
“Alloh yerni menga yigʻib koʻrsatdi, shunda uning kun chiqishidan kun botishigacha barcha joylarini koʻrdim. Aniqki, Ummatim mulki menga yigʻib koʻrsatilgan joylargacha yetib boradi”, degan bashoratlaridan quvonaylik. Bizga Alloh Taoloning ushbu kalomi yetarlidir:
﴿وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئاً وَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ﴾
“Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari oʻtgan zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan (Islom) dinini gʻolib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan soʻng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (vaʼda)dan keyin kufroni (neʼmat) qilsa, bas ular fosiqlardir” [Nur 55]

Roya gazetasining 2022 yil 12 yanvar chorshanba kungi 373-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.