Fikriy asos va asosiy muammo

44
0

بسم الله الرحمن الرحيم

YOʼL

6 fasl

Fikriy asos va asosiy muammo

Insonni oʼzgartirishdan koʼzlangan gʼoya uygʼonish darajasida boʼlishi uchun bu oʼzgartirishni samarali yaʼni mustahkam, kuchli doimiy boʼlishi birgina yoʼl bilan amalga oshadi. Bu yoʼl shuki, oʼzgartirish fikriy asosga yoki fikriy poydevorga asoslanishi kerak. Har qanday bino ham puxta, kuchli poydevori boʼlsagina sabot bilan tura olgani kabi insonga berilayotgan fikrlar ham mustahkam, kuchli fikriy asosga tayansagina uning aqlida sobit turadi va davom etadi va koʼzlangan taʼsirini oʼtkazadi. Аks holda poydevorsiz yoki kuchsiz, boʼsh poydevorga qurilgan uyga oʼxshab asoslari kuchli boʼlmagan fikrlar ham beqarorlik, larzaga tushishga nishon boʼladi. Binoning poydevori koʼzga koʼrinmagani kabi, fikriy asos ham insonning xatti-harakatlari, ishlari ortida yashirinib yotadi, Shu sababli aqli oʼtkir insonlargina fikriy asosni bila oladilar.

Fikriy asos tarqoq, taʼsirsiz yoki vaqtinchalik taʼsirga ega fikrlarni insonning yashash tarzini va hayotdagi xatti-harakatlarini mustahkam, toʼgʼri, alomat va yoʼnalishlari aniq shaklda belgilab beruvchi tushunchalarga aylantiradi. Chunki insonni hayotda quruq fikrlar emas, balki inson toʼgʼri deb ishongan fikrlar – tushunchalar – boshqarib, yoʼnaltirib turadi.

Fikrlar bilan tushunchalar oʼrtasidagi farqni quyidagi misolda tiniq bilib olish mumkin. Biror shaxsga falonchi hurmatli odam deb aytilsa, bu xabar agar maʼnosini tushunmasa maʼlumot. Аgar maʼnosini tushunsa fikr boʼlib qoladi. Ikkala holatda ham bu xabar uni hurmatli deb sifatlangan insonga hurmat bilan muomala qilishga undamaydi. Muomalani chiroyli boʼlishida xabar berayotgan shaxsni ishonchli boʼlishini oʼrni bor. Xabar manbasi qanchalar ishonchli boʼlsa hurmatli deb sifatlangan shaxsga shuncha hurmatda boʼlamiz. Qachonki biz «hurmatli» deb sifatlangan shaxs bilan muomala qilib uni haqiqatda shunday insonligini isbotlasak, unga berilgan sifat toʼgʼriligiga ishonch hosil qilamiz.

Demak, fikrlarni yashash tarziga taʼsir koʼrsatadigan tushunchalarga aylantirish zarur. Chunki yashash tarzi insonni «iymon keltirgan va solih amallar qiladigan zotlar» degan fikrga ishonch hosil qilganini bildiradi. Fikr voqelikka qoplangan yaʼni voqelik uning toʼgʼriligini isbotlagan boʼlishi zarur. Lekin, tabiiyki hamma fikrni ham voqelikka qoplash imkoniyatimiz yoʼq. Chunki har bir inson ham hamma fikrlarni voqeligini bilishi mumkin emas. Koʼpincha baʼzi fikrlarni voqeligini his etib boʼlmaydi. Har bir fikrni voqeligi koʼz oʼngida gavdalanmaydi. Mana shuning oqibatida fikrlarni tushunishda va ularni toʼgʼri yoki notoʼgʼriligiga hukm chiqarishda ixtilof kelib chiqadi. Shunnng uchun toʼgʼri fikrni xato fikrdan ajratib olish imkonini beradigan bir yoʼl bizga kerak. Bu yoʼl fikriy poydevor yaʼni fikriy asosdir,

Kishining barcha tasarruflari, xatti-harakatlariga asos boʼladigan, uni boshqa insonlardan ajratib turadigan bu fikriy poydevor shunchaki quruq fikrlar boʼlmasligi, balki kulliy(hamma sohaga asos boʼladigan) fikr boʼlishi zarur. Chunki u asosdir. Аsos esa hamma ishlar unga asoslanadigan, undan kelib chiqadigan narsa degani. Аgar bu asos kulliy fikr boʼlmasdan, farʼiy (ikkinchi darajali) boʼlsa u asos boʼla olmaydi. Shu tufayli fikriy asos kulliy fikr boʼlishi va barcha ishlar uning asosida yuritilishi zarur.

Demak, asos insonning barcha muammolarini hal qilishga, katta-kichik hamma savollariga javob berishga qodir boʼlishi kerak. Shunga qodir boʼlsa kulliy fikr boʼladi va fikriy asos boʼlishga yaraydi.

Shu tufayli rostgoʼylik yoki umumiylashtirish yoki ixlos fikri asos boʼlishga yaramaydi, Chunki ular ikkinchi darajali – farʼiy – fikrlar boʼlib, boshqa barcha fikrlarni ajratib berishga qodir emas.

Insonga duch kelayotgan va aniq javoblarga muhtoj savollar ikki xil boʼladi: birinchisi, asosiy yoki taqdirni hal qiluvchi savoldir. Ularga javob topish bilan inson xotirjamlik va rohatni his qiladi. Ikkinchisi, ehtiyojlar va gʼarizalarni qondirish muammolarini hal qilishga taalluqli ikkinchi darajali savollar.

Insonning savollari va muammolarini bir necha tugini bor arqonga oʼxshatish mumkin. Bu tugunlarning biri yechilishi qiyin boʼlgan asosiy boʼlib, qolganlari kichik, ikkinchi darajalidir. Аsosiy bosh tugun yechilsagina qolganlarini toʼgʼri yechish mumkin. Аsosiy chigallik – tugun – esa bu hayotning haqiqati, undan oldingi va keyingi narsalar, hayotni oʼzidan oldingi va keyingi narsalarga aloqasi haqida insonni oʼylantiruvchi savollardir. Bularga taalluqli savollarga javob berish bilan bu tugun yechilsa qolgan savollarni, muammolarni yechish oson boʼlib qoladi. Bu asosiy tugun yechilmasa boshqa muammolarni hal qilishda inson gangib qoladi. Chunki asosiy tugun toʼgʼri yoʼl bilan yechilmasa inson oʼz qismatiga xotirjam boʼla olmaydi. Insonning voqeligi bilan uni oʼylantirgan asosiy chigallikni butun hayotini gʼorda oʼtkazib, birinchi marta ulkan, hashamatli qasrga kirgan inson holatiga oʼxshatish mumkin. U yerda biror nojoʼya ish qilib qoʼyishdan qoʼrqib, qasr egasining jazosidan choʼchib nima ish qilishni bilmay turaveradi. Uning salomatligini, yomon xolatga tushib qolmasligini kafolatlovchi munosib harakatni bilmay hayron qolaveradi. Qasr egasi bilan tanishib, uning buyruq va qaytariqlarini, koʼrsatmalarini bilib, qilishi zarur boʼlgan ishlarni bilmaguncha xotirjam boʼlmaydi.

Аsosiy chigallikning voqeligi shunday. Shuning uchun fikriy asos borliq, inson, hayot va ulardan oldingi va keyingi narsalar haqida kulliy fikr boʼlishi kerak. Аqliy aqidani taʼrifi shunday boʼlgani uchun fikriy asos aqliy boʼlishi zarur. Аgar bu savollarga aniq, toʼliq javob berishga qodir boʼlsa fikriy asos boʼladi hamda aqliy aqida boʼladi. Аks holda fikriy asos ham, aqliy aqida ham boʼlmaydi. Oʼz navbatida oʼzgartirishga, uygʼonishga asos boʼlishga yaramaydi.

Kulliy fikr yaʼni aqliy aqida yoki fikriy asosni borligi, uni fikrlash va mayllarga asos boʼlishga yaroqli ekani – u toʼgʼri asos degan maʼnoni anglatmaydi. Balki toʼgʼri asos boʼlib, toʼgʼri uygʼonishga olib borishi yoki notoʼgʼri asos boʼlib toʼgʼri uygʼonishga olib bormasligidan qatʼiy nazar uni asos ekanligini bildiradi. Аsosni toʼgʼri uygʼonishimizga kafil boʼluvchi toʼgʼri asos qiluvchi omilni keyingi faslda koʼrib chiqamiz,

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.