Saroy ulamolari va Islomga qarshi kurash

199
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Saroy ulamolari va Islomga qarshi kurash

Ustoz Said Fazl
Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati
matbuot boʻlimi aʼzosi

Hukmdorlarimiz ham, ularning yurtlarimizni boshqarayotgan tuzumlari, qonun va dasturlari ham Islom Ummatiga begonadir va unga uygʻun kelmaydi. Aksincha, ular Ummat boshiga bitgan balodir. Chunki bu hukmdorlar Gʻarbning malaylaridir, ularning tuzum va qonunlari ham Gʻarbning koʻz qarashlaridan kelib chiqqan. Ummat buni oʻzining tugʻma tabiati bilan tushunadi. Shuning uchun Ummatning bu tuzum va qonunlar bilan uygʻun kelishiga aslo oʻrin yoʻq. Shu bois, Gʻarbga Islom nomidan gapiradigan va Islom toʻnini kiyib, odamlarni laqillatadigan, mavjud rejimlarga sharʼiy tus beradigan, ularning qonunlarini islomiy qonun qilib koʻrsatadigan kimsalar juda kerak. Bunday kishilar fatvo chiqarish vakolatiga ega boʻlgan Azhar shayxlari boʻlgani uchun ularning fatvolari dalil yoki shibh dalilga bogʻlanmasa ham va hatto dalillar boshqa tomonga burib yuborilgan boʻlsa ham ular tomonidan chiqarilgan fatvolar Islomni toʻgʻri tushunish deya daʼvo qilinadi! Ular bu borada haddan oshib, odamlarga vaʼz qilishar ekan, sharʼiy nususlarni mutlaqo boshqa maʼnoda ifodalashyapti. Hatto sobit oʻzgarmas sharʼiy nususlarga – ular qatʼiy yoki zonniy boʻlishidan qatʼiy nazar – qarshi chiqadigan boʻlib qolishdi. Bunga misollar talaygina. Mana, Azhar shayxi nasroniylarni bayramlari bilan qutlash harom, degan kishilarni “Islomni tushunmaydiganlar”, deyapti. Unga koʻra, bayram va tantanalar bilan tabriklash yaxshi amallardan emish. U “Vatandoshlar huquq va vazifalarda teng, nasroniylarni zimmiylar, deb boʻlmaydi va buning oʻrni ham emas”, dedi. U shuningdek, “ozchilik, degan atama Islom ruhini ham, falsafasini ham ifodalamaydi, bu yerda vatandoshlik, degan atama jamiyat barqarorligi uchun eng munosib, eng tinch atama”, degan daʼvoni qildi. Unga koʻra, vatandoshlik barcha fuqarolarning huquq va burchlari tengligini bildiradi. (RT 2021 yil 30 dekabr). Shuncha daʼvolarni qilgan Azhar shayxi bu bayramlarning asl haqiqatini bayon qilmadi, ularning Islom aqidasiga zid tomonlari bormi-yoʻqmi, bu haqda miq etmadi. U xuddi yaxshi narsani past narsaga almashtirgan kimsalar kabi, bizga Rosululloh  qoʻllagan zimmiy soʻzini keltiryapti. Uning daʼvosicha, nasroniylarga nisbatan zimmiylik istilohini qoʻllashga oʻrin yoʻq. Chunki ularda solihlik, adolat va insof boʻlib, Alloh va Rosulining himoyasi ostida emishlar. Masalan, Rosululloh  “Ogoh boʻlinglar, kim Allohning himoyasi va Rosulining himoyasida boʻlgan ahdlashilgan zimmiyni oʻldirsa, Allohning himoya qilish vaʼdasiga xilof qilgan boʻlib, jannatning hidini ham topmaydi. Albatta jannatning hidi yetmish yillik uzoqlikdan kelib turadi”, deganlari kabi. Keyin u bizni ushbu zimmiylik soʻzini vatandoshlik soʻziga almashtirishga chaqiryapti. Holbuki, uning vatandoshlik degan soʻzidan murod Sayks-Pikoning qoʻrgʻoni va qafasi ichkarisidagi aloqa-munosabat boʻlib, uni mustamlakachi kofir bizni Ummati Muhammad dan iborat birodarlarimizdan ayrish uchun tuzgan. Bu bilan Azhar shayxi Misrdagi nasroniy biz uchun Hindiston va Xitoydagi musulmondan, hatto Falastin, Suriya va Iroqdagi musulmondan yaxshi, demoqchi. Shu orqali bizni kofir Gʻarb va uning malay hukmdorlari istagan vatandoshlik va vatanparvarlik munosabatini, Ummatni jamlovchi aqida munosabatiga almashtirishdek iflos narsaga chaqiryapti.
Saroy ulamolari haqidagi sanoqsiz misollardan yana biri, Misr muftiysi maslahatchisi anavi Mujdiy Oshur. U Masihning tugʻilgan kunini nishonlash sharʼan joizligiga fatvo berib, “buni qilgan odam savob oladi”, dedi. Keyin quyidagilarni taʼkidladi: “Islom boshqa dinlarga dushman emas, ularning xursandchiliklarini birga baham koʻradi… Masihning tugʻilgan kunini nishonlash joiz. Chunki u ham Allohning rosuli va nabiyyidir. Kim Allohga yaqin boʻlish niyatida nishonlasa, albatta savob oladi”. (https://www.trtarabi.com, 2021 yil 23 dekabr).
Azhar shayxi va muftiy maslahatchisi Mujdiy Oshurning ozidan chiqqan bu soʻzlar nasroniylarning bayramlarini nishonlash va ularni tabriklash sharʼan haromdir, bu Islom aqidasiga teskari, deb kelgan oʻtmishdagi va hozirdagi jumhur ulamolar fikriga mutlaqo teskari. Zero, Masih  oʻlmagan va xochga mixlanmagan, balki Alloh uni Oʻz dargohiga olib chiqib ketgan. Ammo bu bayram esa, nasroniylar eʼtiqodi boʻyicha xudoning oʻgʻlini tavallud bayramidir. Bas, Alloh haqqi aytingchi, biz Alloh Taoloning
﴿قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ * اللَّهُ الصَّمَدُ * لَمْ يَلِدْ وَلَمْ يُولَدْ﴾
“Ayting U Alloh Ahaddir-birdir. Alloh Somaddir (yaʼni, barcha hojatlar Undan soʻraladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir). U tugʻmagan va tugʻilmagan” [Ixlos 1-3]
degan kalomini oʻqib turib, “Allohning oʻgʻli bor”, deya shu oʻgʻilning tugʻilgan kunini bayram qilayotganlarni qanday qilib tabriklaymiz, axir?! Ibn Qoyyim zimmiylar ahkomlari haqida bunday degan: “Ularning kufrga xos marosimlari, bayram va roʻzalari bilan tabriklamoq, “bayramingiz qutlugʻ boʻlsin” kabi soʻzlar bilan qutlamoq bil-ittifoq haromdir. Chunki bunday degan kimsa kofir boʻlishdan saqlanib qolsa-da, ammo albatta harom sodir etgan boʻladi. Bu xuddi uni xoch bilan choʻqinayotgani bilan qutlagandek gap. Hatto bu Alloh nazdida gunohi kabira boʻlib, mast qiluvchi ichimlik ichganlik bilan tabriklashdan ham, birovni oʻldirishdan ham, zino va boshqa muharramotlarga qoʻl urgandan ham yomondir. Islomni zarracha hurmat qilmaydigan koʻpchilik shunday qilmishlarga qoʻl urishadi, bu qilmishlarining naqadar qabihligini tushunishmaydi. Bas, kimda-kim birovni bir maʼsiyati bilan yoki bidʼati bilan yoxud kufri bilan tabriklasa, Alloh Taoloning qattiq gʻazabiga uchrabdi”.
Mujdiy Oshur bunday fatvosi bilan kifoyalanmadi, balki buzuqlik va xatarlikda undan kam boʻlmagan yana bir fatvo chiqardi. Al-Jazira telekanalida Oshurdan “qiz bola bilan oʻgʻil bola oʻrtasidagi doʻstlik” xususida dinimiz nima deydi? – deb soʻrashganda u erkak-ayol oʻrtasida doʻstlik boʻlishiga ruxsat berdi va bunga erkak oʻzining ayol doʻstiga yoki birodariga xuddi oʻz singlisi kabi qarashi va uning his-tuygʻulariga ozor yetkazmasligini aytdi. “Doʻstlik mexanizmi nima? Ayoldan doʻst tutinishingiz mumkin, ammo uni oʻz singlingiz kabi qoʻriqlashingiz va tuygʻulariga ozor yetkazmasligingiz yoki u bilan biror harom ish qilmasligingiz kerak. Sharʼiy doiradan chiqilmasa, bu ishda haromlik yoʻq… Qiz bola bilan oʻgʻil bola birgalikda koʻchaga chiqib, omma oʻrtasida birga oʻtirishi joizdir. Shu shart bilanki, u qizga oʻz singlisi kabi muomala qilsin”, dedi. (Al-Jazira, 2021 yil 25 dekabr).
Bilmadik, bunday fatvoni qayerdan chiqardi, bizga na uning biror dalilini keltirdi va na sanadini, balki sobit sharʼiy nususga teskari gapirdi. Nahotki, erkak bilan ayol oʻrtasida aloqa ham, doʻstlik ham harom ekanini bilmasa?! Unda Alloh Taoloning
﴿وَلاَ مُتَّخِذِي أَخْدَانٍ﴾
“Va yashirin oʻynash tutmaslik” [Moida 5]
haqidagi kalomini nima qilamiz?! Kimsan muftiy maslahatchisi boʻlgan bir olim bilmaydimi erkak bilan ayol oʻrtasida sharʼan ruxsat berilgan aloqa nikoh ekanini?! Allohning erkak-ayollarning aralash boʻlishi va xilvatda boʻlishidan qaytarigʻi, koʻzlarni tiyishga buyrugʻi qayda qoldi?! Goʻyo bularni bilmaydigandek!
Zolim hukmdorlar xalqlarni bunyod etishmaydi, hazoratlarni barpo qilishmaydi. Aksincha, ular egallab turgan saltanatning saqlanib qolishi avvalo jamiyatda qoloqlikni yoyishga va odamlarni tirikchilik bilan ovora qilib qoʻyishga bogʻliq. Ularga saroy imomlari ham yordam berib, oʻz minbar va ilmlarini xalqlarni tiz choʻktirishda ishlatishmoqda… ular ham, bular ham shu ishda kofirga eshakdek xizmat qilishmoqda. Ummatning qoloq boʻlishiga, dini va huquqlari zoye ketishiga sababchi boʻlishyapti hamda kofir Gʻarbning malaylari boʻlgan hukmdorlarga “yoʻl” topib berishyapti. Shu zayl bu kofir mana shu “ulamo”lar orqali yurtlarimizni oʻz buyrugʻi bilan yuradigan, qonunini tatbiq qiladigan tobe yurtlarga aylantirib olishgan. Chunki zulm yoʻlini tutib, doʻzaxga kiruvchi hukmdorlarga eng birinchi mana shular suyanishyapti. Ibn Adiy Abu Hurayradan rivoyat qiladiki, Rosululloh  bunday dedilar:
“إِنَّ فِي جَهنَّمَ وَاديًا تَستَعِيذُ مِنْهُ كُلّ يَوم سَبْعِينَ مَرَّةً، أَعَدَّهُ اللهُ لِلقُرَّاءِ المُرَائِينَ بِأعْمَالِهِمْ، وإِنَّ أبغَضَ الْخَلقَ إِلى اللهِ عَالِمُ السُّلْطَانِ”
“Jahannamda shunday bir vodiy borki, undan har kuni yetmish marta panoh soʻraladi, Alloh uni amallarini riyo uchun qilgan qorilarga tayyorlab qoʻygan. Chunki Allohga xalqlarning eng yomon koʻringani saroy olimidir”.
Ey ulamolar va shayxlar!
Siz Alloh Azza va Jalla oldida javobgarsiz va zimmangizga Rosulullohning omonati va daʼvati yuklangan. Bas, Ummatga zulm qilgan, u bilan birga sizga ham zulm qilganlarga suyanmang. Anavi hukmdorlardan hamda ularning siz bilgan Kitobu sunnatga zid tuzum va qonunlaridan poklangan holda omonatni haq-rost yetkazing, Ummatning yaxshilik daʼvatchisiga aylaning va shu orqali uni toʻgʻri yoʻlga yetaklab, Islom davlati soyasida islomiy hayotlarini qayta boshlang. Zero, ushbu davlat Islomni ichkarida tatbiq qilish bilan odamlar hayotini qayta baxtli hayotga aylantiradi, Islomni tashqariga daʼvat va jihod orqali yetkazish bilan uni musulmon va gʻayrimusulmon doxil butun olam uchun rahmat, nur va hidoyatga aylantiradi. Faqat shu yoʻl bilangina siz Rosululloh ning merosxoʻrlari boʻlishga loyiq boʻlasiz va to qiyomat kuniga qadar orangizdan yaxshilik arimaydi. Bas, Alloh uchun Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini eʼlon qiling, shoyad, shu bilan Alloh ushbu amalingizni qabul qilib, oʻtgan gunohlaringizni kechirib, sizning qoʻllaringiz bilan yaxshilik darvozalarini ochib barsa.
Roya gazetasining 2021 yil 5 yanvar chorshanba kungi 372-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.