Sudan oʻtish davri hukumati rahbarlari va Ibn Alqamiylar siyosati!

195
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Sudan oʻtish davri hukumati rahbarlari va Ibn Alqamiylar siyosati!

Ustoz Muhammadjomiy Abu Ayman
Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati
rasmiy notigʻi yordamchisi

Sudan moliya vaziri Jibril Ibrohim bunday dedi: “Sudan kelgusi yil uchun iqtisodiy oʻsish maqsadlaridan voz kechdi va cheklangan tashqi yordamning davomli davriga tayyorlanmoqda”. U Blumbergga quyidagi soʻzlarni taʼkidladi: “Biz eng yomon stsenariyga guvoh boʻlmoqdamiz va ichki resurslarimizdan foydalanishni rejalashtirmoqdamiz…”, “Biz ilgari rejalashtirgan oʻsishni aslo amalga oshirolmaymiz”, “Hukumat byudjetni qisqartirishlar orasida bugʻdoy va elektr uchun subsidiyalarni kamaytirishni koʻrib chiqmoqda va bu qayta beqarorlik keltirib chiqarishi mumkin”. (https://sudantribune.net, 2021 yil 17 dekabr).
Mana, moliya vaziri, inqilobdan 3 yil oʻtib, bugun yurtni qoʻllab-quvvatlash yoki muammolarni hal etish borasida mustamlakachi kofirga ishonish yutqazish ekanini tan olyapti. Zotan, kim kofirlar va ularning tashkilotlariga orqa qilsa, yutqazmay qolmaydi. Chunki ularga orqa qilish hargiz muammolarni yechmaydi, aksincha, ularni yanada murakkablashtiradi. Krizislarga ham aslo barham bermaydi, balki uning nafaqat oʻtkirligini oshiradi, hatto qasddan qayta paydo qiladi ham!
Oʻtish davri hukumati mustamlakachi davlatlarga yoʻl ochish tinchlik va baraka olib keladi, xalqaro hamjamiyat barcha muammolar yechimiga ochqichdir, degan narsaga Sudan ahlini ishontirishga urindi. Vaholanki, bu mustamlakachi davlatlarning musulmonlarni yomon koʻrishlari, musulmon yurtlari tepasiga qoʻygan ularning malaylari fuqaroviy va harbiy boshqaruv niqobi ostida bir-biri bilan hokimiyat uchun kurashib yotishgani yaqqol maʼlum. Masalan, bugungi kunda Sudanda Britaniya malaylari bilan Amerika malaylari xuddi shunday kurash olovini yoqib, Sudan ahliga tuzoq qoʻyishdi, yurtlarini boʻlib tashlashdi, qabilaviy va irqiy fitnalar urugʻini sochishdi, Xalqaro Valyuta Fondi koʻrsatmalarini bajarish bilan ularni qashshoq ahvolga olib kelishdi, koʻplab sharʼiy ahkomlarni bekor qilib, Islomga qarshi kurashishdi… va hokazo.
Musulmon yurtlaridagi hokimiyat tizginining hozirgi zamonning Ibn Alqamiylari qoʻliga oʻtishi qachonki musulmonlar oʻz masalalariga dinlari va aqidalari oynasidan qarashni yoʻqotganlaridan keyingina boshlandi… Musulmonlar davlati zaiflashib, hukmdorlari buzilib, odamlar oʻz hayotlarini tartib-intizomga soluvchi mabda va minhojlarini unutishlari ortidan yuz berdi.
Darvoqe, Ibn Alqamiy Abbosiylar xalifasi Moʻʼtasimning vaziri boʻlgan. Oʻshanda Moʻʼtasim Billah unga ishonib, yurtning barcha masalalarini va fuqaro ishlarini idora qilishni unga topshiradi. Ammo Ibn Alqamiy oʻz mansabidan foydalanib, dushman bilan til biriktiradi. Bu til biriktiruv uch bosqichdan iborat boʻlgan:
Birinchi Islom davlati armiyasini zaiflashtirish bosqichi: Ibn Kasir “Bidoya va nihoya”da bunday deydi:
“Vazir Ibn Alqamiy qoʻshin nomlarini devondan oʻchirish va yoʻq qilishga harakat qilgan. Moʻʼtasimdan oldin Mustansir zamonida qoʻshin yuz ming nafarga yaqin edi. Ibn Alqamiyning ularning sonini ozaytirishga astoydil urinishi oqibatida oʻn mingdan oshmagan ahvolga keldi”.
Ikkinchi Islom davlati dushmanlari boʻlgan moʻgʻul-tatarlar bilan maktub almashish bosqichi: Ibn Kasir bunday deydi:
“Keyin Ibn Alqamiy moʻgʻul-tatarlar bilan maktub almashish va ularda yurtni egallash orzusini uygʻotib, buni osonlashtirdi… Ularga davlatning voqesi haqida maʼlumot berib, rahbarlarning zaif jihatini fosh etdi”.
Uchinchi Tatarlarga qarshi jang qilishni toʻxtatish hamda xalifa va xalq ruhini soʻndirish bosqichi: Ibr Alqamiy va uning tarafdorlari odamlar orasida dushman bilan sulh tuzish va sulhdan foydalanish kerak, degan fikrni keng tarqatdi. Xalifa va yordamchilarida moʻgʻul-tatarlar biz bilan yarashmoqchi, degan tushuncha paydo qildi. Shunda xalifa qozilar, fiqh ulamolari, amirlar va aʼyonlardan iborat yetti yuz nafar odami bilan tatarlar oldiga bordi… Ammo tatarlar ularning barchasini qirib tashlashdi. Keyin xalifa yurti Bagʻdodga kelib, erkaklar, ayollar, bolalar, qariyalar, oʻrta yoshdagilar, yigitlar, imom-xatiblar va Qurʼon hofizlari doxil qoʻllaridan kelgan barchani oʻldirishdi… Bir necha oy masjidlarni yopib, jamoani va jamlanishni taqiqlashdi.
Bas mana shu dahshatli hodisa, yirik xiyonatni oʻylab koʻring. Axir, bular hozir ham ongsizlik sababli har kuni yurtimizda davom etmoqda va bu erkaklar azm-qaroriga zarba berib, obroʻlarini tushirayotgan bir ofat boʻlib qolmoqda!
Darhaqiqat, oʻtish davri hukumati kofirlarni Sudanga ega chiqishlari ustida ishladi. Masalan, Hamduk 2020 yil 8 fevral shanba kuni BMTdan Sudanni mustamlakachilar vasiyligi ostiga kiritish uchun toʻliq mandat missiyasini talab qildi… BMT va unga qarashli tashkilotlarning qora tarixidan ham, ayollar va bolalarga nisbatan sodir etgan jinoyatlaridan ham koʻz yumdi. Uning BMTga murojaatida bunday deyilgan: “Ushbu missiya vakolati Sudanning butun hududini oʻz ichiga olishi kerak. Konstitutsiya ishlab chiqish, qonuniy va sud-huquq sohasida islohotlar oʻtkazish, davlat xizmati, xavfsizlik xizmati va milliy politsiya kuchlarining salohiyatini oshirish boʻyicha texnik yordam koʻrsatish lozim”. (https://www.alquds.co.uk, 2020 yil 9 fevral). Xavfsizlik Kengashi ayni talablarni maʼqulladi va Sudanga “UN News” missiyasi yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Hamduk hukumati ushbu missiya bilan shugʻullanuvchi maxsus koordinator tayinladi. (https://sudantribune.net, 2020 yil 5 iyul).
Bu hukumat yurt mablagʻini sovurish va mustamlakachilarga berishda gʻayrat koʻrsatib keldi. Masalan, 1998 yilda Keniya va Tanzaniyadagi Vashington elchixonalari uchun amerikaliklarga 335 million dollar berdi. Shuningdek, “Koul” mina tashuvchi kemasi hodisasi boʻyicha ham AQShga 70 million dollar toʻladi.
Oʻtish davri hukumati xiyonatlari gʻoyat kattalashib, 2020 yil fevralda yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishga jurʼat qildi. Bu ishga Suveren kengash rahbari Burhon mutasaddilik qildi. Keyin yahudiy vujudini boykot qilish boʻyicha 1958 yil tuzilgan qonunni bekor qildi. Oqibatda, yahudiylar rahbarlarining Xartumga qatnovlari koʻpaydi va ushbu (harbiy va fuqaroviy boshqaruv) hukumati rahbarlari bilan xoinlik shartnomalari imzolandi.
Keyin bu hukumat Xalqaro Valyuta Fondining halokatli koʻrsatmalarini ijro eta boshladi… Yaʼni subsidiyani bekor qilish, degan niqob ostida yonilgʻi mahsulotlari, non, elektr va tabiiy gaz narxini oshirdi… Shu orqali yuzsizlik va jurʼat bilan odamlarga tazyiq oʻtkazdi!
Keyin, fohishabozlikka, murtadlikka, dinsizlikka, Alloh Subhanahuga kufr keltirishga, gomoseksualizmga, ichkilikbozlikka ruxsat berish, shuningdek, CEDAW konventsiyasini ratifikatsiya qilish (tasdiqlash) uchun jinoyat kodeksidagi bir qator sharʼiy ahkomlarni bekor qildi. 2020 yil 11 iyulda adliya vaziri Nasriddin Abdulboriy – shaxsiy holatlar qonunini bekor qilmoqchi ekanini taʼkidladi… Bu qanday yuzsizlik?! Ular Ibn Alqamiy kabi kofirlar malaylaridir, ularni Alloh laʼnatlagay, qanday adashmoqdalar-a?!
Alloh Subhanahu
﴿إِنَّ الْكَافِرِينَ كَانُوا لَكُمْ عَدُوًّا مُّبِينًا﴾
“Kofirlar sizlarga ochiq dushman boʻlgan kimsalardir” [Niso 101]
deya kofirlarning musulmonlar dushmani ekanini allaqachon ochiqlab qoʻygan. Biroq, harbiy va fuqaroviy oʻtish davri hukumati rahbarlari ushbu sharʼiy haqiqatni yolgʻonga chiqarishyapti. Bu zaminni bosib olganlar ayni shu kofirlar ekaniga hamda ular fitna qoʻzgʻash va krizislarni keltirib chiqarishdan tiyilishmayotganiga qaramay, oʻtish davri hukumati rahbarlari – kofirlar yurtimizni obod qilib, muammolarimizni yechib beradilar, bizga tinchlik va barqarorlik olib kelishadi, deya aldashyapti…
Moziydagi Ibn Alqamiy bilan bugungi oʻtish davri hukumati rahbarlari va tarafdorlari oʻrtasida kofirlarni doʻst tutish va rejalarini bajarishda farq yoʻq. Bu yerda xavf-xatar faqat oʻtish davri hukumati rahbarlari shaxslarida yoki Ibn Alqamiy shaxsida emas. Balki eng yomon xavf ikki jihatdan iborat: Birinchi xavf mustamlakachi kofirlarning musulmonlar ishlariga aralashishiga ruxsat berayotgan va unga rozi boʻlayotgan rejimdadir. Alloh Subhanahu
﴿وَلَن يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلاً﴾
“Alloh kofirlarni moʻminlar ustidan (hukmron boʻlishlariga) hargiz yoʻl qoʻymaydi” [Niso 141]
deya kofirlarni musulmonlar ustidan hukmron qilishning harom ekanini aytgan. Ikkinchi xavf esa, kofirlar tarafdori boʻlgan hukmdorlar va siyosatchilarning havoi nafsiga boʻysunib, odamlarga fikrsiz va ongsizlik bilan yuzaki munosabatda boʻlishdadir.
Odamlar oʻz boshlariga yana Ibn Alqamiy balosi tushmasligi uchun ushbu voqea-hodisalar bilan ongli ravishda munosabatda boʻlmoqlari hamda Robbul olamin ahkomlarini tatbiq etuvchi tuzumni barpo etmoqlari lozim. Ushbu tuzum mustamlakachi kofirlar dumiga bolta urib, kuch-qudratni Alloh, Rosuli va moʻminlarga xoslaydi. Buning uchun esa, Islom davlati, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etmoq lozimdir.
Roya gazetasining 2021 yil 19 yanvar chorshanba kungi 374-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.