Birlashgan Millatlar Tashkiloti insonparvarlik yordami niqobi ostida afgʻon xalqiga siyosiy va psixologik oʻyin qilmoqda

169
0

Matbuot bayonoti
Birlashgan Millatlar Tashkiloti insonparvarlik yordami niqobi ostida afgʻon xalqiga siyosiy va psixologik oʻyin qilmoqda

BMT bosh kotibi matbuot vakili afgʻon xalqining ahvolini yaxshilash uchun 1.5 milliard dollar yigʻilganini eʼlon qildi va qahraton qish afgʻonlar hayotini qiyinlashtirayotganini qoʻshimcha qildi.
Tolibon harakati Afgʻonistonda nazoratni qoʻlga kiritgandan buyon “Afgʻonistondagi gumanitar krizis”, toʻgʻrisidagi gap Gʻarb muassasalari ogʻzidan tushmay qoldi. Odamlar ehtiyojini qondirishda hech qanday ahamiyatga ega boʻlmagan raqamlarni koʻtarish orqali soxta gumanitar yordam haqida tez-tez gapirib, yolgʻon koʻz yoshi toʻkishmoqda. holbuki, raqamlar bilan muhtojlarni toʻydirib boʻlmaydi. Aslida esa, BMT va Gʻarb muassasalari insonparvarlik yordamlari, degan nom ostida afgʻon xalqiga siyosiy va psixologik oʻyin qilmoqda.
BMT aytayotgan yordamlarning katta qismi vaʼda qilingan va siyosiy shartlarni oʻz ichiga olgan xayoliy yordamdir. Aslida, ular gumanitar yordamni niqob qilib, oʻzlarining siyosiy va razvedka rejalarini hozirgi afgʻon rahbarlariga zoʻrlab tiqishtirishyapti. Biror islomiy tuzum qurilishi va oxir oqibat shariat tatbiq etilishini oldini olish hamda Islomga daʼvat Afgʻoniston tuproqlaridan tashqariga chiqmasligi uchun mana shu “gumanitar yordam”, degan narsadan foydalanishyapti.
Buning aksi oʻlaroq, xorijiy insonparvarlik yordamlari tarixiga qaraladigan boʻlsa, shu narsa ayon boʻladiki, aslida bu kabi yordamlar yurtlar iqtisodiyotini oʻsish va rivojlanishga mutlaqo olib borgan emas, bilʼaks, mustamlakachi davlatlarga qaramlik va qoloqlik darajasini orttirgan.
Islom kofir davlatlar va mustamlakachi muassasalardan moliyaviy yordam ham, qarzlar ham olishga ruxsat bermaydi. Chunki bu moliyaviy yordam va qarzlar ortida maʼlum siyosiy, iqtisodiy va harbiy maqsadlar yotadi, bu maqsadlar kofirlarni musulmonlar ustidan hukmron qilib, oʻz taʼsirlarini oʻtkazishlari uchun yoʻl ochadi. Shuning uchun, Gʻarb hukumatlari va xalqaro muassasalar bilan har qanday kelishuv yoki shartnoma imzolash, shu jumladan, ulardan moliyaviy va gumanitar yordamlarni soʻrash ularni hukmron qilib, nufuzlarini yoyishlariga olib boradi hamda musulmonlarning siyosiy irodalarini kofirlar qoʻliga topshirishga sabab boʻladi… bu esa haromdir.
﴿وَلَن يَجْعَلَ اللهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلاً﴾
“Alloh hargiz kofirlar uchun moʻminlar ustiga yoʻl bermagay” [Niso 141]
Shu sababdan, hozirgi iqtisodiy muammodan chiqishning yagona yoʻli Oʻrta Osiyo bilan Osiyoni Islom bayrogʻi ostiga birlashtirish va Afgʻonistonni Islom davlatining boshlanish nuqtasiga aylantirishdan iborat. Yirik sonda musulmonlar yashaydigan ushbu ikki mintaqa faqat iqtisodiy, siyosiy va harbiy imkoniyatlargagina ega emas, balki ularda yirik derjavaga aylanish salohiyati ham mavjud. Agar bu yurtlarimizni bitta Islom soyasiga birlashtiradigan boʻlsak, albatta mintaqa musulmonlari krizisdan chiqib, moʻl-koʻl tabiiy resurslaridan, noyob strategik joylashuvlaridan oqilona foydalanish bilan mustaqil iqtisodiyotga ega boʻladilar. Shunday ekan, Islom boshqaruvi soyasida farovon hayot kechirish sari birgalikda qadam tashlash orqali chegaralarni vayron qilishimiz va tilanchilik siyosatidan voz kechishimiz vaqti keldi.

Hizb ut-Tahrirning
Afgʻonistondagi matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.