Rosululloh ﷺning bayroqlari bilan Sayks-Piko bayroqlari oʻrtasidagi farqni ajratish jinoyatmi?!

236
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Rosululloh ﷺning bayroqlari bilan Sayks-Piko bayroqlari oʻrtasidagi farqni ajratish jinoyatmi?!

Ustoz-oʻqituvchi Husayn Abu Haj oʻrta maktabning beshinchi sinf oʻquvchisi bergan savolga Islom buyurgandek javob berishi sababli boshdan kechirgan zulmlar haqida Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini 1 dekabr kuni bayonot nashr qildi. Bayonotda bunday deyiladi:
“Oʻquvchi Rosululloh ﷺning royalari bilan Sayks-Piko bayroqlari oʻrtasidagi farq haqida savol berganda ustoz Abu Haj Rosululloh ﷺning royalari Ummatni birlashtiradi, Sayks-Piko bayroqlari esa, musulmonlar oʻrtasini boʻladi, yurtlarini parchalaydi, deya javob qildi. Ushbu javob mustamlakachilarni doʻst tutgan va oʻshalarning nopok siyosiy mollaridan kun koʻrayotgan yollanma agentlarning gʻazabini keltirdi. Darhol Ustoz Husayn ishini oʻrganish uchun maxsus komissiya tuzishdi. Falastin xavfsizlik xizmati xodimlari avval ustoz Husayn Abu Hajni, soʻng 29 noyabr dushanba kuni xuddi shu ish boʻyicha ustoz Anis Hamomirani maktabga ketayotgan paytda zoʻravonlik bilan oʻgʻirlab ketishdi”.
Bayonotda quyidagi savollar oʻrtaga tashlandi:
“Rosululloh ﷺning royalari bilan Sayks-Piko bayroqlari oʻrtasidagi farqni aytish jinoyatmi?! Nega Falastin maktab darsliklarida Rosululloh ﷺning royalari haqida maʼlumot yoʻq?! Nega Alloh yoʻlida jihod haqidagi oyatlar darsliklardan oʻchirib tashlangan?! Nima uchun musulmon farzandlariga islomiy yurtlar oʻrtasidagi chegaralarning mustamlakachilar tortgan chegara ekani oʻrgatilmaydi?! Nega taʼlim dasturlarida Quddusi Sharifni ozod etishning yagona yoʻli butun Ummatning bitta rabboniy rahbar ostida birlashishi hamda bu rabboniy rahbarning Islom bilan hukm yuritib yahudiy vujudini ildizi bilan qoʻporib tashlashi bilan boʻlishi aytilmaydi?!”.
Keyin matbuot bayonotida “asil jinoyatchi Sayks-Pikoning Ummatni boʻlgan chegaralari va bayroqlarini muqaddasligi haqidagi taʼlimni musulmon oʻquvchilar miyasiga joylayotgan kimsalar” ekanligi taʼkidlandi. Bayonot soʻnggida muborak zamin ahliga bunday deyildi:
“Islom va islomiy daʼvatning yuksalayotgani Falastin maʼmuriyati, malay hukmdorlar, yahudiy vujudi va Amerikaning qattiq jahlini chiqarmoqda. Shu bois, Islomga qarshi urushlarini kuchaytirishyapti. Shunday ekan, siz Falastin ahli – bizning roya-bayrogʻimiz Rosulullohning royalaridir, biz Islom Ummatining bir boʻlagimiz, deya baralla hayqiring. Diningizga hamda Xalifalikning barpo etilishiga yordam berish bilan Islom dushmanlari diliga qoʻrquv soling. Zero, Xalifalik davlati dinni barpo qilib, mustamlakachilar nufuziga yakun yasaydi va Falastinni ozod etadi. Oʻsha kunda – quyidagi oyatda aytilganidek – Allohning nusratidan barcha moʻminlar shodlanurlar:
﴿وَيَوْمَئِذٍ ‌يَفْرَحُ ‌الْمُؤْمِنُونَ﴾
“U kunda moʻminlar shodlanurlar” [Rum 4]
U kunda munofiq va xoinlar uchun hech kim aza tutmaydi.
Roya gazetasining 2021 yil 8 dekabr chorshanba kungi 368-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.