Turk lirasi inqiroziga kapitalistik kufr tuzumi sababdir

190
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Turk lirasi inqiroziga kapitalistik kufr tuzumi sababdir

Turkiya prezidenti Erdogan 2023 yil oʻrtalarida oʻtkazilishi belgilangan saylovlar oldidan Turkiya iqtisodiyotining ahvoli yaxshilanishiga vaʼda berib, “Bugundan boshlab keyingi saylovlarga qadar biz foiz stavkasi tushirilishi natijasida turk lirasining tiklanishiga va inflyatsiyaning pasayishiga guvoh boʻlamiz”, dedi. Turkiyaning rasmiy televideniyesida soʻzlagan nutqida Erdogan “Biz foiz va valyuta chayqovchiligiga duch kelyapmiz va ayni paytda bu chayqovchilikka faqatgina biz chek qoʻya olamiz”, deya qoʻshimcha qildi. Turk lirasi tarixdagi eng yomon beshinchi oyni yakunladi. Chunki AQSh dollari va yevroga nisbatan 50 foizga pasayib, yangi rekordni qayd etdi. Boshqacha aytganda, bir dollar 14 lirani tashkil qilib, soʻng 13.5ga qaytdi.
Bu haqda Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot boʻlimi tomonidan chiqarilgan bayonotda bunday deyilgan edi: valyuta kursining koʻtarilishi xarid qobiliyatining pasayishi natijasida real iqtisodiyotga bevosita taʼsir qiladi. Biroq, Erdogan Turkiyadagi iqtisodiy va moliyaviy krizisni “iqtisodiy mustaqillik urushi”, deya talqin qilib, shu orqali asl muammoning kofir kapitalistik tuzumda ekanidan atayin koʻz yumyapti. Global mustamlakachilik esa, butun dunyoni mana shu kapitalistik tuzum orqali qul qilmoqda. Turkiya ham ayni tuzumning bir boʻlagi boʻlsayu, qanday qilib iqtisodiy urush haqida gap boʻlishi mumkin?!
Matbuot bayonotida yana bunday qoʻshimcha qilindi: respublika prezidenti kapitalistik tuzum bilan chambarchas bogʻlangan hamda moliyaviy vositalar, foizlar, ajnabiy valyutalar, inflyatsiya, yashashning qimmatlashishi va ishsizlik kabi muammolar girdobida qolgan, shuningdek, bitta doira ichida aylanib turgan holida Gʻarbdan import qilingan bunday mustamlakachilik tuzumining buzgʻunchi ekanini aslo tan olmaydi.
Bayonot quyidagilarni taʼkidlash bilan yakunlandi: kapitalistik boshqaruv tizimi tubdan agʻdarib tashlanib, roshid Xalifalik davlati barpo etilmas ekan, musulmon xalqlar kufr tuzumining chiqindilaridan hargiz qutulolmaydilar. Zero, haqiqiy najot islomiy hayotni qayta boshlashdir. Bugungi zolim mustabidlar koʻz va quloqlarini berkitib olib, qalblarini qoraytirgan va aqllarini xoʻjayinlariga sotishgan ekan, krizislar hech qachon tugamaydi.

Roya gazetasining 2021 yil 8 dekabr chorshanba kungi 368-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.