Liviya barqarorligini qoʻllab-quvvatlash konferentsiyasi ajnabiylar aralashuvidir

101
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Liviya barqarorligini qoʻllab-quvvatlash konferentsiyasi ajnabiylar aralashuvidir

Ustoz Asʼad Mansur qalamiga mansub

2021 yil 21 oktyabrda Tripolida Liviya barqarorligini qoʻllab-quvvatlash nomli bir kunlik xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtdi. Unda 27 davlat, 4 xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar qatnashdi. Undagi muhokamalar ikki yoʻnalishga, yaʼni harbiy va iqtisodiy yoʻnalishga qaratildi.
Bu konferentsiya 2010 yildan beri Tripolida birinchi marta boʻlyapti. Bundan konferentsiyada ishtirok etgan davlatlarning Tripolini Liviya markazi sifatida tan olishlari koʻzlangan. Darvoqe, Liviya bosh vaziri Dabiba buni “konferentsiyaning Tripolida oʻtkazilishi uning qayta tiklanishidan va butun liviyaliklarning poytaxti sifatida ramziyligidan dalolatdir”, deya taʼkidladi.
Siyosiy tadbirlar Tripolida oʻtkaziladigan va davlat muassasalari ham u yerga koʻchiriladigan boʻldi. Bu albatta, mustamlakachilar qirol Sanusiydan to Qazzofiygacha boʻlgan malaylarini oʻtqazib, oʻzlari chizib bergan mintaqalarda oʻrnatib qoʻygan mavjud siyosiy rejimning tan olinganini taʼkidlash uchun boʻlyapti. Aslida esa Xalq deyarli ozodlikka erishib, barpo etilajak davlatning oʻzligini qidirayotgandi. Xalqni harakatga keltirgan tuygʻular islomiy boʻlgani uchun bu davlatning islomiy boʻlishi kutilayotgan edi. Shunda mustamlakachi Gʻarb Liviya xalqiga yordam berish niqobi ostida oʻzining NATOsi bilan aralashib, butun yurtda boshboshdoqlik, tartibsizlik keltirib chiqardi, boshqaruvga oʻz malaylarini oʻtqazib, Liviyaning oʻz changalidan ozod boʻlishini oldini oldi.
Konferentsiyaning yakuniy bayonotida Liviya birligi va suvereniteti taʼkidlandi. Bu esa, Liviyani bitta Islom davlatida birlashishi kutilayotgan musulmon yurtlaridan mustaqil siyosiy tizim sifatida saqlab qolishni anglatadi. Bayonotda shuningdek, 24 dekabr kuni oʻz vaqtida saylov oʻtkazilishi, uni oʻtkazish uchun munosib shart-sharoit yaratish zarurligi, ishonchni mustahkamlash uchun zarur chora-tadbirlar koʻrish va siyosiy jarayonga toʻsqinlik qilayotganlarga nisbatan qatʼiy jazo choralarini koʻrish muhimligi taʼkidlandi. Bu narsa ularning oʻzlari istagandek shafqatsiz siyosiy tizim oʻrnatishmoqchi ekanliklarini anglatadi. Konferentsiyadan soʻng Liviya tashqi ishlar vazirasi Najlo Manqush matbuot yigʻilishida “barcha davlatlarni oʻz elchixonalarini poytaxt Tripoliga qaytarish”ga chaqirdi. U shuningdek, “hukumatning barcha xalqaro rezolyutsiyalarni, shu jumladan Berlin konferentsiyasi natijalarini amalga oshirish tarafdori ekanini hamda Harbiy qoʻmitaning oʻt ochishni toʻxtatish rejalarini va “5+5 Harbiy qoʻmitasi”ni amalga oshirgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashini” maʼlum qildi.
Ha, Amerika 2021 yil 5 fevralda BMTning diplomatik vakilasi vazifasini bajaruvchi Stefani Uilьyams orqali shunday bir Jeneva konferentsiyasini oʻtkazishga muvaffaq boʻlgan ediki, buning natijasida prezidentlik kengashi raisi, uning ikki oʻrinbosari va bosh vazir saylandi. Keyin bu bosh vazir Tripolida hukumat tuzishga va parlament ishonchini qozonishga muvaffaq boʻldi. 2021 yil 16 mart kuni hokimiyat sobiq bosh vazir Fayz Sarrojdan yangi bosh vazir Abdulhamid Dabiba qoʻliga silliqqina oʻtdi. AQSh diplomatiyasi saylovlar vaqtini 2021 yil 24 dekabrga belgiladi. 5+5 Harbiy qoʻmitasi ham ayni shu diplomatiya tomonidan tashkil qilindi. Britaniya Marokashdagi Buzniqada Liviyadagi tomonlar oʻrtasida qator konferentsiyalar oʻtkazgan boʻlishiga qaramay, bunga erisha olmagan edi. Shunday qilib, bu tur Britaniya va Yevropa ziyoniga, AQSh foydasiga boʻldi. Britaniya va Yevropa Sarroj hukumatini qoʻllab-quvvatlab, oʻzlarining odamlarini saylashga urinishgandi.
Shunda Yevropa davlatlari Germaniya tashabbusi bilan “Berlin-2” konferentsiyasi oʻtkazishdi. Germaniya poytaxtida 2021 yil 23 iyunda oʻtkazilgan bu konferentsiyada aksar ishtirokchi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari qatnashdi. Konferentsiyada “xorijiy kuchlar va yollanma askarlarning kechiktirmasdan Liviyadan chiqib ketishi zarurligi” hamda “vakillar palatasining kelgusi 24 dekabrda boʻlib oʻtadigan parlament va prezidentlik saylovlari bilan bogʻliq qonuniy jarayonlarni oʻtkazishi va qonunlar ishlab chiqishi zarurligi” taʼkidlandi. Konferentsiyada “Liviya vakillar palatasi bilan davlat oliy kengashi suveren lavozimlarni kelishib olish”ga chaqirildi. Yigʻinda xavfsizlik masalasiga eʼtibor qaratilib, “oʻt ochishni toʻxtatish shartlarini bajarish zarurligiga va qirgʻoq xavfsizligi yoʻllarini ochish orqali oldinga siljish”ga chaqirildi. Shuningdek, konferentsiyada “manfaatdor tomonlarni harbiy imkoniyatlarni moliyalashtirish yoki xorijiy jangchilar va yollanma askarlarni yollash kabi Liviyadagi mojaroga turtki beradigan har qanday harakatlardan voz kechishga”ga chaqirildi. Darhaqiqat, ushbu konferentsiyada Jeneva konferentsiyalari yakunlari ham tasdiqlandi. Biroq, Yevropa Liviya masalasidan chetda qolib ketishdan xavfsirab, oʻzining ham roli boʻlishini isbotlashni istadi. Shuning uchun Britaniya bosh vaziri Jonson liviyalik hamkasbi Dabibani 2021 yil 24 iyunda Londonda uchrashishga va chiqarilgan ayni qarorlarni qayta koʻrib chiqishga daʼvat qildi. Bu daʼvatdan Britaniya oʻzining, ayniqsa Liviya sahnida mavjudligini tasdiqlab qoʻyishni maqsad qildi. Yevropa Liviya masalasidagi oʻz taʼsiri zaifligidan shikoyat qilib, u yerdagi mavjud kuchlarning, ayniqsa, Turkiya va Rossiya kuchlarining oʻrniga, tezkor harakatlanuvchi kuchlar tashkil qilishga chaqirdi. Biroq, Yevropa oʻzining jangovar irodasi zaifligi sababli hamda agar AQShning roziligisiz va qoʻllab-quvvatlovisiz buni qiladigan boʻlsa qattiq magʻlubiyatga uchrashishidan qoʻrqqani tufayli buni amalga oshirishga muvaffaq boʻlolmadi.
Yevropa boshqalardan koʻra koʻproq ikki mavzuga qattiq ahamiyat qaratmoqda: Birinchi: Liviyadan ajnabiy jangchilarni chiqarish, chunki ularning jangovar harakatlari AQSh rejalariga xizmat qilyapti. Ikkinichi: Saylovlarni oʻz vaqtida oʻtkazish, chunki u hokimiyatga oʻz malaylarini chiqarishdan hamda parlamentdan koʻproq oʻrinni egallashdan umidvor. Yevropaning bunday umidvorligiga sabab, siyosiy maydonda hamon uning, asosan Britaniyaning malaylari koʻpchilikni tashkil qiladi. Shu bois, u Amerikaning oʻz nufuzini mustahkamlab olishiga hamda siyosiy yutuqlarni koʻproq qoʻlga kiritishiga imkon bermaslikka harakat qilmoqda.
Shuning uchun Liviyadagi ishlar hanuz chigal va murakkabligicha qolmoqda. Yaʼni, u yerda xalqaro kurash xususan, Anglo-Amerika oʻrtasidagi mojaro sababli har qachongidan koʻproq chigallashib ketdi. Mahalliy tomonlarning oʻzaro kelishishi ham, kelisha olmasligi ham ularning mana shu kurashayotgan yirik davlatlarga tobeligi bilan bogʻliq. Zero, mahalliy kuchlar oʻzlarining shaxsiy va qabilaviy istaklarini amalga oshirish uchun ajnabiy kuchlar bilan aloqa qilishni oʻzlariga loyiq koʻrishgan.
Mustamlakachi davlatlar har doim musulmonlar masalalarini xalqaro masalaga aylantirishga harakat qilishadi, maqsadlari, ularning ishiga aralashish, ustlaridan oʻz nufuzlarini oʻrnatish, soʻng mustamlakachilik rejalarini amalga oshirishdir. Liviya barqarorligini qoʻllab-quvvatlash konferentsiyasi ajnabiylar aralashuvidan boshqa narsa emas. U yurt barqarorligini ularga bogʻliq qilib qoʻyadi. Aslida esa, mustaqil davlat qoʻllab-quvvatlovni oʻz xalqidan oladi, yaʼni, hokimiyatini xorijiy davlatlar orqali emas, oʻz xalqi orqali kuchaytiradi va oʻz mabdasini xoʻjayinga aylantiradi. Liviyada ham xoʻjayinlik Islom shariatiga berilishi kerak.
Bu yerda musulmonlar masalalarining xalqarolashtirilishi haqiqiy xatardir. Mahalliy hukmdor doiralar va siyosiy partiyalarning oʻz yurtlari muammolarini hal etish va barqarorlikni roʻyobga chiqarish masalasida yirik davlatlarga murojaat qilishi haqiqiy xatardir. Hukmdorlarning ayni qilmishi mustamlakachilarga yurtlarimiz boyliklarini oʻzlashtirishlari, yurtlarimizni oʻz tovarlari uchun bozorga va mintaqadagi mustamlakachilik harakatlarini boshlaydigan markazga aylantirib olishlariga eshik ochmoqda. Zotan, yirik davlatlarga murojaat qilish va musulmonlar masalalarining xalqarolashtirilishiga rozi boʻlish gunohi azimdir. Alloh Taolo bunday degan:
﴿وَلَنْ يَجْعَلَ اللّٰهُ لِلْكافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلاً﴾
“Alloh kofirlar uchun moʻminlar ustiga yoʻl bermagay” [Niso 141]

Roya gazetasining 2021 yil 27 oktyabr chorshanba kungi 362-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.