Rimda boʻlib oʻtgan G20 sammiti Katta ambitsiyalar va ulkan toʻsiqlar!

212
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Rimda boʻlib oʻtgan G20 sammiti
Katta ambitsiyalar va ulkan toʻsiqlar!

Ustoz Hamd Tobib – Baytul Maqdis

2021 yil 30 oktyabrda Rimda boʻlib oʻtgan G20 sammiti yoki “Iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik forumi” koʻplab biznes va dasturlar uchun katta umid va keng intilishlar bilan boshlandi. Jumladan:
1 – Dunyo halovatini buzayotgan iqlim oʻzgarishi krizisi, buning oqibatida kelib chiqayotgan ekologik ofatlar va global isishni (1.5 darajada) ushlab turish boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlar zarurligi. Olimlarning taʼkidlashlaricha, 1.5 daraja Selsidagi isish yuqori daraja boʻlib, uni falokatli yangi iqlim muammolarining oldini olish uchun cheklash juda zarur.
2 – Xususan, hozirgi iqtisodiy turgʻunlik paytida narx-navolar koʻtarilayotgan va ishsizlik keng tarqalayotgan bir davrda, global iqtisodiy tiklanish va barqaror rivojlanish vositalariga intilish.
3 – Koronavirusga qarshi kurash: Buni dunyoda mumkin qadar eng koʻp sonda vaktsinalarni taʼminlash orqali amalga oshirish.
4 – Global soliq muammolari: Transmilliy kompaniyalarga, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi sharoitida, global minimal soliq joriy qilish.
Xoʻsh, bu kabi davlatlar keti uzilmay oʻtkazilayotgan mana shunday konferentsiyalar orqali mazkur yirik chigal masalalarni, ayniqsa, siyosiy va iqtisodiy jihatdan global krizislar sharoitida hal qila oladimi?!
Bu savolga javob berishdan oldin quyidagilarni taʼkidlaymiz:
Rimdagi bu sammit ayni masalalarni mubohasa qilayotgan sammitlarning birinchisi ham, oxirgisi ham emas. Qogʻozda qolib ketayotgan, ammo amaliy voqelikda ijro etilmayotgan sammitlarning ham birinchisi va oxirgisi emas. Bundan oldin birgina joriy yilning oʻzida 2021 yil 21 mayda Londonda G-7 sammiti boʻlib oʻtdi va unda ham quyidagi maqsad va intilishlar aytildi: “Moliyaviy krizisdan qutulish uchun iqtisodiy tiklanish, jumladan, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash dasturlarini ishlab chiqish hamda Eron, Xitoy, Suriya kabi davlatlar bilan bogʻliq siyosiy masalalarga qoʻshimcha ravishda koronavirus pandemiyasiga qarshi vaktsinalarni taqdim etish”. Aslida esa, G20 sammiti avvalgilardan bir muncha murakkab bir vaziyatda boʻlib oʻtdi.
Masalan, birinchidan: Koronavirus pandemiyasi boshlangandan soʻng ancha uzoq vaqt uzilishdan soʻng boʻlmoqda, chunki pandemiya uning oʻtkazilishini kechiktirdi. Soʻnggi sammit 2020 yil 21-22 noyabr kunlari Riyozda oʻtkazilgan edi.
Ikkinchidan: Ushbu sammit ayrim siyosiy krizislar murakkablashgan bir paytda boʻlib oʻtdi. Masalan:
1 – Avstraliya-Frantsiya suv osti kemasi shartnomasining buzilishi. Bu Frantsiya bilan uchlik ittifoqi (AQSh, Avstraliya va Britaniya) oʻrtasida krizisni keltirib chiqardi.
2 – AQSh bilan Xitoy oʻrtasidagi siyosiy va iqtisodiy mojarolar. Ayniqsa, tashqi savdo muomalalarida dollardan voz kechish hamda AQSh dollariga asoslangan qimmatbaho qogʻozlardan iborat yirik dollar jamgʻarmasini boshqa valyutalarga yoki oltinga aylantirish borasidagi Xitoyning amaliy dasturi. Bundan tashqari, janubiy Xitoy dengizi, Tayvan va boshqa chigal siyosiy muammolar.
3 – Yevropa davlatlari oʻrtasidagi, xususan, Britaniya bilan Frantsiya oʻrtasida dengiz-baliqchilik hududlaridagi hamda siyosiy nufuz hududlaridagi mojaro. Masalan, Tunis kabi Britaniya nufuziga mahkum davlatlarda boʻlayotgani kabi.
4 – Amerikaning Afgʻonistondan chiqib ketishi sababli yuz bergan va hamon mavjud boʻlib turgan krizis. Masalan, Amerika Afgʻonistondan chiqib ketganidan soʻng Yevropa Ittifoqiga hamda NATOga aʼzo davlatlarga orqasini qilib oldi.
Uchinchidan: Bu sammit koronavirus krizisi kuchaygan va uning oqibatida ekologik, iqtisodiy va boshqa muammolar kelib chiqqan bir paytda boʻlib oʻtdi.
Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon banki, Katta yigirmatalik yoki Sakkizta sanoati rivojlangan mamlakatlar ittifoqi kabi xalqaro iqtisodiy tashkilot va muassasalar voqeini oʻrgangan kishi bu tashkilotlarning xuddi BMT va NATO kabi siyosiy va harbiy tashkilotlarga tamoman aylanib qolganini guvohi boʻladi. Chunki ulardan Amerika asosan oʻzining siyosiy va iqtisodiy yutuqlarini amalga oshirishda foydalanmoqda. Bunga misol, G20ning taʼsis etilishiga ayrim davlatlarning, xususan Amerikaning siyosiy motivlari sabab boʻlgan. Bundan takror-takror yuz berayotgan moliyaviy krizislarni, xususan, 1999 yildagi Osiyo bozorida yuz bergan krizis voqeasi kabi krizislarni yashirish koʻzlangan. Maʼlumki, Osiyo bozori krizisi sal avval 1997 yil boshlanib, soʻng 2008 yil kengayib ketgan. Yaʼni, AQShda boshlanib, butun dunyoga tarqalgan ipoteka inqirozi hodisasi kabi.
Shuningdek, Amerika ayni tashkilot va muassasalardan oʻz rahnamoligi ostidagi siyosiy loyihalarni moliyalashda foydalanadi, masalan, Falastin, Suriya va Afgʻoniston kabi davlatlardagi muammolarni hal etishni moliyalashtirish kabi. Demakki, Amerika oʻzi istagan ishlarni mana shu tashkilotlar orqali muvaffaqiyatli amalga oshiradi, shuningdek, istamagan ishlarni ham shu tashkilotlar orqali muvaffaqiyatsizlikka olib boradi. Yaʼni, bu kabi sammitlarning muvaffaqiyatli boʻlishi va muvaffaqiyatsiz boʻlishini hukmron siyosiy muhitga bogʻliq qilib qoʻygan.
Bu sammitning ertangi taqdiri ham avvalgilardan yaxshi boʻlmaydi. Ushbu konferentsiyalarning bugungi G20 sammitida yoki undan oldingi sammitlarda koʻtarilgan global muammolarni hal eta olmasligining bir qancha sabablari bor boʻlib, ulardan ayrimlari quyidagilardan iborat:
Birinchi sabab: Yirik davlatlar oʻrtasidagi qizgʻin raqobat. Yirik davlatlar raqobati dunyo bozorlari hamda neftь, oltin va boshqa maʼdanlar kabi tabiiy resurslarga boy davlatlar ustida ketmoqda. Shuningdek, bu raqobat va kurashlar bugungi kunda AQSh bilan Xitoy oʻrtasida hamda AQSh bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida ham ketmoqda. Binobarin, oʻz navbatida, bu kurash mushtarak masalalar boʻyicha kelishmovchilik keltirib chiqarmoqda. Chunki umumiy muhit iqtisodiy va siyosiy murosa-kelishuv muhiti emas, balki siyosiy qarama-qarshilik va raqobat kurashlari muhitiga aylandi.
Ikkinchi sabab: Butun dunyoda sodir boʻlayotgan ogʻir moliyaviy krizis ipoteka krizisi kabi sobiq krizislarning kengayishi boʻlib, bu koronavirus krizisi davrida yanada murakkablashdi va hanuz kengaymoqda, koʻplab davlatlarni, ayniqsa yirik sanoat davlatlarini, xususan AQShni holdan toydirdi. Shu bois, bu kabi loyihalarni moliyalashtirish uchun, ayniqsa, iqlim oʻzgarishi va atrof muhitning ifloslanishi kabi masalalarni va koronavirus krizisini hal qilish uchun juda koʻp milliardlar kerak boʻlyapti. Masalan, Parij shartnomasi boʻyicha, toza energiyaga muqobil vositalarni topish uchun boy davlatlarni kambagʻal davlatlarga 100 milliard dollar toʻlashlariga qaror qilingan. Bu 2020 yildan boshlangan minimal mablagʻ hisoblanadi.
Uchinchi sabab: Kapitalistik tuzum va uni qabul qilgan davlatlarning diqqat-eʼtibori birinchi navbatda pul mavzusi va yirik kompaniyalar manfaatiga qaratilgan, insoniyat manfaati esa birinchi navbatda emas. Chunki kapitalistik tuzum tabiati utilitar va moddiy manfaat hamda daromaddan iboratdir, bashar manfaati emas.
Toʻrtinchi sabab: Amerika xalqaro siyosatlarni hamda oʻzining siyosiy va iqtisodiy istaklariga yurmayotgan xalqaro muassasalar tomonidan chiqarilgan qarorlarni qasddan sabotaj qilib keladi. Yevropa Ittifoqida sunʼiy krizislar keltirib chiqarmoqda, toki, Yevroittifoq davlatlari bundan keyin Amerikaning real raqiblari emas, balki uning siyosiy hukmronligi doirasida qolgan davlatlarga aylanishsin. Shu bilan birga, Amerika Xitoy oldida ham qasddan muammolar keltirib chiqarmoqda. Amerika bundan bir necha yil muqaddam issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish boʻyicha 2015 yil Parijda imzolangan xalqaro kelishuvdan chiqib ketdi. Yaʼni AQSh prezidenti 2017 yilda ayni kelishuvdan chiqish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Oqibatda uning chiqib ketishi ayni kelishuvning muvaffaqiyatsizligiga olib keldi.
Albatta, bu kabi xalqaro sammit va konferentsiyalardan biror amaliy yechim taxmin ham qilinmaydi, kutilmaydi ham. Ular bugungi yirik muammolarning hatto bir qismini ham hal etisholmaydi, ayniqsa, ayni muammolarning kelib chiqishi sababchilari mana shu yirik davlatlar boʻlib turgan bir paytda.
Olam muammolarini hal etishga, masalan, qashshoqlik, iqlim va koronavirus kabi pandemiyalar, iqtisodiy va boshqa muammolarni hal etishga yagona qodir davlat Islom davlatidir. Ushbu davlat butun olamga hidoyat va nur sochajakdir.
Alloh Taolodan musulmonlarni avvalo Oʻzining ilohiy hidoyat nurini tatbiq qilish, qolaversa, uni barcha insoniyatga ulashish va bugungi iflos tuzumlar keltirib chiqargan global muammolarning barchasini hal etish neʼmati bilan ikrom etishini soʻrab qolamiz.
Roya gazetasining 2021 yil 10 noyabr chorshanba kungi 364-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.