Erdogan Turkiyasi Rossiya bilan bo‘lgan sheriklik narxini katta miqdorda to‘lab, buning hisobini turk xalqiga yuklamoqda

240
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Erdogan Turkiyasi Rossiya bilan bo‘lgan sheriklik narxini katta miqdorda to‘lab, buning hisobini turk xalqiga yuklamoqda

Statistik ma’lumotlar Turkiya-Rossiya prezidentlarining 2016 yil 9 avgustdan 2021 yil 29 sentyabrga qadar bo‘lgan uchrashuvlari 70 oy davomida 26 marta, ya’ni har ikki yarim oyda o‘rtacha bir marta bo‘lganini ko‘rsatdi.

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo‘limi raisi ustoz Mahmud Kor o‘zining Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi radiosi tomonidan tarqatilgan maqolasida quyidagilarni ta’kidladi:

«Erdogan Amerikaning Suriyada hech bir faoliyatiga ehtiyoj qolmaganini, endi Suriya mavzusi Turkiya-Rossiya hamkorligida hal etilishini aytib o‘tdi. Uning bu bayonoti Turkiyaning Suriya masalasida qanday siyosiy o‘yin olib borganini ochiq ko‘rsatib turibdi.

Turkiya Rossiya bilan Suriyada hamkorlik qilar ekan, siyosiy va iqtisodiy jihatdan Rossiyaga yon berishga to‘g‘ri kelyapti. Chunki Turkiya bu jarayonda «S-400» raketalarini sotib olish bilan hamda energetika shartnomasi orqali Rossiyaga milliardlab dollar to‘ladi va hamon to‘lashda davom etmoqda».

Ustoz Mahmud Kor quyidagilarni xulosa qildi:

«Xulosa qilib aytganda, AQShning yovuz niyatli rejasiga bo‘ysungan Turkiya Rossiya bilan bo‘lgan sheriklik narxini katta miqdorda to‘lab, buning hisobini turk xalqi elkasiga yuklamoqda».

Roya gazetasining 2021 yil 3 noyabr chorshanba kungi 363-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.