Islom qashshoqlik muammosini qanday hal qilgan?

291
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Islom qashshoqlik muammosini qanday hal qilgan?

Ustoz Mujohid Odam qalamiga mansub

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobotlaridan birida bunday deyiladi: «Er kurrasida 6 milliard inson yashaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi 4.3 milliard kishini tashkil qiladi. Ulardan uch milliardga yaqini qashshoqlik chegarasida yashamoqda, ya’ni ulardan har birining kunlik xarajati 2 AQSh dollarni, 1.2 milliardining xarajati esa, 1 dollardan ozroqni tashkil qiladi.

Buning muqobili o‘laroq, G‘arb statistik ma’lumotlariga ko‘ra, sanoati rivojlangan mamlakatlar butun dunyo imtiyozlarining 97 foiziga, transmilliy davlatlar kompaniyalari texnologiya, ishlab chiqarish va marketing afzalliklarining 90 foiziga ega. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi bevosita xorijiy investitsiyalar foydasining 80 foizdan ortig‘i 20ta boy davlatlarga ketmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda shuning guvohi bo‘ldikki,  aholining 33.3 foizi foydalanish uchun xavfsiz, sterillangan suv yoki toza ichimlik suviga ega emas, 25 foizining etarli uy-joyi yo‘q, 20 foizi eng oddiy tibbiy xizmatlardan mahrum, bolalarning 20 foizi maktabning beshinchi sinfigacha o‘qiydi, maktab o‘quvchilarining 20 foizi to‘yib ovqatlanolmaydi. Dunyodagi uchta eng boy odamning boyligi dunyodagi 48 nafar eng qashshoq mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotiga teng. Dunyodagi 200 nafar eng boy odamning boyligi dunyo aholisining 42 foizining daromadidan ko‘p».

Mana sizga dunyodagi kapitalistik iqtisod tuzumi natijalari. Xo‘sh, qashshoqlikni keltirib chiqargan kim ekan?! Shubhasiz, qashshoqlikni sun’iy kelib chiqishi kapitalistik iqtisod tuzumini tatbiq qilish orqali bo‘lmoqda. Kapitalizm bir guruh odamlarga, yirik sarmoyador va milliarderlarga xizmat qilyapti, oxir-oqibat bu boyliklar ularning bank raqamlarida to‘planib-g‘aram bo‘lib yotibdi. Vaqti-vaqti bilan ko‘zimizga tashlanayotgan BMT hisobotlari bizga bu tuzumning naqadar to‘ymas va manfur ekanini namoyon qilmoqda.

Amerikalik yozuvchi Rojer Terri o‘zining «Iqtisodiyot telbaligi» nomli kitobida bunday deydi: «Amerikada qandaydir xato borligini amerikaliklar bilishyapti, ammo bu xato nima va unga nima sabab bo‘lgan, buni anglolmayaptilar. Hammasidan ham yomoni, ular bu xatoni qanday tuzatish kerakligini tushunmayaptilar. Qo‘llaridan kelgan narsa bu kasallikni ko‘rsata biladilar, xolos. Aslida, echim deyilayotgan narsaning o‘zi dard ustiga chipqon bo‘lyapti. Chunki bu echimlar tuzum natijalarini o‘zgartirishga urinyapti, ayni natijalarni keltirib chiqargan tuzumni o‘zgartirishga emas. Muammo iqtisodiy tuzumni qanday tatbiq qilishda emas, chunki aynan shu tuzumning o‘zi muammo. Xato ushbu iqtisodiy tuzumning asosiy tarkibida. Ikkilamchi echimlar berish va natijalarga diqqat qaratish hargiz muammoni ketkazuvchi echim bo‘lolmaydi. Agar biz ideallarimizga erishmoqchi bo‘lsak, ayrim barglarni qaychilash bilan emas, muammolarni ildizi bilan qo‘pormog‘imiz darkor. Shuningdek, tuzumimizni boshqaradigan barcha asos va ikkilamchi masalalarni qanday bo‘lsa o‘shandek ochib berishimiz lozim».

Kapitalistlarning insonlar ishlariga g‘amxo‘rlik qilishdan o‘zlarini olib qochishlari ularning buzg‘unchi qarashlariga borib taqaladi. Ammo ularning bundan ham yomon, buzg‘unchi ko‘z-qarashlari bor. U ham bo‘lsa, tovar va xizmatlarning nisbiy tanqisligi mavjud, tovar va xizmatlar insonning fuqarolik hayoti darajasidan yuqori darajaga ko‘tarilgani sari ortib borayotgan yangi-yangi ehtiyojlarini qondirishga etmaydi, deb o‘ylashlaridir. Ular Alloh Taolo butun insoniyat uchun borliqda yaratib qo‘ygan boylik va resurslarni etarli emas, deya faraz qilishadi. Ularning da’vosicha jamiyat duch kelayotgan muammo mana shu. Mana shunday xato qarash ustiga undan ham xato va dahshatli qarashlarni qurishgan. Masalan, odamlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun boylikni qanday orttirishlarini nazorat qilish masalasida ma’lum qoidalarga ham kelishib olishgan. Shuning uchun tovar va xizmatlarni taqsimlash mexanizmiga narx-navoni asos qilishdi. Ularning da’vosicha, iste’mol va ishlab chiqarish o‘rtasidagi muvozanatni ham narx paydo qiladi va bu bilan kim tovarning narx-navosiga ega bo‘lsa, tovarning o‘ziga ega bo‘lishi mumkin bo‘ladi, binobarin, o‘z ehtiyojlarini qondira oladi. Shunday qilib, mana shunday qoidaga binoan, ya’ni narx-navoni tovarlarni taqsimlashga asos qilishga binoan, kapitalistik iqtisod tuzumida quyidagicha qaror qilingan bo‘ladi: tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishga o‘z hissasini qo‘sha olgan shaxsgina yashashga haqli, ammo zaif yaratilgani yoki keyinchalik zaiflik etgani bois bunga ojizlik qilsa, yashashga haqli bo‘lmaydi… Bunday holatda u o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun yurt boyliklarini qo‘lga kirita olmaydi, chunki u boyliklarning narxga ega emas. Haqiqatda ham shunday bo‘ldi, masalan, birgina AQShdagi kambag‘allar 38 milliondan oshib ketdi.

Islomga kelsak, u biror muammoni hal qilayotganda, unga inson muammosi, hal etishga muhtoj, degan e’tiborda qaraydi. Chunki Islom qashshoqlik muammosini juda aniq belgilagan hamda uni hal etish uchun tub echimlar ishlab chiqqan. Islom mol va manfaatlarni fuqaroning har bir shaxsiga taqsimlanmaganini muammo deb biladi. Ya’ni, muammo mamlakatning kambag‘alligi emas, shaxslarning kambag‘alligidir. Darhaqiqat, kambag‘al, miskin va musofir xususida kelgan oyat va hadislar talay va xilma-xil, chunki ularda aynan mana shu muammodir, uni albatta hal etish shart, deya diqqatni qaratgan. Bunga misol, Alloh Taolo bunday dedi:

وَأَطْعِمُوا البَائِسَ الْفَقِير

«Bechora kambag‘allarga ediringlar» [Haj 28]

وَمَا تُنفِقُوا مِنْ خَيْرٍ يُوَفَّ إِلَيْكُمْ وَأَنتُمْ لاَ تُظْلَمُونَ * لِلْفُقَرَاءِ الَّذِينَ أُحْصِرُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ

«Infoq qilgan har bir yaxshiligingiz sizlarga zulm qilinmagan holida o‘zingizga to‘la-to‘kis qaytariladi. (Sadaqa-ehsonlar) Allohning yo‘lida to‘silgan kambag‘allarga beriladi» [Baqara 272-273]

إِنَّمَا الصَّدَقَاتُ لِلْفُقَرَاءِ وَالْمَسَاكِينِ وَالْعَامِلِينَ عَلَيْهَا وَالْمُؤَلَّفَةِ قُلُوبُهُمْ وَفِي الرِّقَابِ وَالْغَارِمِينَ وَفِي سَبِيلِ اللَّهِ وَابْنِ السَّبِيلِ

«Albatta, sadaqalar (ya’ni, zakotlar) Alloh tomonidan farz bo‘lgan holda, faqat faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yig‘uvchilarga, ko‘ngillari (Islomga) oshno qilinuvchi kishilarga, bo‘yinlarni (qullarni) ozod qilishga, qarzdor kishilarga va Alloh yo‘lida (ya’ni, jihodga yoki hajga ketayotganlarga) hamda yo‘lovchi musofirlarga (berilur)» [Tavba 60]

مَّا أَفَاءَ اللَّهُ عَلَى رَسُولِهِ مِنْ أَهْلِ الْقُرَى فَلِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ وَلِذِي الْقُرْبَى وَالْيَتَامَى وَالْمَسَاكِينِ وَابْنِ السَّبِيلِ

«Alloh qishloq-shaharlarning (kofir) aholisidan O‘z payg‘ambariga o‘lja qilib bergan narsalar — toki sizlardan boy-badavlat kishilar o‘rtasidagina aylanib yuraveradigan narsa bo‘lib qolmasin uchun — Allohniki, payg‘ambarniki va (payg‘ambarning) qarindosh-urug‘lari, etimlar, bechora-miskinlar va yo‘lovchi-musofirlarnikidir» [Hashr 7]

إِن تُبْدُوا الصَّدَقَاتِ فَنِعِمَّا هِيَ وَإِن تُخْفُوهَا وَتُؤْتُوهَا الْفُقَرَاءَ فَهُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ

«Agar sadaqalarni oshkora holda bersangiz, juda yaxshi. Va agar maxfiy qilib, faqir-kambag‘allarga bersangiz – bu o‘zingiz uchun yanada yaxshiroqdir» [Baqara 271]

وَعَلَى الَّذِينَ يُطِيقُونَهُ فِدْيَةٌ طَعَامُ مِسْكِينٍ

«Ro‘za tutishga qiynaladigan kishilar bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz to‘laydilar» [Baqara 184]

أوْ إِطْعَامٌ فِي يَوْمٍ ذِي مَسْغَبَةٍ * يَتِيماً ذَا مَقْرَبَةٍ * أَوْ مِسْكِيناً ذَا مَتْرَبَةٍ

«Yoki ocharchilik kunida biron qardosh etimga yo muhtoj bechora-miskinga taom bermoq» [Balad 14-15]

Hadislarga kelsak, Rosululloh ﷺ bu haqda quyidagicha marhamat qildilar:

«وَأَيـُّمَا أَهْلُ عَرْصَةٍ أَصْبَحَ فِيهِمُ امْرُؤٌ جَائِعٌ فَقَدْ بَرِئَتْ مِنْهُمْ ذِمَّةُ اللهِ تَعَالَى»

«Oralarida och-nahor kishi bo‘la turib, to‘q holda tong ottirgan mahalla egalaridan Allohning zimmasi ko‘tarilgan bo‘ladi».

Infoq-xarajat, sadaqa va zakot ahkomlarini bayon qilgan hamda faqir, miskin, musofir va tilanchilarga g‘amxo‘rlik qilishga targ‘ib etgan ko‘plab hadislar borki, ularning barchasi shunga ochiq dalolat qiladiki, iqtisodiy muammo shaxslarning faqirligida, ya’ni, ularga yurtlari boyliklaridan o‘z ehtiyojlarini qondiradigan darajada ega bo‘lishlariga imkon berilmaganidadir. Shuning uchun, biz Xalifalik davlatini butun tarixi mobaynida, hatto og‘ir davrlarida ham ko‘chalarida tilanchilik qilgan gadoylar bo‘lmaganini, u o‘z fuqarolarini oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, ta’lim, davolanish va xavfsizlik kabi barcha asosiy ehtiyojlarini ta’minlab qo‘yganini guvoh bo‘lamiz. Bu Ummatning haqiqatda soliqchi davlat emas, g‘amxo‘r davlat bo‘lgan Xalifalik soyasida yashagan zamonlarda bo‘lgan.

Bugungi kunda esa, odamlarni tinkasini quritayotgan kapitalistik tuzum davrida biz davlatning asosiy vazifasi odamlarga zulm qilib, ezib, och qo‘yib, qalblaridan xotirjamlikni sug‘urib olishdan boshqa tashvishi yo‘qligiga guvoh bo‘lyapmiz. Misol uchun, Sudandagi o‘tish davri hukumati oilasini boqish uchun oltin qazib olayotgan konchilarni ta’qib qilib, investitsiya kompaniyalariga yurt boyliklarini tashib ketishlariga imkon yaratib berish uchun uy-joylaridan quvimoqda, ko‘plab yigitlarni ishsizlar armiyasiga safarbar qilmoqda. Shuningdek, bozorlardagi do‘konsiz sotuvchilarning mol-mulklarini musodara qilyapti, reydlar o‘tkazib, ularni quvg‘in qilyapti, bu reydlaridan hatto choy sotib yurganlar ham omon qilishmadi. Balki hukumat qilmishlari shu bilan to‘xtamay, odamlarni pensiyalarini ham qisqartirib, toqat qilib bo‘lmas darajaga etkazdi. Soliq va yig‘imlarni oshirdi, soliq tushumlarini ko‘paytirdi, asosiy tovar va xizmatlardan qo‘llab-quvvatlovni bekor qildi, qashshoqlikda bazo‘r kun kechirayotganimiz bir paytda, boyliklarimizdan istagancha foydalanishi uchun butun yurtimizni mustamlakachiga qo‘sh-qo‘llab topshirdi.

Bugun butun dunyo soliqchi emas, g‘amxo‘r davlatga muhtoj. Tinch, xotirjam, sokin, farovon va ko‘ngillar to‘q bir hayot beruvchi davlatga muhtoj. Bu esa, Allohga qasamki, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati tomonidan tatbiq etiluvchi Islom tuzumidagina bo‘ladi.

Roya gazetasining 2021 yil 27 oktyabr chorshanba kungi 362-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.