Ta’lim dasturini ilmoniylashtirish va g‘arblashtirish musulmon yurtlaridagi malay rejimlar siyosatining bir qismidir

178
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ta’lim dasturini ilmoniylashtirish va g‘arblashtirish musulmon yurtlaridagi malay rejimlar siyosatining bir qismidir

Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot bo‘limi o‘z bayonotida ta’lim vazirligi qarorini qoraladi. Qarorda erkak va ayol o‘qituvchilar uchun «gender» hamda «gender saqofatini ta’lim va maktab muhitiga integratsiya qilish» bo‘yicha trening dasturini amalga oshirish aytilgan.

2021 yil 16 oktyabrda nashr qilingan mazkur bayonotda bunday deyiladi:

«Birinchidan: Gender atamasi «erkak va ayollar o‘rtasidagi mutlaq tenglik» tarafdorlariga borib taqalib, o‘shalarning manyovridir. Ikkinchidan: Gender saqofati gomoseksualizmga asos soladi. Uchinchidan: Gender saqofati onalikni bekor qiladi. Gender saqofatining ahvoli shu ekan, vazirlik bu mafkurani shariat qonunlari bilan birlashtirishga harakat qilgan paytda, shariat ustidagi qaysi rioya haqida gapiryapti?! Bunday rasvo saqofatni ta’lim dasturiga qorishtirayotganini nima bilan oqlaydi?!».

Matbuot bayonotida Iordaniya ahliga bunday murojaat qilindi:

«Gender saqofati va tenglik kabi shiorlar ostida xotin-qizlar huquqini himoya qilishga qaratilgan bunday chaqiriqlar G‘arb boshchiligida muntazam ravishda olib borilayotgan fikriy, saqofiy va siyosiy kurashdan o‘zga narsa emas. Darhaqiqat, G‘arb Xalifalik davlatini ag‘darishi ortidan mana shu shiorlar orqali Islom Ummatini o‘z dini va masalasidan chalg‘itish uchun qattiq harakat qilib kelmoqda. Bundan musulmonlarning ijtimoiy hayotiga yorib kirish hamda musulmon oilani ayollarni buzish va butun musulmon avlodni yo‘ldan urish orqali vayron etish ko‘zlangan. Global darajadagi siyosiy sa’y-harakatlar bilan qo‘llab-quvvatlanayotgan hamda muslima ayollarni mana shunday tuzoqlar girdobiga tushirish uchun moliyalashtirilayotgan bunday kampaniyalardan ko‘zlangan maqsadlarni bugun Islom Ummati va uning ayollari to‘liq anglab etmoqda. Bu kabi ishlarning barchasi Iordaniya rejimining ko‘z o‘ngida, balki uning qo‘llab-quvvatlovi bilan amalga oshmoqda. Bir vaqtning o‘zida, bu rejim Islom da’vatini ko‘tarib chiqayotgan insonlarni ta’qib ostiga olib, tazyiq o‘tkazmoqda… Agar da’vat egalari fikriy va siyosiy faoliyat olib borayotgan siyosiy hizb safida Islomga chaqirsalar, rejim ularni hech taraddudlanmay qamoqqa oladi. Bir vaqtning o‘zida G‘arbning adashtiruvchi saqofiy hujumi hamda Islom va musulmonlarga dushman fikrlari yordamida Mustamlakachi davlatlarning Ummat ishlariga aralashishiga keng imkoniyatlar yaratib berilgan.

Roya gazetasining 2021 yil 27 oktyabr chorshanba kungi 362-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.