Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l loyihasi tayyor

309
0

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l loyihasi tayyor

 Xabar: Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l qurilish ishlari loyihasi tayyorlab qo‘yildi. Bu haqda 27 oktyabr kuni Qirg‘iziston hukumati raisi Akilbek Japarov Jogorku Keneshning yalpi majlisida aytib o‘tdi.

 “Vazirlar vertolyotda uchib hammasini ko‘rishdi, barcha zarur hujjatlarni tayyorlab bo‘lindi. Xitoy o‘z chegaralarini ochishi bilan, shu zahoti prezident Sadir Japarovning tashrifi kutilmoqda. Bu masalalar muhokama qilinib, echimi amalga oshadi”, – dedi Akilbek Japarov.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashrifda moliyalaviy jihatlari hal qilinishi ham nazarda tutilgan. Shuningdek, Qirg‘iziston hududidan 280 kilometrga cho‘zilgan temir yo‘lning, 57 kilometri tonnellarga to‘g‘ri keladi.

 Izoh: “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish tashabbusi 2000-yillarning boshlarida ko‘tarilgandi. Ammo bu loyiha Rossiyaning mintaqadagi manfaatlariga zid kelganligi sababli shu vaqtga qadar amalga oshmay keldi. Xitoy mablag‘i evaziga quriladigan yangi temir yo‘l loyihasi Xitoyning O‘rta Osiyodagi nufuz ko‘lamini yanada kuchaytiradi. Bu esa mintaqada o‘zini yakka hokim sifatida ko‘rishga odatlangan Rossiya uchun istalmagan holat. Shu sababli ham Rossiya yo‘l qurilishi qarshilik qilib keldi. Xitoy-Rossiya muzokaralari natijasida loyihada Rossiya ham ishtirok etishi va temir yo‘l uning nazorati ostida bo‘lishi sharti bilan rozi bo‘ldi. Xitoy tomonidan uning talablari qisman qabul qilinganidan so‘ng, 2019-yili Rossiya loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun 200 million rubl ajratdi. Shundan so‘ng loyihani amalga oshirish ishlari qayta jonlandi.

 Aslida temir yo‘l O‘rta Osiyo mamlakatlari uchun manfaatli. Chunki u dunyoda dengiz orqalik amalga oshiriladigan yuk tashishdan keyingi o‘rinni egallab turgan strategik ahamiyatga ega va tannarxi arzon yo‘nalish hisoblanadi. Ammo kufr tuzumi musulmon o‘lkalari, jumladan, bizning yurtlar manfaatlariga mustamlakachilik ko‘zi bilan qaraydi.

Turkiston (izoh arxivdan)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.