Hizb ut-Tahrir – Bangladesh Modi hukumatining Assamdagi musulmonlarga nisbatan jinoyatlariga qarshi namoyish uyushtirdi

75
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Bangladesh Modi hukumatining Assamdagi musulmonlarga nisbatan jinoyatlariga qarshi namoyish uyushtirdi

2021 yil 8 oktyabrda juma namozidan so‘ng Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati poytaxt Dakka bilan Chittagon shahrida norozilik namoyishlari uyushtirdi. Namoyishlar ekstremist Modi rejimining Hindistondagi Assam viloyatining shimoliy sharqida yashovchi musulmonlar mahallasiga qarshi sodir etgan dahshatli jinoyatlariga qarshi o‘tkazildi. Namoyishlarda nutq so‘zlovchilar quyidagilarni ta’kidladilar:

«Butun Hindistondagi, xususan Kashmir va Assamdagi musulmonlarning qirg‘in va repressiya qilinishi yangilik emas…».

«Modi hukumatining bu jinoyatlari Britaniya mustamlakachiligining davomi bo‘lib, bu faqatgina amerikacha yangi ko‘rinishda olib borilmoqda, xolos…».

«Modi rejimi jinoyatlariga musulmon yurtlaridagi zararkunanda hukmdorlarning sukut qilishlari g‘ayritabiiy hol emas. Chunki ular mustamlakachilarga malaydirlar. Shuning uchun bu shayxa Hasina va Imron Xon kabi xoin hukmdorlarning og‘izlariga tolqon solib olishlari ham tabiiy. Chunki ular salibchi G‘arbning yuvindixo‘rlaridir…».

«Shuni takror eslatamizki, barcha musulmonlarning Hindistonga yordam berib, ularning muqaddas dargohlarini himoya qilishlari barchalarining burchidir. Shuningdek, Bangladeshdagi kuch-qudrat ahlining Hindistondagi musulmonlarga nusrat qo‘lini cho‘zish hamda hindular davlati qo‘rg‘onini tor-mor etish sari o‘z armiyalarini safarbar qilish qo‘llaridan keladi. Hatto nafaqat Kashmir va Assam, balki shu bilan birga, butun Hind yarim orolini Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik bayrog‘i ostida Islom bag‘riga qaytarishga qodirdirlar.

Roya gazetasining 2021 yil 20 oktyabr chorshanba kungi 361-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.