Vaktsinalar urushi

235
0

Vaktsinalar urushi

 Xabar: Koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaktsinasi bilan emlanganlar Haj va Umra ziyoratini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga kira olmaydi. Bunga mazkur vaktsinaning JSST tomonidan ro‘yxatga olinmagani, shu vajdan preparat Saudiya rasmiylari tarafidan tan olinmayotgani sabab bo‘lmoqda.

 Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov Vaksinauz Telegram-kanali foydalanuvchilaridan birining bunga oid savoliga javob berarkan, ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasini JSTTdan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kerakli hujjatlar taqdim etilganini bildirgan.

 “Agar JSST ushbu vaktsinani tan olib, e’tirof etadigan bo‘lsa, bu masala tabiiyki echiladi. Hozirda diniy qo‘mita tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni tan olish masalasida muzokaralar olib bormoqda”, – degan N. Otabekov.

 Riyod tomonidan tan olingan vaktsinalar orasida Pfizer/BioNTech (AQSh/Germaniya), AstraZeneca (Britaniya), Moderna (AQSh) va Johnson & Johnson (AQSh) preparatlari bor.

 Izoh: Koronavirus pandemiyasi dunyoga hukmronlik qilayotgan mustamlakachi davlatlar va ularning rahnamolari bo‘lgan yirik kapitalistlar uchun daromad manbaiga aylanib ulgurdi. Mustamlakachi davlatlar yangi bozor uchun raqobat qilayotgan kapitalistlarga boshqa davlatlar eshiklarini ochib berish uchun faqat o‘zlarida ishlab chiqarilgan va AQSh qo‘lidagi qurol bo‘lgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tan olingan vaktsina bilan emlanganlarnigina o‘z mamlakatlari hudidiga kirishiga ruxsat berib, o‘zlariga malay hokimlardan ham shunday qilishni talab qilishmoqda.

 Masalan, AQSh Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari nazorati boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan va JSST ma’qullangan – Pfizer va BioNTech, Moderna hamda Johnson & Johnson dan boshqa vaktsina olganlarni mamlakat hudidiga kirishini taqiqlab qo‘ydi. JSST esa olti vaktsinani ma’qullagan: Pfizer va BioNTech, AstraZeneca, Hindistonning Serum, Johnson & Johnson, Moderna va Xitoyning Sinopharm kompaniyalari ishlab chiqargan vaktsinalar shular jumlasidandir.

 Shuningdek, Evropa Ittifoqi ham ittifoq hududida ro‘yxatdan o‘tgan vaktsinalardan biri bilan emlanganlar qabul qilinish bo‘yicha qaror chiqardi: Bular – BioNTech/Pfizer, Moderna, AstraZeneca va Johnson & Johnson vaktsinalaridan iborat.

 Evropa Ittifoqi Rossiya va Xitoy vaktsinalarini Evropa aholisini emlash uchun ishlatiladigan dorilar ro‘yxatiga kiritishni istamasligini e’lon qildi.

 Evropa Komissiyasi vakili Erik Mamer esa emlash strategiyasiga faqat Ittifoq hududida ishlab chiqarilgan dorilar kiradi, dedi.

“Biz vaktsinalarni etkazib berish bo‘yicha shartnomalarni faqat Evropa Ittifoqida vaktsinani ishlab chiqaradigan mamlakatlar bilan imzolaymiz va biz Rossiya yoki Xitoy bilan muzokaralar olib bormaymiz. Ular hech qachon Evropa Ittifoqining emlash strategiyasining bir qismi bo‘lmaydi”, – dedi Mamer.

 Mustamlakachi davlatlar qo‘llab-quvvatlashi natijasida farmatsevtika kompaniyalari ulkan daromadlarni qo‘lga kiritishmoqda. “The People’s Vaccine Alliance” harakati hisobotida keltirilishicha, koronavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqargan farmatsevtika kompaniyalar daromadi sababli dunyoda to‘qqizta yangi milliarder paydo bo‘lgan. Ushbu yangi millarderlar safida Xitoyning “CanSino Biologics” kompaniyasining uch nafar ta’sischisi, Amerikaning “Moderna” kompaniyasining to‘rt vakili, “BioNTech” kompaniyasi rahbari va ispaniyalik “Rovi” farmatsevtika kompaniyasining bosh direktori kirtilgan. Bu milliarderlarning umumiy boyligi 19,3 milliard dollarga etgan.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.