Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati (6-qism)

217
0

Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati (6-qism)

Amirga itoat etish faqat o‘sha amirning o‘zigagina itoat etishga cheklanmaydi. Balki, u amir ta’yin etgan mas’ullarning barchasiga itoat etishni ham o‘z ichiga oladi. Negaki, musulmonlarning davlat raisi sifatida Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – mana bunday marhamat qilganlar;

ومَن أطاعَ أمِيرِي فقَدْ أطاعَنِي، ومَن عَصَى أمِيرِي فقَدْ عَصانِي

“ … va kim mening amirimga itoat qilsa, bas menga itoat qilganidir, kim mening amirimga osiylik qilsa,  bas menga osiylik qilganidir”. Buxoriy rivoyati.

Omm yoki xoss amir bo‘lishidan qat’i nazar, zolim amirga itoat qilish uning zulmiga taslim bo‘lishni yoki uning shariatga qarshi chiqishidan sukut saqlashni anglatmaydi. Balki, Islom ushbu itoat bilan birgalikda amirlarni qattiq muhosaba qilishga ham targ‘ib etadi. Alloh ta’olo aytadi;

كُنتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ

“Sizlar insonlar uchun chiqarilgan ummatning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Sizlar ma’rufga buyurasizlar, munkardan qaytarasizlar va Allohga iymon keltirasizlar”. [3:110].

وَلْتَكُن مِّنكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى الْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ ۚ

“Sizlardan yaxshilikka da’vat qiladigan, ma’rufga buyuradigan va munkardan qaytaradigan bir ummat-jamoat bo‘lsin”. [3:104].

وَالْمُؤْمِنُونَ وَالْمُؤْمِنَاتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ ۚ يَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ

“Mo‘’min va mo‘’minalar bir birlarining do‘stlaridirlar, ular ma’rufga buyuradilar va munkardan qaytaradilar”. [9:71].

Rasulullolloh sallollohu alayhi va sallam aytadilar;

من رأى منكم منكراً فليغيره…

“Sizlardan kimingiz munkarni ko‘rsa, bas uni o‘zgartirsin….”. Muslim rivoyati.

لَتَأْمُرُنَّ بالْمَعْرُوفِ، ولَتَنْهَوُنَّ عَنِ المُنْكَرِ، أَوْ لَيُوشِكَنَّ اللَّه أَنْ يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عِقَابًا مِنْهُ، ثُمَّ تَدْعُونَهُ فَلا يُسْتَجابُ لَكُمْ

“Albatta sizlar ma’rufga buyurasizlar, munkardan qaytarasizlar yoki albatta Alloh ta’olo sizlarga o‘zi tomonidan bo‘lgan azobni tezlashtiradi. So‘ngra sizlar duo qilasizlar, oqibatda duolaringiz ijobat bo‘lmaydi”. Termiziy rivoyati.

  كَلَّا، وَاللَّه لَتَأْمُرُنَّ بِالْمَعْرُوفِ، وَلَتَنْهَوُنَّ عَنِ الْمُنْكَرِ، ولتَأْخُذُنَّ عَلَى يَدِ الظَّالِمِ، ولَتَأْطرُنَّهُ عَلَى الْحَقِّ أَطْرًا، ولَتَقْصُرُنَّهُ عَلَى الْحَقِّ قَصْرًا

“Yo‘q! Allohga qasamki, sizlar albatta ma’rufga buyurasizlar, munkardan qaytarasizlar, sizlar albatta zolimning qo‘lidan tutasizlar va albatta uni haqqa bo‘ysudirasizlar va haqqa cheklaysizlar”. Abu Dovud rivoyati.

Amirlarni muhosaba qilish vojibdir. Har qanday jamoat ma’siyat va kufrdar boshqa o‘rinda amiriga itoat etishi vojib bo‘lgani kabi, o‘ziga amir etib olgan amirni – xoh u omm bo‘lsin, xoh xoss bo‘lsin – muhosaba qilishi ham lozimdir. Agar amir etib saylaganlar amirni muhosaba etishda no‘noqlik qilsalar ham, ma’ruf ishlarda amirga itoat qilmasalar ham va uning itoatidan bo‘yin tovlasalar ham birday gunohkor bo‘ladilar. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – aytadilar;

 من خلع يدًا من طاعة الله لقي الله يوم القيامة، لا حجة له

“ Kim itoatdan bo‘yin tovlasa u Qiyomat kuni Alloh ta’ologa hujjatsiz yo‘liqadi”. Muslim rivoyati. 

Zero, itoatda jamoatning vujudini saqlab qolish hamda amirga ko‘mak ko‘rsatish xosiyati bor. Muhosabada esa, shar’iy tariqat asosida to‘ppa to‘g‘ri yurish kafolati bor.

Xalifa yoki undan boshqa maqomdagi amirni hokimiyatdan bo‘shatashning ikki holati mavjuddir:

Birinchisi; agar amirning ahvoli o‘zgarib, uni amirlikdan chiqarib yuboradigan darajaga tushib qolsa, u amirlikdan chetlatiladi.  Bu holda garchi uning hokimiyatdan ketishi haqida hukm chiqmagan bo‘lsa ham, uning xolatini o‘zi shu ondan e’tiboran uni mas’uliyatidan chetlatidi. Natijada unga itoat qilish vojib bo‘lmay qoladi va uning farmonlari ham ijro etilmaydi. Masalan, agar u Islomdan qaytib, murtad bo‘lsa yoki butunlay aqldan ozib, majnun bo‘lib qolsa yoki dushman qo‘liga asir tushib, mahbus bo‘lib, bu tutqinlikdan qutulishning umuman chorasi bo‘lmasa, amir hokimiyatdan ketadi. Chunki, qayd etilgan mana bu uchta holat, uchta sifatning har biri amirlik aqdiga va uning ruknlariga xilofdir. Bunga o‘xshagan holatlar mavjud bo‘lgan paytda amirlik aqdi botil bo‘ladi. Shuning uchun amir etib saylovchi mo‘minlar bunday amirning itoatidan ozod bo‘ladilar.

Ikkinchi holat: amirning iste’fosi vojib bo‘lib qoladigan holat. Bu holda amirning ahvoli o‘zgarib, bu o‘zgarish uni amirlikdan chiqarib yubormaydi, lekin uning amirlikda qolishi ham shar’an joiz bo‘lmay qoladi. Masalan, uning fosiqligi aniq bo‘lib qolsa yoki uning ustiga bir zo‘rovon hukmron o‘tirib olib, uning amirlik ishlarini yuritishiga mon’nelik qilsa, natijada u amirlik vazifalarini bajarishdan ojiz bo‘lib qolsa yoki u ayol  kishiga aylanib qolsa yoki erkak yoki ayolligini ajratib olish  mushkil bo‘lgan xunasaga aylanib qolsa, bunday amirning hokimiyat tepasida qolishi shar’an joiz bo‘lmay qoladi. Biroq, qayd etilgan mazkur holatlarning qaysi biri yuzaga kelgan bo‘lsa, shu yuzaga kelgan holat bo‘yicha, uning haqiqatdan ham sodir bo‘lganligi  xaqida isbot kerak bo‘ladi. Uning isboti esa, shari’at amir ustidan qilingan shikoyatni va uning iste’fosini qarab chiqish salohiyatini bergan tashkilot oldida echiladi.

Mana bu yuqorida qayd etilganlar  amirlik ahkomlariga, hizb amiriga itoat qilishga hamda hizb tabanniy qilgan ahkomlar, fikrlar va ray’larni tabanniy qilishga, amirga qarshi chiqish yoki uning amirligidan chiqishga yoki amirning iste’foga chiqishiga aloqador bo‘lgan fikrlardir. Ammo tabanniydan boshqa o‘rinlarda esa, har bir muslimdan – u hizb a’zosi bo‘ladimi yoki  yo‘qmi – o‘zi bajarayotgan har bir ishning yoki hayotda o‘zi muhtoj bo‘ladigan har bir narsaning shar’iy hukmini bilishi talab etiladi. Hizb bu hukmni tabanniy qaladimi, yo‘qmi buning e’tibori yo‘q. Chunki, hizbning o‘ziga lozim bo‘ladigan muayyan fikr va ahkomlarni tabanniy qilishi musulmondan – shaxs sifatida – faqat mana shu ahkomlargina talab qilinishini anglatmaydi. Balki, musulmon uchun – u hizbiy bo‘lsin yoki bo‘lmasin –  shaxs sifatida lozim bo‘ladigan fikrlar, ray’lar va ahkomlardan boshqa ahkomlar ham (jamiyatni)o‘zgartirish va uyg‘onish uchun harakat qilayotgan siyosiy hizb  uchun lozim bo‘lishini anglatadi.  

Ikkinchi bosqich

  Tafo’ul bosqichi; (Ummatga ishlash va unga ta’sir o‘tkazish bosqichi)  Ushbu bosqich quyidagi yo‘nalishlarda yuradi;

Nuqtatul intiloq(yoyilish nuqtasi). Ushbu bosqichning amallari;

Murakkaz saqofat berish.

Jamoiy saqofat berish.

Kufr rejalarini fosh qilish.

Ummat manfa’atlarni tabanniy qilish va so‘ngisi;

Nusrat talab qilish.

a) nuqtatul intiloq: (yoyilish nuqtasi): Hizb ko‘tarayotgan mabda’ hizb a’zolarida shakllanib, ushbu mabda’ning fikrlari hizb a’zolarining oldida tushinchalarga aylangandan keyin hizbiylar hayotda mana shu tushunchalar asosida yuradilar. Mana shundan keyin ushbu tushunchalar tabiiy ravishda jamiyatga ham ko‘chadi. Chunki, INSON hayotini tartibga soladigan mabda’ga iymon keltirgandan keyin bu mabda’ uning ichida saqlanib qolishi mumkin emas, bil’aks, bu mabda’ uning ichida portlaydi va atrofdagi insonlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ana endi, ushbu mabda’ni ko‘tarib chiqayotgan kuch o‘zgartirish uchun harakat qilayotgan SIYoSIY HIZB bo‘lsa qanday bo‘lishini bir tasavvur qilib ko‘ring!

Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – o‘zlariga iymon keltirgan kishilarni islomiy saqofat bilan saqofatlaganlaridan keyin Alloh ta’oloning mana bu oyatlari nozil bo‘ldi;

وَأَنذِرْ عَشِيرَتَكَ الْأَقْرَبِينَ

“ Va eng yaqin(qondosh-urug‘, yoru-do‘st)laringizni oxirat azobidan ogohlantiring”.

فَاصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ وَأَعْرِضْ عَنِ الْمُشْرِكِينَ

“ Bas, buyurilgan narsangizni ochiq oydin ayting va mushriklardan yuz o‘giring”. [15:94].

Mana shundan keyin Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning intiloq nuqtasi Makka jamiyatiga qaratildi. Ular jam’ bo‘lib turganlarida ularga mana bunday xitob qildilar;

يَا مَعْشَرَ قُرَيْشٍ، اشْتَرُوا أَنْفُسَكُمْ ، لاَ أُغْنِي عَنْكُمْ مِنَ اللَّهِ شَيْئًا ، يَا بَنِي عَبْدِ مَنَافٍ لاَ أُغْنِي عَنْكُمْ مِنَ اللَّهِ شَيْئًا ، يَا عَبَّاسُ بْنَ عَبْدِ الْمُطَّلِبِ لاَ أُغْنِي عَنْكَ مِنَ اللَّهِ شَيْئًا ، وَيَا صَفِيَّةُ عَمَّةَ رَسُولِ اللَّهِ لاَ أُغْنِي عَنْكِ مِنَ اللَّهِ شَيْئًا ، وَيَا فَاطِمَةُ بِنْتَ مُحَمَّدٍ سَلِينِي مَا شِئْتِ مِنْ مَالِي لاَ أُغْنِي عَنْكِ مِنَ اللَّهِ شَيْئًا

“Ey Quraysh jamoati! O‘z jonlaringizni o‘zingiz sotib olinglar. Men sizlarni Allohdan aslo qutqara olmayman. Ey bani Abdu Manof, men sizlarni Allohdan aslo qutqara olmayman. Ey Abbos ibn Abudul-Muttalib, men sizni Allohdan aslo qutqara olmayman. Ey Rasulullohning ammasi Sofiya,  men sizni Allohdan aslo qutqara olmayman. Ey Fotima binti Muhammad, hohlaganingizcha molimdan so‘rang, lekin men sizni ham Allohdan aslo qutqara olmayman”. Buxoriy va Muslim rivoyati.

So‘ngra Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – makkaliklarning but-sanamlariga  va Makka zodagonlariga hamda ularning yomon odatlariga qarshi hujumga o‘tdilar. Shunday qilib Islom fikrlari kufr fikrlari bilan yakkama-yakka kurasha boshladi.

b) tafo’ul bosqichining amallari;

Murakkaz saqofat berish.

Jamoiy saqofat berish.

Ummat manfaatlarini tabanniy qilish.

Kufr rejalarini fosh qilish, so‘ngra;

Nusrat talab qilish.

Murakkaz saqofat:

Murakkaz  saqofat ushbu bosqichda ham hizbning fikriy va siyosiy vujudini muhofaza qilish uchun hamda davlat qurilishidan oldin ham, davlat qurilgandan keyin ham Ummatni etaklashga qodir bo‘lgan mumtoz islomiy shaxsiyatlarni paydo qilishda to‘xtamaslik uchun xuddi sobiq bosqichdagi kabi davom etadi.

Jamoiy saqofat berish:

Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ushbu bosqichda sahobalarga islomiy saqofat berishlari qatoriga o‘zlari yashayotgan jamiyat uchun ham jamoiy saqofat berishni qo‘shdilar. Buning uchun haj mavsumlarida, ommaviy joylarda Islom fikrlaridan so‘z ochib, johiliyat e’tiqodlarining va johiliy fikrlarning xato ekanligini insonlarga tushintira boshladilar.  Bu esa, o‘z-o‘zidan Islom fikrlari bilan kufr fikrlari orasida qarama-qarshiliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu qarama-qarshiliklardan esa, ayrim mushriklarning Islomga kirishi, ayrimlarining esa, sarkashliklari ortib, o‘zlarining kufrlarini yanada mahkamroq ushlashlariga olib keldi. Bu esa, ikki taraf orasidagi kurashni keltirib chiqardi. Natijada, mushriklar Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ga va musulmonlarga turli xil ozorlarni bera boshladilar. Bu orada nafaqat arab yarim oroli, balki Rum va Fors ham Islom da’vatini eshitib ulgirdilar.

Intiloq nuqtasidan keyin va jamiyatga kirishilgandan keyin hizbning Ummat va shaxslarning siyosiy va fikriy onginini o‘stirish uchun Ummat manfaatlarini tabanniy qilish, kufr rejalarini fosh qilish kabi hamda hizbiylarga murakkkaz saqofat berish bilan bir qatorda jamoiy saqofat bilan ham shug‘illanish kabi siyosiy ishlarni amalga oshirishi natijasida jamiyatning ushbu da’vat fikrlariga nisbatan reaktsiyasi boshlanadi. Bu esa, jamiyatda mavjud bo‘lgan mag‘luta-chalg‘itilgan fikrlar bilan hizb da’vat qilayotgan Islom fikrlari orasida o‘zaro qarama-qarshiliklarning vujudga kelishiga olib keladi. Hizbning bundan ko‘zlagan maqsadi Ummatni Islom qozoniga solib eritish va undagi ray’lar, fikrlar va e’tiqodlarni hizb tabanniy qilgan yo‘sinda birlashtishdir. Shunda hizb uchun ommaviy tayanch(Ummat tayanchi) barpo bo‘ladi hamda hizb fikrlariga nisbatan umumiy ongdan kelib chiqqan ra’yi omm vujudga keladi. Bundan ko‘zlangan maqsad esa, saltanatni egallash va hukmni qo‘lga olishdir. Boshqacharoq aytganda, Islomga bo‘lgan ishonchi uyg‘onib, hizbni qabul qilganidan keyin Ummat o‘zining ustida Islom bilan hukm yuritish uchun o‘z tizginini hizbga topshirishi lozim.  Rasululloh – sallollohu alyhi va sallam – Madiniga elchi qilib yuborgan Mus’ab ibn Umayr – roziyalLohu anhu – xuddi mana shu ishni qilganlar. U Islom asosidagi umumiy asosni hamda Islomga bo‘lgan umumiy ongdan kelib chiqqan ra’yi ommni paydo qilib olganlaridan keyin Madinadagi musulmonlar o‘zlarining ustilarida Islom bilan hukm yuritishlari uchun Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning o‘z yurtlariga kelishlarini intiqlik bilan kutishardi. Hatto yahudiy va mushriklardan birortasi Madinada yuzaga kelgan ra’yi ommdan qo‘rqib, o‘zining adovatini ochiq e’lon qilishga jur’at eta olishmagan.

Jamoiy saqofat berish hizbdan insonlarga o‘zi tabanniy qilgan fikr va ahkomlarni masjidlarda, televideniya va radioda, bozorlarda va shunga o‘xshash joylarda ochiqchasiga va jur’at bilan xitob qilishni talab qiladi. Hizb o‘zini bu xitobida insonlarni Islom davlatini qurish orqali islomiy hayotni boshlashning shar’iy tariqati bo‘yicha amal qilishga chaqiradi. Buning uchun u ma’ruza, lektsiya, kitob va nashralar kabi barcha muboh uslub va vositalarni ishga soladi. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – Alloh ta’oloning;

فَاصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ وَأَعْرِضْ عَنِ الْمُشْرِكِينَ

“Bas, o‘zingizga amr etilgan narsani ochiq ayting va mushriklardan yuz o‘giring”, – degan oyati nozil bo‘lgandan keyin o‘zlarining qarindosh-urug‘lariga Islom xaqida ochiqchasiga ayta boshlaydilar. Turli qabilalarga kelib, ularning o‘z manzillarida, bozorlarda va haj mavsumlarida ularga aytardilar;

 يا بني فلان ، إني رسول الله إليكم ، يأمركم أن تعبدوا الله ولا تشركوا به شيئا ، وأن تخلعوا ما تعبدون من دونه من هذه الأنداد ، وأن تؤمنوا بي ، وتصدقوا بي ، وتمنعوني ، حتى أبين عن الله ما بعثني به.

“Ey falonchi qavm! Albatta men sizlarga yuborilgan Allohning elchisidirman. Alloh sizlani faqat O‘zigagina ibodat qilishingizga va Unga xech narsani sherik qilmasligingizga buyuradi. Allohni o‘rniga sizlar sig‘inayotgan mana bu butlardan voz kechib, menga iymon keltirishingizga, meni payg‘ambar ekanimni tasdiqlashingizga va to Alloh menga yuborgan narsani bayon qilib bergunimga qadar meni himoya qilishingizga chaqiradi”.

Hamda ularga Qur’on tilovat qilib berardilar. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning Mus’ab ibn Umayr, Abu Zarr al-G‘iforiy va Tufayl ibn Amr kabi Makkaning tashqarisiga yuborgan elchilari ham xuddi Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – qilgan ishni qilardilar. Hatto Islom zikri ochiqchasiga qilingan da’vat bilan jamoiy saqofat berish natijasida tujjorlar, hojilar va musofirlar orqali Shom o‘lkasida Rumgacha va Iroq o‘lkasida Forsgacha etib boradi. Bu da’vat Madinai Munavvarada Mus’ab ibn Umayrning qo‘li ostida mislsiz muvaffaqiyatga erishdi. Xatto Islom zikri  Madinaning har bir xonadoniga kirib bordi. Natijada, Islomga kirganlar uchun Islom xalq talabiga aylandi. Imomi Ahmad Jobirdan chiqargan hadisda aytadi;

فأتمرنا واجتمعنا وقلنا: حتى متى رسول الله صلى الله عليه وسلم يطرد في جبال مكة ويخاف؟ فرحلنا حتى قدمنا عليه في الموسم، فواعدنا بيعة العقبة…

“Bizlar kengashib, bir joyga yig‘ildik va; Allohning elchisi qachongacha Makka tog‘larida quvg‘inda yuradi va qachongacha xavf ostida bo‘ladi, – dedik. Shundan keyin bizlar safarga otlanib, haj mavsimida u zotga keldik. Natijada, aqaba bay’atiga kelishib oldik”.  Ahmad rivoyati.

Da’vatni etkazuvchilar murakkaz saqofatda Mus’ab ibn Umayr – roziyalLohu anhu – etgan muvafaqiyatga erishishlari uchun ular bugungi kunda mavjud bo‘lib turgan “dinni davlatdan ajratish” va  kommunistik aqidasi kabi Islomga umuman qarama-qarshi bo‘lgan aqidalarga hamda ilmoniylik, millatchilik, vatanparvarlik kabi chalg‘ituvchi fikrlarga, demokratiya, qoloqlashish, terrorchilik kabi din dushmanlar Islomga yopishtirmoqchi bo‘layotgan o‘ta tor, sayoz fikrlarga qarshi turmoqliklari vojib bo‘ladi. Mana bularning barchasiga, har biriga o‘ziga mos bo‘lan uslublarni qo‘llagan holda hech qanday tilyog‘lamalik va aldamchilik yo‘li bilan emas, balki ochiqdan-ochiq qarshilik qilish lozim. Bunday hollarda qanday yo‘l tutishni bizlarga Qur’oni Karim va Allohning elchisi Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – ta’lim berganlar. Alloh ta’olo aytadi;

وَلَا تُجَادِلُوا أَهْلَ الْكِتَابِ إِلَّا بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِلَّا الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْهُمْ

“Ahli kitob bilan faqat eng chiroyli bo‘lgan narsa bilan mujodala qilinglar-tortishinglar. Magar, ulardan zulm qilganlar bundan mustasno”. [29:46].

Ulardan zulm qilganlariga Allohning mana bu so‘zida kelganidek aytiladi;

لعن الذين كفروا من بني إسرائيل على لسان داود وعيسى ابن مريم، ذلك بما عصوا وكانوا يعتدون،

“Banu Isroildan kofir bo‘lgan kimsalar Dovud va Iyso ibn Maryam tillarida la’natlandilar. Bunga ularning osiyliklari sabab bo‘ldi”. [5:78].

Alloh ta’olo nasorolar xaqida aytadi;

لَّقَدْ كَفَرَ الَّذِينَ قَالُوا إِنَّ اللَّهَ ثَالِثُ ثَلَاثَةٍ

“Albatta Alloh uchtaning uchinchisidir, deb aytgan kishilar haqiqatan kofir bo‘ldilar”. [5:73].

Alloh ta’olo ularga do‘st bo‘lib yurganlar xaqida ham mana bunday degan;

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا الْيَهُودَ وَالنَّصَارَىٰ أَوْلِيَاءَ ۘ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ ۚ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمْ فَإِنَّهُ مِنْهُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ

“Ey iymon keltirgan mo‘’minlar! Yahud va nasorolarni aslo do‘st tutmanglar. Ularning ayrimlarining do‘stlari ayrimlarining do‘stlaridir. Sizlardan kim ularni o‘ziga do‘st tutsa, bas u ulardandir. Albatta Alloh zolim qavmni hidoyat qilmaydi”. [5:51].

Darhaqiqat, Alloh ta’olo g‘ayri musulmonlarning mavqifini ularning musulmonlarga qilgan muomalasiga qarab belgilab bergan va shuning uchun ularni ikki qismga bo‘lgan. Alloh ta’olo aytadi;

لَّا يَنْهَاكُمُ اللَّهُ عَنِ الَّذِينَ لَمْ يُقَاتِلُوكُمْ فِي الدِّينِ وَلَمْ يُخْرِجُوكُم مِّن دِيَارِكُمْ أَن تَبَرُّوهُمْ وَتُقْسِطُوا إِلَيْهِمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُقْسِطِينَ (8) إِنَّمَا يَنْهَاكُمُ اللَّهُ عَنِ الَّذِينَ قَاتَلُوكُمْ فِي الدِّينِ وَأَخْرَجُوكُم مِّن دِيَارِكُمْ وَظَاهَرُوا عَلَىٰ إِخْرَاجِكُمْ أَن تَوَلَّوْهُمْ ۚ وَمَن يَتَوَلَّهُمْ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ

“Alloh ta’olo sizlarni dinda sizlarga qarshi kurashmaydigan va sizlarni o‘z yurtlaringizdan chiqarib yubormaydigan kishilarga yaxshilik qilishingizdan va ularga adolat qilishingizdan qaytarmaydi. Albatta Alloh adolat qilguvchilarni yaxshi ko‘radi. Balki, Alloh sizlarni dinigizda sizlarga qarshi kurashadigan va sizlarni o‘z yurtlaringizdan chiqarib yuboradigan va sizlarni yurtingizdan chiqarib yuborishga yordam beradigan kishilar bilan do‘st bo‘lishingizdan qaytaradi. Bas, kim ularga do‘st bo‘lsa, ana ular zolimdirlar”. [60:8-9].

G‘ayri musulmonlarning ba’zilariga yaxshilik va adolat bilan muomala qilamiz. Ular bizlarning oramizda yashaydilar va bizlarga adovat ko‘rsatmaydilar. G‘ayri musulmonlarning ba’zilari bilan esa, do‘stlashish mumkin emas. Ular musulmonlarga adovat qiladilar, musulmonlarga va ularning dinlariga qarshi til biriktiradilar. Ular bugungi kundagi yahudiylar kabi musulmonlarni o‘z yurtlaridan chiqarib yuboradilar. Ular amerikaliklar, inglizlar va boshqalar kabi musulmonlarni o‘z yurtlaridan chiqarib yuborishlariga yordam beradilar.

(«Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati» kitobidan). (davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.