Qirg‘iziston Xitoy bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

122
0

Qirg‘iziston Xitoy bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

 Xabar: Qirg‘iziston Xitoy bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi. 15- oktyabr kuni Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imankulov Xitoy tashqi ishlar vazirligining tashqi xavfsizlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Chen Gopin bilan bu masalani muhokama qildi.

 Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyati tarqatgan rasmiy bayonotga ko‘ra, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratilgan.

 Video konferentsiya formatida o‘tgan uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilingan va terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash, kiberxavfsizlik bo‘yicha hamkorlik haqida fikr almashilgan. Uchrashuvning boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan.

 Izoh: 2022-yilning bahor oyidan boshlab “Xavfsiz shahar-2” loyihasini yutgan Xitoyning “Shenzhen Sunwin” kompaniyasi ettita viloyat, ikkita yirik shahar, 15 kichik shaharcha va 73ta aholi punktlariga jami 306ta video kuzatuv uskunalarini o‘rnatadi. Kameralar yo‘ldagi qoidabuzarliklarni qayd qiladi va ma’lumotlar monitoring markaziga etkaziladi. Tabiiyki, ushbu markazda etakchi mutaxassislar xitoyliklardan iborat bo‘ladi. Bu to‘plangan ma’lumotlar qanday saqlanadi va qanday maqsadda foydalaniladi buni Xitoy hal qiladi. Garchi hukumat odamlarni ma’lumotlarni saqlash xavfsizligi himoyalangan, ma’lumotlar chetga chiqib ketmaydi deb tinchlantirishga urinayotgan bo‘lsada markazda ishladigan mahalliy kadrlar kadrlar xavfsizlikni ta’minlash uyoqda tursin, hatto loyihaning buzilib qolgan asboblarini ham ta’mirlay olishmaydi.

 2019-yil 21-may kuni Qirg‘izistonga tashrif buyurigan Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang I Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Sharqiy Turkiston musulmonlari to‘g‘risida so‘z yuritib: “Bir necha yil oldin Sharqiy Turkiston “uch yovuzdikdan” – terrorizm, ekstremizm va separatizm – ko‘p jabr ko‘rdi, degan edi. Ma’lumki, xudosiz xitoy hukumati namoz o‘qish, ro‘za tutish, erkaklarning soqoli va ayollarning hijobini ham terrorizm va ekstremizm belgisi deb hisoblaydi. Qirg‘iz hukumati bilan bo‘ladigan hamkorlikda ham aynan mana islomiy qadriyatlarni yoylishini oldini olish va Xitoyga qarshi kayfiyat paydo qilishda asosiy o‘rinni egallayotgan islomiy jamoat va faol musulmonlarga qarshi kurashning kuchaytirishni talab qilishi aniq.

 Qirg‘iz hukumatining Rossiya changalidan qutulish yo‘lida Xitoy tomon yuzlanishi xuddi “yomg‘irdan qochib, do‘lga tutilish”dek gap. Bu mamlakat kelajagi va musulmon aholi e’tiqodi uchun jiddiy xatar bo‘lib, rasmiy hukumat Xitoy ajratadigan grant va qarzlar evaziga mamlakat eshiklarini xitoylik kompaniyalarga lang ochib bermoqda. Garchi hozir Sharqiy Turksitondagi musulmon birodarlarmiz boshiga tushayotgan zulmlar ko‘pchilik uchun ertakdek tuyilmoqda. Shu sababli bunga e’tiborsiz qarashmoqda. Haqiqatda esa Xitoy bosqinchiligi bizga qarab jadal yurib kelmoqda.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.