Falastin rahbari Mahmud Abbos odatdagidek Falastin masalasini yo‘q qilishda ochiq tashabbus ko‘rsatmoqda!

213
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin rahbari Mahmud Abbos odatdagidek Falastin masalasini yo‘q qilishda ochiq tashabbus ko‘rsatmoqda!

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘z saytida nashr qilgan izohda Falastin prezidenti Mahmud Abbosning juma kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida aytgan so‘zlariga raddiya sifatida, quyidagilarni ta’kidladi:

«Abbosning keti uzilmayotgan bayonotlari teshik paqirga suv quyishga o‘xshaydi. Masalan, ko‘p yillar oldin uning Ozodlik Tashkiloti yahudiy vujudini e’tirof etishdan voz kechish bilan tahdid qilgan va bu tahdidi havoga uchib ketgan edi. Chunki Ozodlik Tashkilotining pozitsiyasi yahudiy vujudi xavfsizligini himoya qilish va Falastin masalasini yo‘q qilishga urinishdan nariga o‘tmaydi».

Izohda quyidagilarga diqqat qaratildi:

«Abbosning alьternativalari avvalgilaridan ham qabih bo‘lib, xiyonat va jinoyatda Oslo shartnomasidan farq qilmaydi. Chunki uning takliflari bir yil ichida Falastin masalasidan qolgan-qutganini ham yo‘q qiladi. Ya’ni, Abbosning «Falastin ahli xalqaro mudofaa bilan ta’minlanishi kerak», degan chaqirig‘i bosqinchilik ustiga yana bosqinchilikka bo‘lgan chaqiriqdir. Chunki xalqaro kuchlarning kirishi yana bir bosqinchilik bo‘lib, uning zo‘ravonligi yahudiylarnikidan qolishmaydi. Bosniya va Gertsegovina va boshqa yurtlarimizdagi hodisalar bunga tirik guvoh. Abbos tinchlik echimiga sodiq qolish hamda mintaqa va Falastinda terrorizmga qarshi kurashni davom ettirish to‘g‘risida mahkam turar ekan, bu bilan o‘zining xiyonatda sodiq ekanini ta’kidlab, o‘z rejimining «terrorizmga qarshi kurash» niqobi ostida Islomga qarshi urush olib borayotganini ochiq bildirib qo‘ydi».

Matbuot izohi so‘nggida bunday deyildi:

«Falastinni Allohnigina do‘st tutgan, mustamlakachilar loyihalari va qarorlariga bo‘ysunmaydigan, balki Alloh Taoloning

وَأَخْرِجُوهُم مِّنْ حَيْثُ أَخْرَجُوكُمْ

«Sizlarni (quvib) chiqargan joydan ularni ham quvib chiqaringiz!»        [Baqara 191]

degan kalomini tatbiq etadigan etakchilar ozod etadi».

Roya gazetasining 2021 yil 29 sentyabr chorshanba kungi 358-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.