Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati 4-qism

346
0

Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati 4-qism

Murakkaz saqofat insonning Robbisiga, o‘ziga va boshqa insonlarga bo‘lgan aloqasini tartiblaydigan fikrlardan iborat bo‘lib, Islom aqiydasidan kelib chiqqanligi yoki shu aqiydaga qurilganligi uchun ushbu saqofat dars jarayonida islomiy aqiydaga va islomiy hayotga bog‘lab berilishi lozim. Buning uchun “dars beruvchi” mushrif dorisning fikriga xitob qilishi bilan birgalikda uning tuyg‘ulariga ham xitob qilib, ushbu fikrning musulmonning aqiydasiga hamda uning dunyo va oxiratdagi hayotiga bo‘lgan aloqasini bayon qiladi. Mana shu paytda dorisda Islom aqiydasi ta’yinlab bergan o‘zining xos dunyoqarashidan kelib chiqqan to‘g‘ri fikrlarni yaxshi ko‘rish va ularga intilish tuyg‘ulari junbushga keladi. Natijada, ushbu fikrlarni qanoat va jo‘shqinlik bilan amalga oshirishga intiladi. Shuningdek, unda o‘zining hayot xaqidagi dunyoqarashiga zid bo‘lgan, muxolif va chalg‘itilgan fikrlarga nisbatan yomon ko‘rish, ulardan yuz burish tuyg‘ulari harakatga keladi. Natijada, doris bunday chalg‘ituvchi-mag‘luta fikrlarga qarshi kurashish, ularni inkor qilish hamda ularni o‘zgartirishga intiladi. Mana shuning bilan doris ushbu fikrning to‘g‘riligiga qanoat xosil qiladi va bu fikr uning oldida o‘zining suluki-hayot yo‘lini, g‘ariza va uzviy ehtiyojlarini qondirish yo‘lini tartibga soladigan mafhumga-tushunchaga aylanadi.

Dunyoqarashga aloqador fikriy matinni ta’lim berib o‘rgatishdan maqsad matinning lug‘aviy ma’nosinigina bilib qo‘yish emas, balki matinni tushinib, uni o‘ziga aloqador bo‘lgan voqe’ga tushirishdir. Negaki, ta’lim oluvchi doris voqe’dan – xoh amal qilish, xoh tark qilish o‘rni bo‘lsin – shar’an o‘zidan talab qilingan mavqifni ola bilsin. Zero, fikrlarning bu turi ta’lim oluvchining sulukini Islom ahkomlari bilan tartiblash maqsadida o‘rganiladi. Shuning uchun murakkaz saqofat fikriy dabdaba uchun  o‘rganilmaydi. Balki u aqliyasi ham, nafsiyasi ham islomiy bo‘lgan shaxsiyatni yaratish uchun o‘rganiladi.  Mana shu shaxsiyat o‘zidan sodir bo‘layotgan barcha  xatti-harakat va so‘zlarda  Allohning roziligiga etish uchun intiladi.

Fikriy qabul qilish murakkaz saqofatni o‘rganishning eng to‘g‘ri tariqati bo‘lganidek, munosib uslub va vositalarni qo‘llashning ham ushbu tariqatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim roli bor, albatta.

Bunday uslub va vositalar bir necha xil bo‘lib, ular sharoitlar, shaxslar va joylariga qarab o‘zgarib turadi. “Dars beruvchi” mushrif suhbatlashish, munozara qurish, hikoya qilib berish hamda misollar keltirish kabi keng hajmdagi uslub va taktikalarga ega bo‘lishi lozim. Shunda u murakkaz saqofatdan ko‘zlangan maqsad-shaxsiyasi ham, nafsiyasi ham islomiy bo‘lgan shaxsiyatni yaratish uchun ushbu uslublardan mavzuga va dorisga munosib bo‘lgan uslubni tanlab oladi yoki yana boshqa bir uslubni o‘ylab topadi.

Ammo jannat, do‘zax va mana shular kabi inson bu dunyoda beshta hissiyotining biri bilan his qilishi mumkin bo‘lmagan g‘oibotlar xaqida hissiyotlar bilan idrok qilish yo‘li orqali fikr yuritilmaydi. Balki, ular xaqida Qur’oni Karim va mutavotir Hadisi Sharifda qanday  yaqiyn-aniq xabar berilgan bo‘lsa, ular xaqida faqat shu  tomondangina fikr yuritiladi.

Demak, ushbu muhim bir vazifaga bel bog‘lagan da’vat etkazuvchilari  islomiy aqiyda fikrlarini moziy asrlar mobaynida jaholat yoki chalg‘itish tufayli ularga yopishib qolgan har hil nopokliklardan tozalashlari hamda ushbu aqiyda fikrlarni dillarida mustahkam o‘rnatib olishlari lozim. Negaki, aqiydani tiniqlashtirib, so‘ngra, dalildan kelib chiqqan holda uni qat’iy tasdiqlash – har bir islomiy fikr unga quriladigan mustaxkam asosning barpo etilishini ta’minlovchi kafildir. Agar ushbu asos da’vatchilarning o‘zlarida puxta, mustaxkam va tiniq bo‘lsa, uning ta’siri kuchli va bardavom bo‘ladi. Natijada, ushbu aqiyda da’vatchilarni tubanlik jarligidan ulug‘lik cho‘qqilariga ko‘taradi, ularning oldilarida dunyo ufqlarini kengaytiradi. Natijada, ular bu dunyo hayotiga oxirgi bekat emas, balki, abadiy jannat va mangu ne’matlar ichra Allohning roziligiga erishadigan oxirat hayoti sari eltuvchi bir ko‘prik sifatida qaraydilar. Shunda ular Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam -, sahobai kiromlar kabi Islomni hayot maydonida vujudga keltirishga intiladilar. Ular bu yo‘lda tolmaydilar, qasdlari ham sustlashmaydi. Bil’aks, aqiydalari, Islom ummatini xalifalik davlatini tiklash orqali o‘ziga loyiq bo‘lgan o‘rniga qaytarish uchun jiddu jahdlarini oshirishlariga hamda bu yo‘lda keladigan mashaqqatlarni engib o‘tishlariga chorlaydi.

Hizbning fikrat, tariqat hamda insondan iborat bo‘lgan uchta tarkibiy qismi “hizb AMIRi, TABANNIY qilish va ITOATdan iborat uchta zavobit-ASOSga muhtoj bo‘ladi. Mana shu oxirgi uchta asossiz hizbni – Ummatning qolganlaridan va boshqa hizblardan ajratib turuvchi – amaliy vujudi bo‘lmaydi, ushbu uch asossiz hizb hayotda mavjud, deb sanalmaydi.

Hizb amiri, Ummatni o‘zi ko‘tarib yurgan mabda’ asosida uyg‘otishdan iborat bo‘lgan o‘z g‘oyasini amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan fikrlarni, ahkomlarni, ray’larni hamda uslub va vositalarni tabanniy qiladi. Natijada, hizb a’zolari ham ushbu tabanniyni mahkam ushlaydilar, Amir tabanniy qilgan, hizb asoslangan fikrat va tariqatni ham, hizbning idorasi uchun amir tabanniy qilgan qonunlarni ham tabanniy qiladilar hamda mabda’ amirga bergan salohiyatlar hududida amirga itoat etadilar. Negaki, ularni uyushtirib turgan mabda’ amirga davlatni qoim qilish uchun bo‘lgan da’vat yo‘lida tabanniy qilish salohiyatini beradi va bu borada amirga ularning itoat etishi huquqini beradi. Shunda barcha a’zolar hizb amirining etakchiligi ostida, tabanniy qilingan fikrlar bilan ko‘zlangan g‘oyani amalga oshirish uchun bir necha juzlardan tashkil topgan bitta otryad kabi faoliyat ko‘rsatadilar.

Murakkaz saqofat hizbdan Islom aqiydasidan kelib chiqadigan yoki Islom aqidasiga quriladigan muayyan tafsiliy ahkomlarni, fikrlarni va ray’larni tabanniy etishini talab qiladi.  Hizbning barcha a’zolari ham ushbu ray’ va ahkomlarni maxkam ushlaydilar, boshqalarni ham ushbu ahkom va ray’larga amal qilishga chaqiradilar. Hizb shuningdek, hizbiy ishlarni bajarish uchun lozim bo‘lgan uslub va vositalarga aloqador bo‘lgan idoriy qonunlarni ham tabanniy qiladi. Hizb ushbu tabanniysiz to‘laqonli mukammal hizb bo‘lmaydi. Chunki, hizb shaxslarini, muayyan, yakdil fikrlar ustida jamlovchi omil tabanniydir. Tabanniy hizbni islomiy hayotni qayta boshlash uchun jamoiy harakat qilishga layoqatli qiladi. Shuning uchun mabda’iy hizbning unga a’zo bo‘lishdagi sharti, hizb tabanniy qilgan narsaning hammasini qabul qilishidir. Shundagina hizbning bir bo‘lagi bo‘la oladi. Agar hizbiy bunday qila olmasa, hatto bitta dona bo‘lsa ham hizbnikiga qarshi fikrni tabanniy qilsa, u hizbning bir bo‘lagi bo‘la olmaydi, ya’ni, u hizbdan tashqarida qoladi.

Shuning uchun mabda’si Islom bo‘lgan har qanday siyosiy hizbning xalifalik davlatini tiklash orqali Islom hayotini qayta boshlash ajlidan qilinadigan da’vatni etkazish uchun lozim bo‘ladigan fikrlarni, ahkomlarni va ray’larni tabanniy qilishi lozim bo‘ladi. Shunga asosan, u hukmni qo‘lga olish tariqatida qanday tabanniylar qilgan bo‘lsa, xuddi shuningdek, hukm, iqtisod, ijtimo’, tashqi siyosat va bulardan boshqa soxalarda ham shunday tabanniy qiladi. Shundagina kimki hizbning hizbiy saqofati bilan tanishib chiqsa, albatta unda hizbni hukmga etkazadigan amallarning ham, hizb xalifalik davlatini tiklash orqali qayta boshlashga da’vat qilayotgan islomiy hayotning ham tasavvuri xosil bo‘ladi.

Hizbdagi har bir a’zo, amallarida, gap-so‘zlarida va da’vatni etkazishida hizb tabanniy qilgan narsani tabanniy qilmog‘i zarurdir. Uning tabanniysiga hizb qarshi chiqqan bo‘lsa, shuning uchungina u, hizbni tark etib ketishi joiz emas. Masalan, hizb ziroat erini ijaraga berishning haromligini tabanniy qilgan. Hizb a’zosi esa, buning mubohligini tabanniy qilgan bo‘lsa, ayni shu ixtilof uchun hizbni tark etishi joiz emas. Negaki, hizb a’zosining  hizb tabanniy qilgan fikr, ahkom va ray’larni tabanniy qilishi shar’an vojibdir. Zero, tabanniy amirga itoat etishning bir bo‘lagi bo‘lib sanaladi.

Tabanniydagi salohiyat sohibi hizb amiridir. Unga itoat etish – shar’iy dalillardan istinbot qilingan amirlik ahkomlariga ko‘ra, uning salohiyatlari doirasida – vojibdir. 

“Shar’iy nasslarda kelgan amirlik ahkomlarining xammasi umumiy amir, ya’ni xalifaga xosdir” – deb bo‘lmaydi. Bu noto‘g‘ri, chunki, amirlik lafzi dalolati jihatidan xalifalikdan ommroqdir. Amirlik degani, bir jamoat – har qanday jamoat – o‘zlariga o‘zaro mushtarak ishlarida bir kishini amir etib saylashni anglatadi.  Ammo halifalik yoki imomlik esa, bitta ma’noda bo‘lib, u oralarida Islom ahkomlarini qoim qilishi va o‘zlaridan boshqalarga ham Islom risolatini etkazishi uchun butun dunyodagi musulmonlar ustidan umumiy boshqaruvni anglatadi.   Shunga ko‘ra, “amir” lafzi agar xoslashsiz kelsa, bu lafz omm bo‘lib, u “safar amiri”, “armiya amiri” yoki “hizb amiri” kabi har qanday amirni o‘z ichiga olgani kabi mo‘’minlar amiri – halifani ham o‘z ichiga oladi.

Umumiy amirlik ya’ni xalifalikning umumiy amirlik, deb sanalishining boisi shundaki, bu amirlik barcha musulmonlarni o‘z ichiga oladi va  ularning hamma ishlariga aloqador bo‘ladi. Chunki, musulmonlarga bittadan ortiq xalifaning mavjud bo‘lishi harom bo‘ladi. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – marhamat qiladilar;

إذا بويع لخليفتين فاقتلوا الآخر منهما

“Agar ikkita xalifaga bay’at qilinsa, ulardan oxirgisini qatl etinglar” . Muslim rivoyati. Musulmonlarning g‘ayri islomiy ishlarda halifaga itoat etishlari ham haromdir. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – aytadilar;

السمع والطاعة على المرء المسلم فيما أحب وكره، ما لم يؤمر بمعصية، فإذا أُمِر بمعصية فلا سمع ولا طاعة

“Musulmon kishi modomiki, ma’siyatga buyurilmas ekan, o‘zi yaxshi ko‘rgan narsada ham, yomon ko‘rgan narsada ham (xalifaga) quloq osishi va unga itoat etishi vojibdir. Bordiyu, ma’siyatga buyurilsa, quloq ham osmaydi, itoat ham etmaydi”. Buxoriy va Muslim va … rivoyati. Demak, xalifalik ikki jihatdan umumiy amirlikdir. Birichisi,  amir etguchilar(hamma musulmonlar) jihati, ikkinchisi, ular xalifani amir etgan ushbu mushtarak ish(hayotdagi hamma ishlar) jihati.

Ammo safar amiri, hizb amiri, elchilik amiri va shunga o‘xshagan xos amirliklar o‘zlarining amirlik doirasidan tashqariga o‘ta olmaydilar, ular qaysi mushtarak  ishga amir etib tayinlangan bo‘lsalar, shu ishdan boshqasida amr eta olmaydilar.

“Xalifalik”, “Amirlik”, “Xalifa”, “Amir al- mo‘’minin”, “Imom”, degan lafzlar xalifalik, degan ma’lum mansabga xos bo‘lgan lafzlardir. Ayni paytda, “Amirlik”, “Amir” degan lafzlar omm bo‘lib, bu lafzlar amir al-mo‘’minin bo‘ladimi, safar amiri bo‘ladimi, hizb amiri bo‘ladimi yoki har qanday: safar, jihod yoki da’vat kabi mushtarak amalni bajarish uchun harakat qiladigan jamoatning amiri bo‘ladimi, hech farqsiz, har qanday amirlik va har qanday amirni o‘z ichiga oladi.

Amirlik xaqida kelgan shar’iy dalillarning ayrimlari har qanday amirlik va har qanday amirni o‘z ichiga oladigan omm bo‘lib, modomiki, amirlikni xoslaydigan dalil kelmas ekan, ushbu dalillar ommligicha qoladi. Masalan, Rosululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning quyidagi so‘zlaridagi amirlik lafzi ommdir;

ومن يطع الأمير فقد أطاعني

“Kim amirga itoat etsa, bas menga itoat etgandir”. Buxoriy va Muslim rivoyati. Shuning uchun bu “amir” lafz safar amiri, hizb amiri yoki armiya amiriga dalolat qilgani kabi amir al-mo‘’mininga ham dalolat qiladi. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning mana bu so‘zlaridagi amirlik ma’nosi ham xuddi shunga o‘xshaydi;

ما من أميرِ عشرةٍ ، إلَّا وهو يُؤْتَى بِهِ يومَ القيامَةِ مغْلُولًا ، حتى يَفُكَّهُ العدلُ ، أوْ يوبِقَهُ الجورُ

“Har bir ashara-o‘nlik amiri Qiyomat kunida qo‘llari bog‘liq holda keltiriladi. Faqat uning qilgan adolati qo‘llarini bo‘shatadi yoki uning jabri, ko‘rsatgan zulmi uni halok qiladi”.

Amirlik dalillarining ayrimlari umumiy amir-musulmonlarning xalifasiga xos bo‘lib, buni “Xalifalik”, “Xalifa” yoki “Imom” degan lafzlar xoslaydi. Masalan, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – marhamat qiladilar;

إذا بويع لخليفتين فاقتلوا الآخر منهما

“Agar ikki xalifaga bay’at qilinsa, ulardan ikkinchisini qatl qilinglar”.  Muslim rivoyati.

إنما الإمام جنة. يقاتل من ورائه. ويتقى به

“Albatta imom bir qalqonki, uning ortida turib jihod qilinadi va u bilan himoyalaniladi”. Buxoriy va Muslim rivoyati. Yoki dalilning musulmonlar amiri-xalifaga xos ekanligini qarinalardan biri xoslaydi. Masalan Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aytadilar;

من مات وليس في عنقه بيعة مات ميتة جاهلية

“Kim o‘lsa va uning gardanida bay’at qilish mas’uliyati bo‘lmasa, u johillarcha o‘lgan bo‘ladi”. Muslim rivoyati. Bu erdagi qarina “gardanida bay’at bo‘lmasa”, degan so‘zdir. Chunki, bay’at shar’iy ma’noda faqat xalifaga beriladi. Demak, bay’at xalifalik aqdi uchun Shore’ belgilab bergan shar’iy tariqatdir. Ammo xalifadan boshqa amirlarni saylash esa, shar’iy bay’at bilan bo‘lmaydi. Masalan, hizb amiri, safar amiri kabilar bay’at bilan emas,  balki amir etib tayinlash bilan bo‘ladi. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – marhamat qiladilar;

إذا كانَ ثلاثةٌ في سفَرٍ فليؤمِّروا أحدَهُم

“Agar uch kishi birga safarga chiqsa, o‘zlaridan birini amir qilib olsinlar”. Nofe’ aytadi; Shu so‘zni eshitib biz Abu Salamaga; “Sen bizning amirimizsan”, dedik”.  Abu Dovud rivoyati.

Gohida xos amirga itoat qilish yoki unga qarshi chiqish umumiy amirga itoat qilish yoki unga qarshi chiqish bilan teng bo‘ladi. Negaki, amirlik dalillarining aksariyati omm bo‘lib kelgan. Sahoba  Abu Bakradan rivoyat qilinadi, aytadiki;

“Rasululloh sallolllohu alayhi va sallamdan eshitgan bir so‘zim menga “Jamal kunlari” juda katta foyda berdi. Sal bo‘lmasa, men ham jamal ashoblariga qo‘shilib, ular bilan jang qilishimga bir bahya qolgandi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga forslar o‘zlariga Kisroning qizini podshoh qilib olganliklarini eshitgan paytlarida aytgandilar;

«لَنْ يُفْلِحَ قَوْمٌ وَلَّوْا أَمْرَهُمْ امْرَأَةً»

“Ishlarini ayol kishiga topshirib qo‘ygan qavm xech qachon najot topmaydi”. Buxoriy va Termiziy rivoyati”.

(“Jamal kunlari”mo‘’minlar qalbini mahzun etguvchi xazonrezgi bir voqe’a. U  hijriy 36 yili, xozirgi Iroqning Basra shahrida Aliy ibn Abu Tolib bilan Tolha ibn Ubaydulloh va Zubayr ibn Avvom kuchlari orasida bo‘lib o‘tgan jangdir. Aslida buyuk sahobalar bir-birlari bilan jang qilish niyatida bo‘lmaganlar. Gap shundaki, Usmon ibn Affon – raziyallohu anhu – qatl etilganlaridan keyin kibor sahobalar va musulmonlar Aliy ibn Abu Tolibga bay’at beradilar. Ma’lum sabablarga ko‘ra, bay’tdan to‘rt oy o‘tib ham Aliy – raziyallohu anhu – Usmon ibn Affoning qotillaridan qasos olishga shoshilmaydilar. Talha va Zubayr kabi sahobalarga bu ish yoqmaydi. Oisha onamiz Makkaga haj safari uchun kelganlarida Talha va Zubayrlar onamiz bilan gaplashib fikrlari bir joydan chiqadi. Qotillarni topish va ulardan qasos olish uchun Basraga yo‘l oladilar. Munozaralardan boshlangan ish oxir oqibat jangga aylanadi.

Ushbu janga Oisha onamiz ham Tolha ibn Ubaydullohning askarlari bilan birgalikda tuyaning ustiga o‘rnatilgan taxtirovonda keladilar. Mana shundan bu jang “jamal kunlari” – tuya jangi, deb ataladi. Dastlabki fitna jangi bo‘lmish ushbu tuya jangida Ammor ibn Yosir, Abdulloh ibn Abbos kabi ulug‘ sahobalarni o‘z safiga olgan Aliy ibn Abu Tolib kuchlari g‘olib keladi. Talxa ibn Ubaydulloh va asharatul mubashsharo – jannatiy, deb bashorat berilgan o‘n sahobiyning biri Zubayr ibn Avvom qatl etiladilar. Oisha onamiz esa, Madinaga qaytib ketadilar. Darhaqiqat, ushbu sahoba Oisha onamizning “Jamal ashoblar”i uchun bo‘lgan xos amirliklarini forslar o‘zlariga podshoh qilib olgan Kisro qizining umumiy amirligiga tenglashtirgan)

(«Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati» kitobidan).

 (davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.