Hukmdorlar Ummat farzandlarining sharafli pozitsiyalarini o‘zlarining sharmandali pozitsiyalari bilan qarshilashmoqda!

95
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hukmdorlar Ummat farzandlarining sharafli pozitsiyalarini o‘zlarining sharmandali pozitsiyalari bilan qarshilashmoqda!

«Quds arabiy» veb-sayti (hijriy 1443 yil 24 muharram, milodiy 2021 yil 1 sentyabr chorshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Iordaniya universiteti arxitektura fakultetining talaba qizi «Bizning sinovdan o‘tgan o‘z printsiplarimiz bor», degan ibora bilan xalqaro loyihadan chiqqanini e’lon qildi. AQShning «Jons Xopkins universiteti» tomonidan taklif etilgan ushbu loyiha dunyo mamlakatlari uchun koronavirus pandemiyasining ekologik, iqtisodiy va madaniy darajadagi oqibatlaridan qutulish echimini topishga qaratilgan edi.

Lina Hivroniy ismli bu qiz mukofoti bir million dollar baholangan musobaqada bellashishdan voz kechishi sababini Yaqin Sharqdan «Isroil»ning ham qatnashayotgani bilan ochiqlar ekan, «mening bu kurashda mavjud bo‘lishim undagi raqibimning davlatini tan olishni anglatadi, bu esa mumkin emas, shu sababdan men bellashuvdan chiqdim», dedi».

Roya:

Sport chempionlarining turli xalqaro musobaqalardan ularda yahudiy vujudi ham qatnashayotganligi sababli chiqib ketish holatlari bir necha marta takrorlandi: Masalan, bir necha oy muqaddam dzyudochi chempion Fathiy Nurin o‘z raqibining «isroillik» bo‘lgani sababli bellashuvdan bosh tortdi, natijada Jazoir Olimpiada qo‘mitasi «Tokio 2020» olimpiadasida Fathiy bilan uning treneri Ammor ibn Xalifning akkreditatsiyasini qaytarib olishga majbur bo‘ldi. Chunki xalqaro o‘yin federatsiyasi tomonidan vaqtincha to‘xtatib qo‘yilganidan keyin, ular o‘z mamlakatiga deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan. O‘shanda dzyudochi Fathiy «Falastin masalasi bu o‘yinlardan muhimroq va bu qaytarilmas qarordir», degan edi. 1991 yilda jazoirlik dzyudochi Mizyon Dahmoniy ham ayni shu sababdan dzyudo bo‘yicha xalqaro chempionatda qatnashishdan bosh tortgan. Shuningdek, yana ayni shu sababdan 1992 yilda Ispaniyada o‘tkazilgan xalqaro chempionatda qatnashishdan ham bosh tortgan. 2003 yil jazoirlik sportchi Umar Rabohiy o‘z raqibi «isroillik» bo‘lgani sababli xalqaro chempionatdan chiqib ketdi. 2009 yil marokashlik futbol o‘yinchisi Marvon Shammox frantsuz raqibining «Isroil» uchun o‘ynayotgani sababli o‘yinni tark etdi va buni «o‘zining musulmonligi, islomiy tuyg‘uga egaligi va shu bois yahudiylarning Falastindagi qilmishlarini qabul qilolmasligi» bilan izohladi. 2011 yil marokashlik Maryam bin Muso jahon chempionatidan shu sababdan chiqdi. Shuningdek, tunislik qilichboz ayol Izza Basbos final o‘yinda «isroillik» raqibi bilan bellashishdan bosh tortdi. 2012 yil Misr terma jamoasi xokkey bo‘yicha jahon chempionatida «Isroil»ga qarshi o‘ynashdan bosh tortdi. Shu yili nogironlar uchun mo‘ljallangan Ruminiya ochiq chempionatida nogironlar stol tennisi chempioni kuvaytlik Evaz Harbiy ayni shu sababdan yarim finaldan chiqib ketdi va bu hol 2013 yil ham takrorlandi. 2019 yil taykvandochi Abdulloh Farhod Shvetsiya chempionatini tark etdi. Xuddi shu yili tunislik bokschi Misa Abbosiy boks bo‘yicha jahon chempionatidan chiqib ketdi.

Mana shunday tinimsiz chiqib ketishlar yahudiy vujudining halovatini buzmoqda. Ularning gazetasi «Ediot axronot»da bunday so‘zlar nashr qilingan: «Arablar bizning o‘yinchilarimiz qarshisida o‘yinni tark etish bilan bizni mazax qiladigan bo‘lib qolishdi. Ular bilan tinchlik kelishuvlari bo‘lishiga, qancha-qancha bitimlar imzolanganiga qaramay, arab sportchilari bizni er yuzida yo‘qdek munosabatda bo‘lishyapti».

Bu Islom Ummati farzandlarining sharafli pozitsiyasidir. Biroq, buning muqobili o‘laroq, hukumat va rejimlar sharmandali pozitsiya egallab, bu bosqinchi vujud bilan munosabatlarni normallashtirib, uni rozi qilish va tan olishda jonbozlik ko‘rsatib kelishmoqda. Ammo bunday muvaffaqiyatsiz pozitsiyalari albatta kutilmagan reaktsiyaga duch keladi va bizning yahudiy vujudi bilan bo‘lgan kurashimiz chegaralar kurashi emas, balki uning mavjudligiga qarshi kurash bo‘ladi.

Roya gazetasining 2021 yil 15 sentyabr chorshanba kungi 356-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.