Mo‘’tadil islom degan narsaning qaqshatqich mag‘lubiyati

122
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Mo‘’tadil islom degan narsaning qaqshatqich mag‘lubiyati

Al-Jazira net veb-saytida (hijriy 1443 yil 2 safar, milodiy 2021 yil 9 sentyabr payshanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Marokash ichki ishlar vazirligining xabar qilishicha, parlament saylovlarida Mustaqillarning Milliy Assambleyasi (RNI) 97 o‘rin bilan birinchilikni egalladi. Adolat va Taraqqiyot partiyasi esa ovozlarning 96 foizi sanab bo‘linganda so‘ng, atigi 12 o‘rinni egalladi.

Marokash ichki ishlar vaziri Abdulvofiy Laftit chorshanba kuni kechqurun matbuot anjumani berib, bunday dedi: Haqiqiylik va Zamonaviylik partiyasi  (PAM) parlamentdan 82 o‘rinni, Xalq Sotsialistik Ittifoqi (USFP) 35 o‘rinni, Xalq Harakati (RM) 26 o‘rinni, Taraqqiyot va Sotsializm (PPS) partiyasi 20 o‘rinni egalladi».

Roya:

Adolat va Taraqqiyot partiyasi saylovlarda sakkizinchi o‘rinni egallash bilan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Bu partiya Marokash ahli rejimga qarshi qo‘zg‘olon qilishi ortidan 2011 yilgi saylovlarda muvaffaqiyat qozongan edi. U 2013 yildan beri Marokash hukumatini boshqarib keladi. Mamlakat qiroli Muhammad VI saylovlar o‘tkazish va parlament orqali hukumat tuzish kabi qonunga soxta o‘zgartishlar kiritish bilan odamlarni aldab, g‘azablarini pasaytirib kelmoqda. Adolat va Taraqqiyot partiyasi Ixvonul Musliminga tegishli partiya bo‘lib, mo‘’tadil islomiy hizb, deya ko‘riladi. Ya’ni, u Alloh nozil qilmagan narsalar bilan hukm yurituvchi hukumatda ishtirok etib, Islom hokimiyatga bosqichma-bosqich chiqadi, degan aldovlar asosida siyosat yurgizadi! Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘tgan yili Marokash rejimi bilan muborak Falastin zamini bosqinchisi yahudiy vujudi o‘rtasida munosabatlarni normallashtirish kelishuviga imzo chekkan ham mana shu Adolat va Taraqqiyot partiyasidir. Uning bu qilmishi o‘ziga qarshi xalq g‘azabini paydo qildi. Shunda qirol ushbu normallashtirish xiyonatini yashirish uchun bu partiyani «pushkaga qo‘yib», partiya chekkan imzo bilan o‘zining ayni xiyonatiga qonuniylik tusini berishga harakat qilgan edi. O‘z navbati, partiya yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish kelishuvi evaziga AQSh G‘arbiy Sahroni Marokashning bir qismi sifatida tan oladi, deya ayni xiyonatni oqlashga urindi. Biroq, bu partiya kapitalistik tuzumni tatbiq qilganligi sababli Marokashning iqtisodiy muammolarini ham, insoniy muammolarini ham hal qila olmadi va bu bilan odamlar ishonchini yo‘qotdi. Bu esa, kufr boshqaruvida ishtirok etish hamda Islomni bosqichma-bosqich tatbiq qilamiz, degan da’vo puch ekanini, buni qilganlar albatta ochiq omadsizlikka yuz tutishlarini yana bir bor isbotladi. Zotan, har qanday davlatda mana shunday mafkurani ko‘tarib chiqqan va shunday yo‘ldan yurgan hizblarning barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Zero, bu qing‘ir yo‘l Islomning hokimiyat tepasiga chiqish tariqatiga xilofdir. Bundan tashqari, zolimlar bunday hizblardan tayyor ulov sifatida foydalanib, o‘zlarining zolimona siyosat va xiyonatlarini olib borishadi hamda hokimiyatlarini mustahkamlash uchun shu hizblar orqali o‘z xiyonatlariga qonuniylik tusini berishadi.

Roya gazetasining 2021 yil 15 sentyabr chorshanba kungi 356-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.