Toni Bler Islom sistemasini G‘arb uchun eng katta tahdid demoqda

205
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Toni Bler Islom sistemasini G‘arb uchun eng katta tahdid demoqda

«RT arabik» veb-saytida (hijriy 1443 yil 29 muharram, milodiy 2021 yil 6 sentyabr dushanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Sobiq Britaniya bosh vaziri Toni Blerning fikricha, «Islom ideologiyasi G‘arb davlatlari va umuman xalqaro hamjamiyat uchun asosiy xavfdir».

Dushanba kuni Bler «RUSI» (Britaniya Xavfsizlik va Mudofaa) institutida qilgan nutqida dunyoni «fundamentalistik mafkuraga qarshi kurashda yagona manhaj ishlab chiqish»ga chaqirdi.

Bler yana bunday dedi: «Islomizm, xoh mafkuraviy shaklda bo‘lsin, xoh kuch ishlatuvchi shaklda bo‘lsin, bizning xavfsizligimiz uchun birinchi darajadagi tahdiddir. Bu tahdid bizdan uzoqda bo‘lsa-da, agar uni jilovlab olinmas ekan, bizga albatta etib keladi. Buni 2001 yil 11 sentyabr hujumlari tasdiqlab turibdi».

Roya:

Toni Bler Islom Ummatida bo‘layotgan reaktsiyalarni tushunib etdi. Bu reaktsiyalarning yaqindagisi G‘arb va AQShning bosqinchilar qabristoni bo‘lgan Afg‘onistonda mag‘lubiyatga uchraganini, o‘z navbatida, bu narsa buyuk Islom Ummatining jonli ummatligiga, uning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish orqali o‘zining hazoriy loyihasini mahkam ushlayotganiga dalolat qilayotganini ham anglab etdi.

Shuning uchun Bler mustamlakachi kofir G‘arb rahbarlarini islomiy mafkuradan ogohlantirmoqda. Shuningdek, mag‘lubiyat o‘zlariga ham yaqinlashib kelayotganidan, musulmon yurtlaridan ularni quvib chiqarib, musulmonlar orasida keng tarqatishga urinishayotgan fikrlari bilan qo‘shib hammalarini supurib tashlashidan ogohlikka chaqiryapti.

Roya gazetasining 2021 yil 15 sentyabr chorshanba kungi 356-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.