Dir’a ozod insonlardan yordam so‘ramoqda

97
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Dir’a ozod insonlardan yordam so‘ramoqda

Hivrondan hijrat qilib, Idlibning shimoliy-g‘arbidagi Kafri Tahrim shahrida joylashgan muhojirlar juma namozidan so‘ng Dir’a ahli uchun yordam so‘rab namoyish qildilar. Namoyishchilar til biriktiruvchilar istamasalar-da, qo‘zg‘olonimiz alangasi o‘chmaydi, deya ta’kidladilar. Hizb ut-Tahrir hamda uning tarafdorlari ham juma namozidan so‘ng Shimoliy Idlibdagi Talli Karomat shaharchasida «Dir’a ozod insonlardan yordam so‘ramoqda» nomli namoyish o‘tkazdi. Namoyishdagi plakatlarning birida «Hivron faqat rejim qaroqchilariga tarsaki bo‘lgani yo‘q, balki uning eng qattiq tarsakisidan yurt shimolida qo‘zg‘olonchilarni kishanlagan amerikaparast guruhlar ham benasib qolmadi», deyildi. Payshanba kuni Hizb ut-Tahrir a’zolari va tarafdorlari uyushtirgan «Kul ostidagi Dir’a cho‘g‘i yuzsiz malaylarni albatta yondirajak», nomli namoyish G‘arbiy Idlibning Sahora qishlog‘ida o‘tkazildi. Unda Dir’aga yordam berish jangchi guruhlardagi rasvo va sharmanda etakchilarni ag‘darish hamda frontlarni ochish bilan bo‘lishi ta’kidlandi. Bir vaqtning o‘zida, ijtimoiy tarmoq faollari Idlib aholisining suratlari bilan bir qatorda payshanba tongidan beri rejim kuchlarining jangovar hujumlariga duch kelayotgan Dir’a rayonlari aholisi suratlarini keng tarqatdilar. Suratlarning ba’zilarida Dir’a janubi rayonlaridagi rejim kuchlari postlarining mahalliy jangchilar tomonidan ishg‘ol etilishi sharafi bilan yo‘lovchilarga shirinlik ulashayotgan kishilar ham tasvirlangan. Ma’lumki, rejim kuchlarining Janubiy Dir’adagi turli rayonlarni zambaraklardan bombardimon qilishi oqibatida 15 nafar oddiy fuqaro shahid bo‘ldi. Ammo shu paytda, Dir’ani to‘liq nazoratga olish maqsadida jangovar hujum qilgan Asad kuchlari qarshilik harakatining shiddatli qarshiliklariga duch keldi va u erdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. «Sham News Network» axborot tarmog‘ining juma kungi xabariga ko‘ra, butun Dir’a bo‘ylab g‘ayritabiiy tinchlik hukm surar ekan, vaqti-vaqti bilan turli rayonlarda otishmalar bo‘lib turdi. Boshqa bir xabarlarda yangi muzokaralar jarayonini boshlash uchun sulh bitimi tuzilgani aytildi. Ahrori Hivron guruhining aytishicha, Dir’a Markaziy komissiyasi rejim bilan muzokara olib borish hamda Dir’a va uning rayonlari nomidan gapirish maqsadida bitta tashkilotda birlashgan. Shuningdek, ayni komissiya muzokaralarga kirishishdan oldin jangovar hujumlarni to‘xtatishni shart qilgan. Fuqarolik Mudofaasi esa, BMT va Xavfsizlik Kengashidan Dir’ada bo‘layotgan hodisalarga nisbatan aniq bir pozitsiyani egallashni talab qildi.

O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati markaziy aloqalar qo‘mitasi raisi ustoz Abdulhamid Abdulhamid feysbukdagi o‘zining rasmiy sahifasida Dir’a va butun Hivrondagi mag‘rur qo‘zg‘olonchilarga nasihat yo‘llab, bunday dedi:

«Ey mag‘rur qo‘zg‘olonchilar, ehtiyot bo‘ling, bu muzokaralar qopqoniga ilinib qolmang! Bu Dir’a Markaziy komissiyasi ortingizdan pichoq urmoqchi. Unutmang, qonxo‘r rejim kuch bilan ololmagan narsasini muzokaralar orqali olmoqchi. Bas, shunday ekan, bunday komissiya yuziga eshikni yopib, mahkam dambalab tashlang. Esingizda bo‘lsin, rejim bilan muzokara uchun qanday komissiya jo‘natsangiz, uning zarbasi rejimning zambarak va tanklarining zarbasidan ham dahshatli bo‘ladi. Xullas kalom, tasavvur qiling, qo‘zg‘olonlarning nusratga erishish yo‘lidagi ilk qadamlari na jinoyatchi qotil rejim bilan muzokara qilish bilan va na aro yo‘lda to‘xtab qolish bilan bo‘ladi».

Buning muqobilida, Saudiyada chiqadigan «Sharqul Avsat» gazetasining Londonda chop etilgan juma kungi sonida «Suriya hukumati kuchlari yurt janubida kutilmagan «shiddatli urush»ga yuz tutdi», deb yozdi. So‘ng gazetaning alam bilan qilgan xabarida «jangchi guruhlarning 2018 yil Rossiya etakchiligida muvofiqlashuv bitimiga imzo chekkanlariga qaramay, Dir’a hamon barcha jangchilar chiqib ketmagan yagona mintaqa bo‘lib qolmoqda», deyildi.

Roya gazetasining 2021 yil 4 avgust chorshanba kungi 350-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.