Hizb ut-Tahrir – Markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi kampaniya boshladi

401
0

Hizb ut-Tahrir – Markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi kampaniya boshladi

Ushbu muborak rajab oyida har yili mashʼum kun xotiralanadi. Bundan salkam bir asr muqaddam gʻarblik mustamlakachilar bilan ularning arab va turk malaylari Xalifalik davlatini qulatishgan… Islom Ummati oʻz tarixida eng yomon halokat va zulmatga duch kelgan…

Shuning uchun ushbu muborak rajab oyida Hizb ut-Tahrir – Markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi “Xalifalik gʻamxoʻrlik va homiylikdir” nomli kampaniya boshlaydi. Kampaniyada Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikning muammolarimizni hal etish uchun printsip, qonun va nizomlarni qanday oʻzida mujassam etgani bayon qilinib, uning jonimiz, molimiz, nomusimiz va eʼtiqodimiz himoyasining kafili ekani haqida amaliy qarashlar taqdim etiladi. Shuningdek, kampaniyada ushbu Xalifalikning siyosiy repressiya, korruptsiya, ommaviy qashshoqlik, ishsizlik, ayollarga nisbatan zoʻravonlik, musulmonlarning taʼqibga uchrashi, taʼlim va sogʻliqni saqlashdagi krizis, oila jipsligining buzilishi, mazhabparastlik, texnik qoloqlik kabi illatlarni qanday hal etib, ularni qanday oldini olish ham yoritib beriladi. Bundan tashqari bu narsalar Hizb ut-Tahrir tomonidan tayyorlangan “Xalifalik davlati dasturi loyihasi” kitobida ochiq koʻrsatib oʻtilgan boʻlib, unda Xalifalik davlatining amal qilish tariqati, odamlar va ularning manfaatlarini qanday tabanniy qilishi mufassal bayon etilgan.

Biz barchangizni ushbu muhim kampaniyani kuzatib borishga daʼvat qilamiz, toki, shu orqali roshid Xalifalik davlatini qayta barpo etish harakatiga oʻz hissamizni qoʻshaylik. Barchangizdan Alloh Subhanahu va Taoloning nizomini yer yuzida qoim qilishga qaratilgan ushbu ulkan islomiy harakatga qoʻshilishni talab qilamiz. Zero, Xalifalik davlati soyasida butun musulmon yurtlari ichkarisida islomiy hayot qayta boshlanadi, barchamiz shu davlatda qaytadan hurmat-izzat, adolat va himoyaga erishamiz.

Roya gazetasining 2019 yil 13 mart chorshanba kungi 225-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.