Afg‘oniston: Imperialistlar fitnalari

181
0

Afg‘oniston: Imperialistlar fitnalari

 Imperialistlar dunyoni bosib, o‘zaro bo‘lishib olishganidan so‘ng imperalizm barqarorligini kafolatlaydigan tuzum yaratdilar. Mustamlaka ostidagi biron bir mamlakatning haqiqiy mustaqillikka  erishishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun xalqaro tashkilotlar tuzdilar va ular bilan butun dunyoni zanjirband qildilar. Ushbu tashkilotlar boshida BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) turadi. Agar biror davlat haqiqiy mustaqillikka intilmoqchi bo‘lsa, mustamlakachilar “demokratiya”, “inson huquqlari, “ayollar tengligi”, “konstitutsiyaviy tuzum” va boshqa bahonalar bilan uni o‘z tuzumidan bosh tortishga majbur qilishadi. Mustamlakachilar o‘zaro o‘lja talashganida ham shu tuzum doirasida amalga oshiradilar. Imperialistlarning turli davlatlarga hokim qilib qo‘ygan malaylari ham o‘z xo‘jayinlariga shu tuzum doirasida malaylik qilishadi. Bu tuzumdan qutulishni istaganlarni hammasi birlashib “ekstremizm”, “terrorizm” yoki “radikalizm”da ayblab yanchib tashlashga harakat qilishadi. (Ushbu tuzumni himoya qilish va shu tuzum doirasida ish olib borishga intilgan siyosatchilar, jamoat arboblari, OAV va tashkilot vakillari “xalqaro hamjamiyat” deb nomlanadi). Buni isbotini hozirgi Afg‘oniston misolida ko‘rib chiqamiz.

 15-avgustda Afg‘oniston hukumati qulashi bilan BMTning Xavfsizlik kengashi 16-avgustda shoshilinch yig‘ilish chaqirdi. (Tolibon hokimiyatni olgunga qadar Afg‘onistonni “demokratik” mustamlaka qilish uchun mamlakatda BMTning 300ga yaqin halqaro va 3000tacha mahalliy xodimlari ishlar edi).

 Xavfsizlik kengashi a’zolari yopiq eshiklar ortidagi maslahatlashuvdan so‘ng matbuotga bayonot bilan chiqishdi.

 Bayonotda Afg‘onistondagi qurolli to‘qnashuvlar va zo‘rovonliklarning har qanday ko‘rinishini eudlik bilan to‘xtatishga, konstitutsiyaviy tuzum va xavfsizlikni o‘rnatish, milliy yarashuv va muzokaralar orqali jamiyatning barcha qatlamlari, shu jumladan, ayollarni o‘z ichiga olgan yangi hukumatni tuzishga chaqirildi.

 Tashkilotning nizomi va qarorlarida bo‘lgani kabi, albatta, bu bayonot ham chalg‘ituvchi chiroyli so‘zlar bilan boyitildi. Biz ularni qisqartirib, bayonotning asl ma’nosiga to‘xtalib o‘tamiz.

Undagi “konstitutsiyaviy tuzumni o‘rnatish” degan so‘z “hozirgi mustamlakachilik tuzumiga zid bo‘lmagan konstitutsiya bo‘lishi kerak” degan ma’noni anglatadi. Bu mustamlakachilar mustamlaka ostidagi hukumatlarni tartibsizlik holatida ushlab turadilar, hukumat tarkibidagi guruhlarni bir-biriga qarshi qo‘yadilar va shu orqali o‘z hukmronliklarini o‘rnatadilar. Masalan, hukumat tarkibiga o‘zlarining malaylari bo‘lgan millat, mazhab, mintaqa vakillarini kiritadilar va ularni bir-biriga qarshi qo‘yadilar. Buni chiroyli nomlab, inklyuziv hukumat deb atashadi. Hozir ham ular hukumat tepasida faqat Tolibon vakillari bo‘lmasligi uchun tinimsiz inklyuziv hukumat tuzishga majbur qilishmoqda.

 Shuning uchun ham BMT bosh kotibi Gutteresh: “Inklyuziv hukumat tuzishga imkoniyat bor deb umid qilamiz”, – dedi va tolibonlarni shunga bo‘ysundirish uchun xalqaro hamjamiyatni bir xil pozitsiya egallashga chaqirdi.

 Shu sababli Tolibon yangi hukumat tuzishda eks-prezident Hamid Karzay, “Hizbi Islomiya” guruhi rahbari Gulbiddin Hikmatyor va Milliy yarashuv kengashi raisi Abdulla Abdulla bilan ishlayotganini ma’lum qildi. Hatto, Ahmad Mas’ud bilan muzokaralar olib bormoqda. “Tolibon” bayonotiga ko‘ra, ular islomiy qadriyatlarni birinchi o‘ringa qo‘yuvchi inklyuziv hukumat tuzishmoqchi. 

 17-avgustda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg toliblarni mamlakatni terrorizm o‘chog‘iga aylantirmaslik haqida ogohlantirdi. Shuningdek, Stoltenberg harbiy alьyans Afg‘onistondan o‘z kuchlarini olib chiqqan bo‘lsa-da u erdagi terrorchi tashkilotlari faoliyatlarini kuzatib, masofadan zarba berishga tayyor ekanligini qo‘shimcha qildi. Bu agar toliblar mustamlakachilik tuzumi talablari doirasidan chiqib ketgudek bo‘lsa, qayta zarba beramiz deganni anglatadi.

 Buning ortidan, 18-avgustda Xalqaro valyuta fondi Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi. “Hozirda xalqaro hamjamiyatda Afg‘oniston hukumatini tan olish borasida aniq pozitsiya yo‘q. Shuning uchun bu mamlakat Xalqaro valyuta fondining mablag‘lari va boshqa resurslariga ega bo‘la olmaydi”, – deya ma’lum qildi fond.  

 Avgust oyi boshdagi qarorga asosan, fond pandemiya tufayli Afg‘onistonga 460 million dollar ajratgan edi.

 Bundan tashqari, valyuta fondi 370 million dollarlik kredit dasturini ham to‘xtatib qo‘ydi.

 Shu kuni Evropa Ittifoqining tashqi ishlar komissari Jozep Borrell toliblarni tan olish yoki olmaslik ularning bundan keyingi harakatlariga bog‘liq ekanligini ta’kidladi. Ya’ni,mustamlakachilik tuzumiga itoat qiladimi yoki yo‘qmi, shunga bog‘liq bo‘lishiga ishora qildi. 

 Bu orada Evroittifoq Afg‘onistonga avval belgilangan yordam mablag‘larini to‘xtatib turishini e’lon qildi.

 Undan keyin Jahon banki Afg‘onistonga moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘xtatilganini ma’lum qildi. Tashkilot vakilining so‘zlariga ko‘ra, bank xalqaro hamjamiyat va hamkorlar bilan mamlakatdagi vaziyat bo‘yicha maslahatlashib ish olib bormoqchi. Jahon banki Afg‘onistonda 20ta loyiha ustida ish olib barayotgan edi. Aslida, XVF va Jahon banki mustamlaka ostidagi davlatlarni mustamlakachilarning dollar pul nizomiga bo‘ysundirish va qarzga botirish uchun faoliyat olib borishadi. 

 24-avgustda BMTning Oziq-ovqat dasturi direktori Devid Bizli Afg‘onistonda toliblar hokimiyat tepasiga kelganidan keyingi inqiroz natijasida aholining 14 millionga yaqini ocharchilikka duch kelishi mumkinligini tahmin qildi. Tashkilotlarning bunday tahminlari xalqni o‘z manfaatlariga muvofiq qo‘rqitish usuli hisoblanadi.

 O‘tgan yilning noyabr oyida xorijiy davlatlar Afg‘onistonga 4 yil davomida 12 milliard dollarlik insonparvarlik yordami ajratishni rejalashtirgan edi. Shu bilan birga, ko‘plab davlatlar bunday yordam Afg‘onistondagi inson huquqlari ahvoliga bog‘liq ekanligini ma’lum qilishgandi.

 24-avgustda dunyoning iqtisodi rivojlangan ettita davlatidan iborat “Katta ettilik” guruhi onlayn yig‘ilish o‘tkazdi. Ular toliblar kelganidan keyin mamlakatdagi so‘ngi vaziyatdan jiddiy xavotir bildirdi.

 Yig‘ilish yakunida qo‘shma bayonot qabul qilishdi. Unda terrorizmni oldini olish, inson huquqlari, ayniqsa ayollar, qizlar, diniy va milliy ozchiliklar huquqlarini xurmat qilish ta’kidlandi. Shuningdek, endi “Tolibon” Afg‘onistonda yangi hukumat tuzishda barcha kuchlarning manfaatlarini o‘z ichiga olgan siyosiy tartibga solish jarayonini olib borishdan mas’ul ekanligi aytilgan.

 Bular mustamlakachilikning asosi bo‘lgan va mustamlakachilarning dunyoni o‘rgimchak to‘ri kabi o‘rab olgan tashkilotlari to‘g‘risidagi ba’zi tafsilotlar edi. Endi mustamlakachilik quroli bo‘lgan xalqaro hamjamiyatning ayrim fitnalariga to‘xtalamiz.

 Hozir Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonda millatchilik, mahalliychilik va mazhabparastlik fitnalarini alanga oldirishga jon-jahdi bilan harakat qilmoqda. Shu orqali “Tolibon”ni kelishishga majbur qilishmoqchi.

 “Amnesty International” tashkiloti Afg‘onistonning markaziy qismida yashovchi milliy ozchilik hazarolardan to‘qqiz nafarini toliblar qiynab, shafqatsizlarcha o‘ldirilganini xabar qildi va buni milliy va diniy ozchiliklarga nisbatan zo‘ravonlik deb sifatladi. Sababi, hazarolar mamlakatdagi uchinchi etnik guruh bo‘lib, shia mazhabiga ergashishadi. O‘zi bunga qadar, AQSh maxsus kuchlari “Tolibon”ni yomonotliq qilish, toliblar bilan millatchilik va mazhabparastlik asosida dushman qilish uchun u erarda ko‘plab sun’iy teraktlar uyushtirib kelgan. Shuningdek, Eron vositasida hazaro millatidagi ayrim odamlarni malay qilib ishlatgan. “Tolibon” ularni o‘ldirgan taqdirda ham mana shunday sotqinlarni o‘ldirgan bo‘ladi, chunki ular boshqa millat vakillaridan ham sotqin hisoblanganlarini o‘ldirgan. Bu o‘rinda millatlararo adovatning ma’nosi yo‘q. 

 “Bi-bi-si”, “Nьyu-York tayms” nashrlari va Norvegiya global tahlil markazlari avval dunyoga “Tolibon” Amerikaga xizmat qilganlarni jazolayotganini dahshatli zo‘ravonlik deb jar solishgan edi. AQSh va unga ergashgan bir qancha davlatlar Afg‘onistondagi inson huquqlari, ayollar va qizlar huquqlari, bolalar huquqlari borasida “jon koyitib yig‘lab” chiqishdi. Aslida, ular AQSh bombalari ostida tinch aholi vakillari qirilayotganida bunchalik yig‘lashmagan va chora ko‘rishga chaqirishmagan edi. AQSh aviazarbalari hatto uylanish to‘yini nishonga olib, to‘yni 150 kishining azasiga aylantirgan holatlari bo‘lgan. AQSh rasmiylari esa buni zo‘rg‘a “juda achinarli” deyishgagina yarashgan edi. Rasmiy tarzda ichida tinch aholi vakillari bo‘lgan avtomobil bombalanganin ham tan olgan. O‘sha vaqtda xalqaro hamjamiyat yig‘lab emas “o‘ynab” yurmaganmidi… Shuningdek, Guantanamo qamog‘ida musulmonlarni vahshiylarcha qiynoqqa solinishi oldida bunday bo‘rttirilgan “zo‘ravonlklar” ip esholmay qoladi-ku…

 Demak, xalqaro hamjamiyatning “ko‘z yoshi” Afg‘onistonda muholifat paydo qilishga urinishdan boshqa narsa emas.

“Tolibon”ga Panjsher vodiysida tojik millatiga qarshi etakchilarni qarshi chiqishi ham bir tomondan millatchilik sifatida taqdim qilinmoqda. Shuningdek, boshqa tomondan u kuchli muholifat o‘qi sifatida taqdim etilib, ularning etakchilari sharaflanmoqda. Shuning o‘zi ham xalqaro hamjamiyatning yuzsizlarcha siyosatini anglatib turipti. Aslida, bu toliblarga qarshi uyushgan demokratik harakatdan boshqa narsa emas.

 Bular xalqaro tashkilotlar va xalqaro hamjamiyatning ba’zi fitnalari haqida edi.

 Endi ayrim mustamlakachi davlatlarning ba’zi bir ishlariga to‘xtalib o‘tamiz.

 AQSh Afg‘onistondan harbiy jihatdan chiqib ketgan bo‘lsa-da undan batamom voz kechishni xohlamaydi. Shu sababli uni oldingan rejalashtirgan fitnalari bisyor. Hozir xalqaro hamjamiyat Tolibonni bosib oldi demoqda. Aslida, Afg‘onistonni Amerika bosib olgan, Tolibon ularni o‘z davlatini surib chiqdi-ku…

 Biroq, Amerika bu bilan qo‘l qovushtirib o‘tirib olmaydi, balki bosqinchilikni yangi usullari (fitnalar)ni ishga solmoqda. AQSh o‘z ta’siri ostidagi xalqaro tashkilotlar va davlatlarni ishga solishdan tashqari, o‘zi ham turli choralarni ko‘rmoqda.

 18-avgustda AQSh Afg‘onistonning Markaziy bankidagi hisoblarni vaqtincha yopib qo‘ydi.

 Aprel oyi oxirida Afg‘oniston Markaziy bankining rezervlari 9,4 millard dollarni tashkil etgan. Mazkur mablag‘lar Nьyu-Yorkning Federal zahiralar banki va AQShdagi boshqa moliyaviy maxkamalarda saqlab kelinadi. Unda aktiv sifatida dollar va oltin mavjud.

 Shu kunning o‘zida sobiq vitse-prezident Amrullo Solih o‘zini Afg‘onistonning qonuniy prezidenti deb e’lon qildi. ayrim harbiylarni qurolini topshirtirmay o‘ziga tortib ketdi. U Axmad Mas’udga borib qo‘shildi. Bu AQShning Tolibonga qarshi harakat tashkil etishdagi dastlabki qadami bo‘ldi. Bu bilan, u agar Tolibon “qolipga tushmasa” mamlakatni qayta fuqarolar urushiga kiritib, toliblarni zaiflashtirmoqchi.

 Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri Shox Mahmud Qurayshining 25-26-avgust kunlari O‘rta Osiyo respublikalari va Eronga amalga oshirgan tashrifi AQShning mintaqaga nisbatan siyosati doirasida bo‘lmoqda. Ya’ni, Qurayshi AQSh ayg‘oqchisi vazifasini o‘tamoqda. Shuningdek, uning Tojikiston prezidenti bilan bo‘lgan uchrashuvidan Tolibonga ortidan pichoq urayotganini ko‘rish mumkin.

 Kecha, 26-avgust kuni Qobul aeroportida bir qator portlashlar bo‘lib, 12 amerikalik harbiy va 60 nafar fuqaro qurbon bo‘lgani xabar qilindi. Bunga qadar ba’zi G‘arb davlatlari Afg‘onistondagi fuqarolarini aeroportdan uzoq bo‘lishga chaqirgan edi. Shuningdek, Bayden ham “IShID” tomonidan bo‘ladigan teraktlardan ogohlantirgandi. Demak, bu ularning oldindan rejalashtirgan ishi bo‘lgan. Birinchidan, bu Baydenning raqiblari oldida evakuatsiya qilish qarori to‘g‘ri bo‘lganini tasdiqlaydi. Ikkinchidan, Tolibon va “IShID” o‘rtasida to‘qnashuv chiqadi. Aslida “IShID” Iroqda yakson qilinganidan so‘ng uning qoldiqlari Afg‘onistonga AQSh vertolyotlari bilan etkazib qo‘yilgani oshkor bo‘lgandi. O‘shanda Amerika buni “IShID”ni Tolibonga qarshi solish qo‘yish uchun amalga oshirgan va ular o‘rtasida bir necha bor to‘qnashuvlar yuz bergan edi. (Rossiya ham AQShning “IShID” yoki u kabilarni kiritib yuborishidan xavfsiramoqda). Demak, endi Amerika “IShID knopkasi”dan foydalana boshladi. Kechagi kungi teraktlarni AQSh maxsus xizmatlari amalga oshirdimi yoki “IShID” orqali qildirdimi farqi yo‘q, endi Tolibon va “IShID” o‘rtasida kelishmovchiliklar kuchayadi. Tolibon “IShID”ni ayblaydi, boshqalar “xavfsizlikni ta’minlay olmading” deb Tolibonni ayblaydi. Shuningdek, AQSh yoki unga qarashli tomonlar “IShID”ga hujum qilish bahonasi bilan Tolibon pozitsiyalariga zarba berishga harakat qilishlari ham mumkin.

 Shu bilan bir qatorda, Amerika qochqinlar muammosi orqali Rossiya manfaatlariga ham tahdid tug‘dirmoqda.

 Rossiyaning esa Afg‘onistonni mustamlaka qilish da’vosi yo‘q. U hozir O‘rta Osiyodagi o‘z mustamlakalarini saqlab qolish harakatida. Shu sababli bu borada choralar ko‘rmoqda.

 Tojikiston chegarasini mustahkamlash, G‘arbning qochqinlar qaroriga qarshi chiqishda va ha kazo. Aslida bular G‘arbning mustamlaka talashishiga qarshi ishlar hisoblanadi.

 Masalan, Putin quyidagilarni aytdi. “G‘arb davlatlari qochqinlarni AQSh va boshqa davlatlarga viza olgunlariga qadar O‘rta Osiyo mamlakatlarida vizasiz tartibda joylashtirib turish masalasini ko‘ndalang qo‘yishmoqda”. “Demak, qochqinlar bizning qo‘shnilarga vizasiz kirishaverar ekanu, ularning o‘zlariga vizasiz kirisha olmas ekan”.

 Biroq, Rossiya ushbu choralarning barchasini Afg‘onistonda joylashgan Tolibondan boshqa terrorchi tashkilotlar kirib kelishi mumkin degan bahona bilan amalga oshirmoqda.

 Putin bu borada quyidagilarni aytdi. “ Terrorchilarni chegaradosh davlatlarga kirishiga, ayniqsa qochoqlar ko‘rinishida o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. “Bizda qochoqlar ko‘rinishida yana qayta qandaydir jangarilar paydo bo‘lishini xohlamaymiz”.

 Hozir Rossiya sirtdan Tolibonni AQShga bergan zarbasi sababli qo‘lla-quvvatlayotgani bilan uning Tolibonga qarshi bir ishi aniq ko‘rinmoqda. U Tojikiston orqali Panjsher harakatini qo‘llab-quvvatlamoqda. Chunki, unga kuchli Tolibon kerak emas. O‘tmishda Rossiya Tolibonni ag‘darishda Shimoliy Alьyansni qo‘llab-quvvatlagan.

 Endi mustamlakachilarning malaylariga keladigan bo‘lsak, ular imperialistik tuzum doirasidan chiqmay va o‘z xo‘jayinlari ko‘rsatmalari bilan borishmoqda.

 Masalan, dastlab Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi tojik millatiga mansub Amrullo Solihni prezident sifatida tan olishini e’lon qildi. albatta, bu Tojikistonning qo‘llovi bilan bo‘ldi. Imomali Rahmon esa hozir Rossiya ko‘rsatmalaridan tashqari ish qilishi mumkin emas. Imomali Pokiston TIV bilan uchrashuvdan so‘ng prezident saytida bayonot joylashtirildi va unda quyidagilar keltirildi:

 “Tolibon mintaqada juda chalkash va o‘ta murakkab geosiyosiy vaziyatni vujudga keltirdi”

 “Dalillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Tolibon mamlakatdagi boshqa siyosiy kuchlarning keng ishtiroki bilan o‘tish davri hukumati tuzish haqidagi va’dalaridan voz kechib, Islom Amirligini qurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”.

 “Afg‘onistonda barcha etnik guruhlar manfaatini himoya qiladigan hukumat tuzmasa Tojikiston “Tolibon”ni tan olmaydi”.

 Shuningdek, bayonotda afg‘onistonlik tojiklarning hukumatda ko‘p bo‘lishiga e’tibor qaratilgan va Afg‘oniston masalasida BMT asosiy rol o‘ynashi aytilgan.

 Bayonotda millatchilikka e’tibor qaratilgan bo‘lsa-da, asosan unda demokratik echimlar aytilgan. Aslida Imomalini millatchilik ham, demokratiya ham qiziqtirmaydi. U bunda o‘z taxti avlodlariga qadar saqlanib qolishi uchun Rossiya ko‘rsatmalarini quloq qoqqmay bajarmoqda va xalq oldida millatchilik tuyg‘ularidan foydalanmoqda.

 Panjsher (milliy qarshilik) harakatiga rahbarlik qilayotgan Axmad Mas’ud Britaniyada ta’lim olgan va Afg‘onistonga kelganiga 2 yilgina bo‘ldi. U butun borlig‘i bilan G‘arb malayi. Shu sababli ham u: “Biz Afg‘oniston erkinligi (ya’ni demokratik Afg‘oniston)ni oxirgi ustunimiz”. “G‘arblik do‘stlarimiz yordam bermasa, bizning kuchimiz etarli emas”, – dedi. Axmad Mas’ud bir yil avval “mo‘’tadil islom” tarafdori ekanligi va radikal ko‘z qarashdagi Tolibonga qarshi ekanligini e’lon qilgan edi. Amerika uni Tolibonga ta’sir o‘tkazuvchi bir richag qilib olmoqchi. Uni Tolibon qo‘ygan shartlarga rozi bo‘lishiga qo‘ymaydi, Tolibonga esa og‘ir shartlar qo‘ydiradi. Shu orqali ikkisi o‘rtasida doimiy urush xavfi saqlanib qolaveradi.

 Bular bugungi kundagi Afg‘oniston masalasida mustamlakachilar va ularning malaylarining ayrim harakatlaridan misollar bo‘ldi. Bunda mustamlakachilar Tolibonni ham malayga aylantirishga harakat qilishmoqda. Tolibon esa barchasi shariat asosida bo‘lishin aytmoqda. Shunday bo‘lganidan so‘ng, u holda ular shariatdagi boshqaruv nizomi Xalifalik ekanligi va uni barpo qilish tariqatiga ham murojaat qilishlari kerak.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.