بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
To Allohga xolis bo‘lib, haqda sobit turilmaguncha nusrat kelmaydi
Shomda, xususan, Dir’a va Jabali Zoviyada bo‘layotgan hodisalar juda yomon va bu hech kimga sir emas.
Biroq ilm ahlining rahbarlar sodir etayotgan qilmishlarga sukut saqlashlari bundan ham yomon. Imom masjid minbariga ko‘tarilib, qo‘limizdan duo qilish va moliyaviy yordam berishdan boshqa hech narsa kelmaydi, deyapti. Ammo ularni bu ahvolga olib kelgan baloning boshini va muammoning aslini unutgan yoki o‘zini unutganga solmoqda. Shubhasiz, baloning boshi va muammoning asli til biriktiruvchilar va donor davlatlarga qul bo‘lishni o‘zlariga ravo ko‘rgan anavi jangchi guruhlardir.
Alloh Subhanahu va Taolo bunday degan:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا قُوا أَنفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَاراً وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ عَلَيْهَا مَلائِكَةٌ غِلاظٌ شِدَادٌ لا يَعْصُونَ اللَّهَ مَا أَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ
«Ey mo‘minlar, siz o‘zingizni va ahli-oilangizni o‘tini odamlar va toshlar bo‘lgan do‘zaxdan saqlangizki, u (do‘zax) ustida qattiqdil va qattiqqo‘l, Allohdan o‘zlariga buyurilgan narsalarga itoatsizlik qilmaydigan, o‘zlariga buyurilgan narsani qiladigan farishtalar turur» [Tahrim 6]
Rosululloh ﷺ bunday deganlar:
«الْعُلَمَاءُ وَرَثَةُ الأَنْبِيَاءِ»
«Ulamolar anbiyolar merosxo‘rlaridir».
Biz o‘z pozitsiyamizni Allohga yaqin qiladigan, Uning g‘azabidan uzoqlashtiradigan asosga qurmog‘imiz lozim. Zero, jahannam olovida ozgina muddat kuyish haqida o‘ylasak, dahshatga tushamiz. Bu olovga o‘tqazib qo‘yilishimiz haqida o‘ylasakchi… Undan bizni ham, sizni ham Allohning o‘zi asrasin. Dunyoning molu ne’matlari, barchasi bu olov oldida hech narsa emas, buni hatto taqqoslab ham bo‘lmaydi.
Bas, shunday ekan, siz Shom ahlini, ayniqsa, guruhlar jangchilarini rahbarlarning mansab berish to‘g‘risidagi va’dalari ham, qamab qo‘yish to‘g‘risidagi tahdidlari ham aldab qo‘ymasin.
Nusrat haqda sobit turish, qurbonliklar berish va Allohning o‘ziga xolis turish bilan keladi. Axir, bizdan oldingilar qurbonliklar bermaganda va Alloh Azza va Jallaning nusrati ularga kelmaganda edi, Islom ham bizga kelmagan bo‘lur edi. Bizning tutgan pozitsiyamiz faqat dunyo tarixi sahifalarigagina yozilmaydi. Balki Alloh Azza va Jalla oldida ham albatta javob beramiz. Bas, Alloh Azza va Jallani rozi qiluvchi amallarni qilaylik va g‘azabiga giriftor bo‘lishdan saqlanaylik. Chunki Uning g‘azabiga uchrash dunyo va oxiratdagi ziyondan boshqa narsa emas.
وَاتَّقُواْ يَوْماً تُرْجَعُونَ فِيهِ إِلَى اللَّهِ ثُمَّ تُوَفَّى كُلُّ نَفْسٍ مَّا كَسَبَتْ وَهُمْ لاَ يُظْلَمُونَ
«(Barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqing! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga adolatsizlik qilinmaydi» [Baqara 281]
Roya gazetasining 2021 yil 18 avgust chorshanba kungi 352-sonidan