Falastin ma’muriyati xavfsizlik xizmati o‘z itlari va gumashtalarini jilovsiz qo‘yib, tinch aholini qo‘rqityapti hamda ozod insonlarga tahdid solyapti

214
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin ma’muriyati xavfsizlik xizmati o‘z itlari va gumashtalarini jilovsiz qo‘yib, tinch aholini qo‘rqityapti hamda ozod insonlarga tahdid solyapti

Hizb ut-Tahrir muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi veb-saytida bunday xabar qilindi:

«Falastin rejimi juma kuni yarim kechada o‘zining xavfsizlik xodimlari va gumashtalarini «Bir Zayt» universiteti talabalaridan birining uyiga yubordi. Ular talabani o‘ldirish bilan tahdid qilishdi hamda unga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lib, uning o‘zini va hamxonalarini qo‘rqitishdi. Bunga universitet talabalarining feysbukdagi gruppasida tarqatilgan xabarning xavfsizlik xodimlari va gumashtalariga yoqmaganligi sabab bo‘lgan.

O‘shanda talabaning uyiga 10dan ziyod xavfsizlik xodimi yarim tunda bostirib kirib, tashqarida ham 20ga yaqini to‘plandi. Hammalari talabani qo‘rqitib, unga baqirib, vahshiylarcha qo‘pol munosabatda bo‘lishdi. Agar feysbukda tarqatgan xabari uchun uzr yozib tarqatmasa, o‘ldirib yuborish bilan unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilishdi. Shu darajada yuzsizlik qilishdiki, talaba agar uzr xabarini tarqatmasa, u bilan birga 12 nafar talabani universitetga qo‘ymasliklarini, o‘qishdan haydashlarini va universitet ichida yoki ko‘chada hammalariga hujum qilishlarini aytishdi.

Xavfsizlik xodimlarning talabaga ma’lum qilishlaricha, ular feysbukdagi talabalar gruppasida tarqatilgan xabarni tarqatgan yoki unga izoh yozgan har bir shaxsni aniqlab, hammalariga tahdid qilgan. Ulardan ko‘pchiligi tahdiddan qo‘rqib, talabani uzr yozishga majburlashga va qo‘rqitishga rozi bo‘lishgan.

Xavfsizlik xodimlari talabani uyini tark etishganidan so‘ng oradan bir necha daqiqa o‘tib-o‘tmay, o‘z vazifalarini oxirigacha to‘liq bajarish uchun, uch nafar gumashtalariga qora niqob taqtirib, dubinka-tayoq va pichoqlar bilan qurollantirib, talabani kaltaklagani yuborishdi… Ammo talaba darhol uyini mahkam qulflab oldi va natijada gumashtalar eshikni buzib ichkariga kirishga va talabaga hujum qilishga muvaffaq bo‘lisholmadi.

Talaba politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, ulardan yordam so‘radi. Ammo politsiya kelmadi, balki gumashtalarini talabaning uyi oldidan qaytib ketishga buyurdi. Ertalab talaba qonuniy shikoyat taqdim etganda esa, buning umuman foydasi yo‘qligini aytishdi.

Rejim o‘zining xavfsizlik xodimlari va gumashtalarini shunday jilovsiz bebosh qo‘yib berayotgan ekan, aftidan, qoq tunda suiqasd qiluvchi qotillar guruhini tuzishga urinayotgan ko‘rinadi. Anavi dubinkachilar rejimga hamda uning siyosati va nopok roliga muxolif bo‘lgan har bir shaxsni bostirish va o‘ldirishda asosiy rolni bajarishmoqda. Chunki rejim ham, uning tarafdorlari ham shu uslub bilan falastinlik ozod insonlarni ovozini o‘chirishga va o‘zining jinoyatkorona siyosatini qoralaganlarni bostirishga qodir bo‘laman, deb o‘ylayapti.

Biroq, Allohning izni ila, ularning umidlari puch bo‘lib chiqadi. Chunki Falastinning halol ozod ahlini tiz cho‘ktirish va qul qilish na rejimning qo‘lidan kelsin, na uning ortida turgan yahudiylarning. Agar rejim bu gumashta va dubinkachilarini tiymaydigan bo‘lsa, ertaga ularning barchalari o‘z qarshilarida butun Falastin ahlini ko‘radilar va ularning qo‘li bilan tarix axlatxonasiga otiladilar.

Roya gazetasining 2021 yil 18 avgust chorshanba kungi 352-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.