Klimov: ekstremistlar Afg‘onistondan KXShT davlatlariga qochoq sifatida kirishga urinmoqda

244
0

Klimov: ekstremistlar Afg‘onistondan KXShT davlatlariga qochoq sifatida kirishga urinmoqda

 Afg‘onistondagi voqealar tufayli Rossiya chegaralari atrofidagi vaziyat xavfsizlik sohasidagi qonunchilikka o‘zgarishlar kiritilishini talab qilishi mumkin, dedi “RIA Novosti” bilan suhbatda RF davlat suverenitetini himoya qilish bo‘yicha Federatsiya Kengashi komissiyasi rahbari Andrey Klimov.

 “Biz shuni aniq bilamizki, ekstremistlar qochoqlar ko‘rinishi ostida MDH, KXShT hududlariga kirib borishni istamoqda”, – dedi u.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday xavf so‘zsiz munosabatni talab qiladi.

 Klimovning tushuntirishicha, qonunchilik sohasidagi tashabbuslar migratsiya, chegara oldi bo‘yicha hamkorlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 Klimov shuningdek, Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining chiqarilishi shu jumladan, RF chegarasi oldidagi vaziyatni izdan chiqarishga yo‘naltirilganini ta’kidlab o‘tdi.

 “AQSh bizning chegaralarimiz atrofidagi tinchlikni beqarorlashtirishga, bizga muammo yaratishga urindi. Va ular shunday qilmoqda. Ular qurolni ekstremistlarga tashlab ketmoqda. Mana shunday tushunarsiz vaziyatda ular u yoqda agenturani qoldirdi”, – deb xulosa qildi u.

 Izoh: Rossiya bir tomondan “Tolibon” harakatini rasmiy hukumat darajasida kutib olib, muzokaralar natijasida harakat qo‘shni davlatlar ichki ishlariga aralashmasligini ma’lum qilgan bo‘lsada, rus hukumati “Tolibon” tahdidini imkon qadar bo‘rttirib ko‘rsatish orqali mintaqada o‘z harbiy ta’sirini kengaytirishga harakat qilmoqda. Shu maqsadda Rossiya Tojikiston va O‘zbekiston bilan Afg‘oniston chegarasi yaqinida qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi. 24 avgustda esa Qirg‘izistonda KXShT mashg‘ulotlari boshlandi. Shuningdek, Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasiga “Kornet” raketaga qarshi tizimlari olib kelindi. Xabar qilinishicha, “Kornet” tizimi og‘ir harbiy texnikani, vertolyotlar va boshqa uchuvchisiz boshqariladigan apparatlarni yo‘q qilishga qaratilgan zamonaviy quroldir. Shuningdek, Rossiya Qantdagi harbiy bazasini ham kuchaytirmoqda.

 Boshqa tomondan, qochoqlarni sabab qilib, musulmonlar o‘rtasiga tortilgan sun’iy chegaralarni yanada mustahkamlashga intilmoqda. Avvalroq, Putin Afg‘onistondagi vaziyatning Rossiya xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi borligini va afg‘on qochoqlarini ular viza olgunga qadar Markaziy Osiyo mamlakatlariga joylashtirishga qarshi chiqqan edi. Endi “ekstremislar” bahonasida qochoqlarni Markaziy Osiyo davlatlariga kiritilishiga qarshi chiqmoqda. Qisqacha aytganda, xoja o‘z qullariga nima qilish kerakligi borasida ko‘rsatma berib kelmoqda.

 Aslida, qochoqlar muammosi kapitalistik tuzum tatbiqi natijasi bo‘lib, mustamlakachilar o‘zlari bosib olgan davlat aholisini qatag‘on qilib, haq-huquqlarini paymol qilishi ortidan odamlar o‘z moli va jonini saqlash ilinjida qochqinlikka yuz tutishgan.

 Islom tarixida fath qilingan erlardagi mahalliy aholiga nisbatan bo‘lgan munosabati, ularning xavfsizilik va omonligini to‘liq kafolatlab bergani, agar Islomni qabul qilishsa dindosh birodar, qabul qilmay o‘z dinlarida qolishsa zimmiy hukmini tatbiq qilgani sababi birorta ommaviy qochqinlik holatlari kuzatilmagan. Aksincha, mahalliy halq Islom adolatini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgach, ixtiyoriy Islomni qabul qilishgan. Kelajakda esa Islom dini posbonlariga va hatto Islom dinining etuk allomalariga aylanishgan. Agar biz bugungi buzuq voqelikdan xalos bo‘lib, mustamlakachilar tomonidan o‘rtalarimizga tortilgan sun’iy chegaralar yo‘q bo‘lishini, ikki dunyo saodatiga erishishni istasak ustimizdagi buzuq kapitalistik tuzumni uloqtirib tashlab Islom davlatini qayta barpo etish yo‘lida harakat qilishimiz shart.

 Abdurahmon Odilov  

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.