بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
«AQSh harbiy kuchlari» degan vahima musulmonlar nazarida sindi
2021 yil 17 iyul juma kuni Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot bo‘limi nashr qilgan bayonotda quyidagilar ta’kidlanadi:
«Qo‘shma Shtatlar harbiy kuchlari, degan vahima musulmonlar nazarida sinib-parchalanib bo‘ldi. Biroq, bu davlat qoqilyapti, xolos, hali yiqilganicha yo‘q. U musulmon yurtlaridagi hukmdorlardan qo‘llab-quvvatlov olish orqali o‘zini mustahkamlab olishga intilyapti. Qo‘shma Shtatlar islomiy yurtlardagi o‘zining ittifoqchi malay hukmdorlarining ko‘magini olishga harakat qildi. Darhaqiqat, Turkiya hukmdorlari Afg‘onistonga o‘z kuchlarini yuborishga rozi bo‘lishdi ham. Holbuki, Aqso masjidi yordam so‘raganda u erga qo‘shinlarini yuborganlari yo‘q! Pokiston hukmdorlariga kelsak, ular Afg‘onistondagi hayotiy ta’minot liniyalarini mudofaa qilmoqchiliklarini ta’kidlashdi. Zotan, bu Qo‘shma Shtatlarning mintaqaviy mustamlaka infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlovchi ta’minotdir. Qo‘shimcha yordam sifatida, Pokiston rejimi Karachi va Islomoboddagi AQSh razvedkasi markazlarini qo‘riqlamoqda. Zotan, bu markazlar nozik mintaqaviy aloqalar bo‘yicha josuslik qiladi».
Matbuot bayonotida yana bunday deyiladi:
«Bajva-Imron rejimi Pokistondagi yirik harbiy kuchdan AQSh va Hindistonni mudofaa qilib, ularning manfaatini ta’minlashda foydalanmoqda. Shu bois, biz yurtdagi musulmon zobitlarga murojaat qilib, bunday deymiz: Urush holatidagi davlatlar bilan ittifoqchilik qilish bizning zaiflashishimizga va qashshoqlashishimizga sabab bo‘lmoqda. Ulkan imkoniyatlarimizni zoe ketkazib, pozitsiyamizni zaiflashtirmoqda. Bajva-Imron rejimi bo‘lsa, Amerikaning rejalarini bajarishga harakat qilib, bu rejalarning insonlarga zarar keltirishidan ko‘z yummoqda».
Bayonot so‘nggida quyidagilar ta’kidlandi:
«Yolg‘iz Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatigina ta’minot liniyasini uzib qo‘yish bilan AQShdek vahshiy hayvonni och qoldirishga qodirdir. Shuningdek, AQShning razvedka to‘dalarini yurtdan chiqarib tashlash bilan uning ko‘zlarini o‘yib olishga, tugab bitgan hukmronligiga yakun yasashga hamda Amerikadan zulm ko‘rgan barcha davlatlarni unga qarshi qo‘yishga qodirdir. Yolg‘iz Xalifalik davlatigina musulmonlar yurtlari o‘rtasiga o‘rnatilgan chegaralarni buzib, bu yurtlarni birlashtiradi. Faqat ushbu davlatgina da’vat va jihodni qayta boshlab, xuddi bir necha asrlab davom etgan Islomning olamiy hukmronligini qayta tiklaydi.
Roya gazetasining 2021 yil 4 avgust chorshanba kungi 350-sonidan