Erdogan Turkiyasining Suriya boyliklari ustida dushman bilan til biriktirayotganiga nahotki hamon ishonmaydiganlar bor bo‘lsa?!

239
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Erdogan Turkiyasining Suriya boyliklari ustida dushman bilan til biriktirayotganiga nahotki hamon ishonmaydiganlar bor bo‘lsa?!

Aql bovar qilmaydi

Ma’taram, Taftanoz va Mastuma shaharchalaridagi Turkiya patrul xizmati punktlari oldida namoyish va yurishlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlarda frontlarni ochish talab qilinib, Turkiyaning qirg‘inlarga sukut qilayotganligi tanqid ostiga olindi. Payshanba kuni namoyishda qatnashgan oddiy fuqarolar balonlarni yoqish orqali Jabali Zoviyadagi shahar va qishloqlarni bog‘lovchi trassalarni to‘sib, o‘z shahar va qishloqlarining rejim va Rossiya tomonidan bombardimon qilinishini to‘xtatishni «kafil» Turkiya va jangchi guruhlardan talab qildilar.

Ta’kidlash lozimki, Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati markaziy aloqalar qo‘mitasi raisi ustoz Abulhamid Abdulhamid ayrim suriyaliklarning Turkiyadan o‘z vazifasini to‘liq bajarishni talab qilib chiqishayotganini qoraladi. Ustoz o‘zining feysbukdagi sahifasida quyidagi savollarni o‘rtaga tashladi:

«Nahotki, bu «kafil»ning asl basharasini bilmaydiganlar hamon mavjud bo‘lsa, bunga aql bovar qilmaydi, axir, Turkiyaning o‘z vazifasini to‘liq ado etish-etmasligi nimani o‘zgartiradi?!».

Abdulhamidning ta’kidlashicha:

«Ostona shartnomasi matnida rejim bilan qo‘zg‘olonchilar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish zarurligi hamda ozod etilgan hududlarga o‘t ochishni to‘xtatish majburiyatiga rejimning amal qilishi uchun Rossiya kafil bo‘lishi, o‘t ochishni to‘xtatish majburiyatiga qo‘zg‘olonchilarning amal qilishi uchun Turkiya kafil bo‘lishi aytilgan. Shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab Rossiya bilan Turkiya «kafil» nomini olishgan. Chunki ikkala davlat ham ittifoqchi tomonning ikkinchi tomonga o‘q uzmasligi va uning hududlariga hujum qilmasligi majburiyatiga amal qilinishi uchun kafillik qiladilar».

Abdulhamid quyidagilarni ta’kidladi:

«Rossiya bajarishga va’da bergan vazifasini o‘sha paytdan to shu kunga qadar bajargani yo‘q. Aksincha, u rejim bilan birgalikda qo‘zg‘olonchilar joylashgan hududlarni bombardimon qilish va bora-bora bu hududlar ko‘lamini kamaytirish bilan shug‘ullanmoqda. Anavi Turkiya rejimi esa, o‘z vazifasini to‘liq bajarib kelmoqda, ya’ni, jangchi guruhlarning rejimga qarata o‘t ochishni to‘xtatish qarorlarini nazorat qilmoqda, faqat kamdan kam hollardagina o‘t ochilyapti».

Abdulhamid so‘zlarini quyidagi izoh bilan tamomladi:

«Turkiyaning «kafil», deb atalishi sababi mana shu. Boshqacha ibora bilan aytganda, bu «kafil» qonxo‘r rejimga qarshi jangchi guruhlar tomonidan o‘t ochilmasligi uchun rejim, Rossiya va AQSh oldida kafildir. Haqiqatda ham shunday bo‘lmoqda. Kafil Turkiya o‘z vazifasini bekami ko‘st ado etmoqda va bu borada ulkan muvaffaqiyatga erishdi. Uning shuncha qilmishlariga qaramay, ba’zilar Turkiya o‘z vazifasini to‘liq bajarsin, degan talablar bilan chiqish qilmoqda!

Roya gazetasining 2021 yil 4 avgust chorshanba kungi 350-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.