Kapitalistik hazorat mevalaridan: Frantsiya «respublika qadriyatlariga zid keluvchi» oyatlarni o‘qigan masjid imomini vazifasidan bo‘shatdi!

207
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kapitalistik hazorat mevalaridan: Frantsiya «respublika qadriyatlariga zid keluvchi» oyatlarni o‘qigan masjid imomini vazifasidan bo‘shatdi!

Arabiya net veb-sayti (hijriy 1442 yil 24 iyul, milodiy 2021 yil 14 zulhijja shanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Frantsiya ichki ishlar vazirligi mamlakat markazidagi Luar viloyati masjidi imomi Modiy Ahmadoni ishdan bo‘shatdi. Uning ishdan bo‘shatilishiga Qurbon hayiti xutbasida «respublika qadriyatlariga zid keluvchi» qur’oniy oyatlarni va hadisni o‘qiganini sabab qilib keltirdi.

Sen-Shamon shahridagi katta masjid imomi Ahmadoni imomlikdan bo‘shatish qarori ichki ishlar vaziri Jeralьd Darmanen buyrug‘i asosida amalga oshirilgan. Buyruqqa imomning xutba chog‘ida bir nabaviy hadisni va ahzob surasidan Muhammad ﷺning ayollariga xitob qiluvchi oyatlarni o‘qiganligini dastak qilib keltirilgan.

Darmanen Luar gubernatorligidan imomni ishdan olishni hamda uning yashash guvohnomasini uzaytirmaslikni talab qildi. Chunki Darmanen «ayni iboralarni nomaqbul», «gender tengligiga qarshi deb baholashi»ni bildirdi. O‘z navbatida, Luar gubernatorligi imomning yashash guvohnomasini uzaytirmaslik ustida ishlayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, ichki ishlar vaziri talabi bilan Mahdiy ismli yana bir imom ham ishdan olingan. Uning imomlik vazifasidan olinishi joriy yil 4 iyun kuni O-de-Sen departamentiga qarashli Jenvilьe shahri masjidida qilgan xutbasida ayrim muslima ayollarning kiyinishi tanqid qilishi ortidan bo‘lgan.

Ichki ishlar vaziri shuningdek, viloyat gubernatorligidan ayni ishga aralashishni va yana shunga o‘xshash xutba takrorlanadigan taqdirda masjid faoliyatini to‘xtatib qo‘yishni talab qildi hamda bu «Respublika qadriyatlariga bo‘lgan hurmatni kuchaytirish» qonuni asosida yangi qo‘llanmalardan foydalanish bilan amalga oshishini ta’kidladi. Ma’lumki, huquq faollari ushbu qonun kamsitish xavfini keltirib chiqarishini aytishadi.

Kecha ichki ishlar vaziri Tvitterda uning talabi bilan O-de-Sen va Luar gubernatorliklarida nomaqbul xutba o‘qigan ikki imomning ishdan olinganini ma’lum qilib, «biz Respublikamizning tartib-qoidalari va qadriyatlariga qarshi chiqqanlarga tinimsiz choralar ko‘ramiz», dedi.

Juma kuni parlament «Respublika qadriyatlariga bo‘lgan hurmatni kuchaytirish tamoyillari» qonunini yakuniy ravishda qabul qildi. Ushbu bahsli qonun birinchi «separatist islomga qarshi kurash», deb nomlangan edi.

Prezident Emmanyuelь Makron hukumati tomonidan tayyorlangan bu qonun qator tanqidlarga uchramoqda. Masalan, yurt musulmonlarini nishonga olmoqda, hayotlarining barcha sohalariga cheklovlar qo‘ymoqda, bu qonun kamdan-kam sodir bo‘ladigan narsalarni surunkali muammo qilib ko‘rsatishga intiladi… kabi tanqidlar.

Shuningdek, qonun matnida masjidlar va ularning faoliyatiga javobgar idoralar ustidan nazorat o‘rnatish, musulmonlarga qarashli fuqarolik tashkilotlarining moliyalashtirilishini nazorat qilish, musulmon oilalar farzandlarini uyda ta’lim olish erkinligini cheklash hamda universitetgacha ta’lim muassasalarida hijob kiyishni taqiqlash ham aytilgan».

Roya gazetasining 2021 yil 4 avgust chorshanba kungi 350-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.